12-mavzu. Kristallokimyoviy tuzilishning sinflanishi Kristall strukturasi va struktura xillari
Kristalldagi kimyoviy bog‘larning xillari
Download 360.82 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu. Kristallokimyoviy tuzilishning sinflanishi.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy bog‘larning xillarini aniqlash
Kristalldagi kimyoviy bog‘larning xillari.
Zarrachalarning o‘zaro ta’siri bo‘yicha kristall panjaralari quyidagicha klassifikatsiya qilinadi: ionli, atomli, metalli va molekulali. 1. Ionli panjaralarda tugunlar (uzli) ionlardan tashkil topgan bo‘lib, qarama-qarshi belgili ionlar bir-biri bilan tartib bilan joylashadi. 2. Atomli panjaralarda zarrachalar (atomlar) o‘zaro kovalent yoki metall bog‘lari orqali bog‘langan bo‘ladi. Atom-kovalent panjaraga olmos misol bo‘la oladi. 3. Metall va uning qotishmalari atom-metall panjaralari kristallarni hosil qiladi. Metallarning alohida xossalari (issiqlik o‘tkazish, elektr o‘tkazish) shuni ko‘rsatadiki, metallarda atomlar o‘rtasidagi bog‘lar boshqa bog‘lardan keskin farq qiladi. Buni tushuntirish uchun “erkin elektronlar” nazariyasi yaratilgan. Bu nazariyaga asosan metallar musbat zaryadlangan ionlar yig‘indisidan iborat (tashqi valent elektronlari umumlashgan atomlar) bo‘lib, ular orasida elektronlar (elektron oqimi) bemalol harakatlanadi. Elektron oqimi harakati “elektron gazi” qonuniga bo‘ysunadi. 4. Molekular kristallarning panjaralarini tugunlarida molekulalar joylashgan bo‘ladi. Kristallda molekulalar o‘zaro molekalalararo ta’sir kuchlari bilan bog‘langan bo‘ladi. Ionli, atom–kovalent, atom-metall va molekular kristallarda kimyoviy bog‘lari har xil bo‘lishi sababli ularning fizikaviy va kimyoviy xossalari bir-birlaridan keskin farq qiladi. Masalan, atom-kovalent panjarali moddalar yuqori suqlanish temperaturaga ega bo‘ladi. Molekulalararo bog‘lar kuchsiz (slabiy) bo‘lgani uchun ular (Ne, N 2 , O 2 , O 3 , SO 2 va boshqalar) oson suyuqlanadi va unga qattiq (tvyordost) ham emas. Kimyoviy bog‘larning xillarini aniqlash RSA usuli bilan bir qancha binar moddalar strukturalar aniqlangandan so‘ng ulardagi zarrachalarning (atom, ion) razmerlarini bilish masalasi zarurligi tug‘ildi. Atomlarni ma’lum radius (r)ga ega bo‘lgan shart deb qarash to‘g‘ri bo‘lardi. RSA usulida kristall panjaralaridan atomlarni orasidagi masofani ancha to‘g‘ri aniqlash mumkin. Lekin bu usul har bir atomni alohida- alohida razmerini ko‘rsata olmaydi. Masalan RSA usuli orqali NaCl da Na + —Cl ˉ =2,81 A˚, KCl da K + -Clˉ=3,14 A˚, NaF da Na + -Fˉ=2,3 A˚, KF da K + -Fˉ=2,66 A˚. Moddalarni struktura xillarini va ulardagi atomlarini orasidagi masofani bilish atomlarni razmerlarini aniqlashga yetarli emas. Kimyoviy elementlarni atomlari har xil kimyoviy moddalarda har xil elektron holatida bo‘lib, ularning razmerlari ham har xil bo‘ladi. Masalan, Na va Cu atomlari razmerlari metall holatida va NaCl, CuCl 2 birikmalarida ion holatida bo‘ladi va ularning razmerlari holatiga qarab har xil bo‘ladi. Ayrim moddalarni kristall strukturalarida atomlar orasidagi bog‘lar har xil tabiatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday strukturalarni geterodesmik struktura deb ataladi (SO 2 ). Agar strukturadagi hamma atomlar orasidagi ta’sir kuchlari bir xil bo‘lsa bunday strukturalarni gomodesmik struktura deb ataladi (NaCl). Download 360.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling