12-mavzu. Madaniyatlararo muloqotda etnomadaniy ma’nolarni izlash


Lisoniy shok yoki aldoqchi so‘zlar


Download 41.13 Kb.
bet8/8
Sana18.10.2023
Hajmi41.13 Kb.
#1708293
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12 mavzu

 Lisoniy shok yoki aldoqchi so‘zlar 
Madaniyatlararo muloqotda madaniy shokka o‘xshash bo‘lgan lingvistik 
shok hodisasi ham kuzatiladi.

Masalan, turk tilida düşmek “yiqilmoq”ni, o‘zbek tilida tushmoq “yuqoridan, 


balandlikdan pastga tomon yo‘nalmoq; biron transportdan tushmoq va h.k.” yoki
zor “juda qiyin”, zo‘r “juda yaxshi” ma’nolarni ifodalaydi. Koreys tilida oppa
akani, o‘zbek tilida bunga qarama-qarshi ma’nodagi so‘zni anglatadi. Tillararo 
bunday omonimiya hodisasi “tarjimonning aldoqchi do‘stlari” muammosi sifatida 
tasvirlanadi.
Xullas, madaniyatlararo kommunikatsiya turlarining barchasiga xos bo‘lgan 
umumiy xususiyat muloqot ishtirokchilari tomonidan madaniyat farqlarini 
tushunib yetmaslikdir. Gap shundaki, aksariyat kishilar o‘zlarining dunyoni 
tushunishlari, hayot tarzlari va yashash yo‘llarini to‘g‘ri deb hisoblashadi. O‘zlari 
tanish bo‘lgan qadriyatlarni hammabop va barcha uchun tushunarli deb 
o‘ylashadi. Qachonki boshqa madaniyat vakillari bilan to‘qnashganlarida o‘zlari 
to‘g‘ri deb hisoblab kelgan qoliplar ish bermaganida muvaffaqiyatsizlik sababi 
haqida o‘ylay boshlashadi.

Nazorat uchun savollar 
1. Madaniy shok deganda qanday holat tushuniladi? 
2. Madaniy shok termini qachon va kim tomonidan taklif qilingan? 
3. Madaniy shokning qanday belgilalari mavjud? 
4. Madaniy shok yuzaga kelishining qanday shakllari mavjud? 
5. Madaniy shok qaysi holatlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi? 
6. Moslashish va madaniy shokka ta’sir ko‘rsatadigan ichki omillarga nimalar 
kiradi? 
7. Moslashish va madaniy shokka ta’sir ko‘rsatadigan tashqi omillarga nimalar 
kiradi? 
8. Lisoniy shok deganda qanday holat tushuniladi? 


Lingvistik shok ona tili uchun kulgili, g‘alati va odobdan tashqari 
hisoblangan lisoniy birliklar qo‘llanilgan xorijiy nutqni eshitgan 
insonning hayratlanishi, kulishi yoki xijolat bo‘lishidir. 

Download 41.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling