12-mavzu. Madaniyatlararo muloqotda etnomadaniy ma’nolarni izlash


Madaniy shok rivojlanishining mexanizmlari


Download 41.13 Kb.
bet6/8
Sana18.10.2023
Hajmi41.13 Kb.
#1708293
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12 mavzu

Madaniy shok rivojlanishining mexanizmlari 
Madaniy moslashish bir qancha bosqichlarga ajraladi:  
Boshlang‘ich bosqichda inson chet elga ketish arafasida hayajon, quvonch 
yoki xavotir va tashvishga tushadi. Boradigan mamlakati haqida ma’lumotlar 
to‘playdi, til bilan chuqurroq tanishadi. U yerga to‘la kuch-g‘ayrat va shijoat bilan 
boradi. Bundan tashqari, chet elda ham uning kelishiga tayyorgarlik ko‘riladi, uni 
kutishadi. Dastlabki vaqtlarda u atrofdagilardan yordam oladi, ma’lum 
imtiyozlarga ega bo‘ladi. Biroq mazkur davr juda tez o‘tib ketadi.
Ikkinchi bosqichda xorijiy mamlakatdagi notanish muhit va yot madaniyat 
o‘zning salbiy ta’sirini ko‘rsata boshlaydi. Bu davrda inson o‘zini musofir, yolg‘iz 
his qiladi. Mahalliy aholini tushunmaslik oqibatida u umidsizlikka tushishi, ruhiy 
zo‘riqishi, asabiylashishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, madaniy shokning 
barcha belgilari kuzatiladi. Shuning uchun bu davrda muhojirlar reallikdan qochib, 
hamyurtlari bilan muloqot qilishni afzal ko‘rishadi.
Uchinchi bosqich keskin, og‘ir payt hisoblanadi va bu davrda madaniy shok 
o‘zining yuqori cho‘qqisiga chiqadi. Mazkur holat jismoniy va ruhiy kasalliklarga 
olib kelishi mumkin. Muhojirlarning ma’lum qismi yangi muhitga ko‘nika olmay 
taslim bo‘ladi va o‘z yurtiga qaytib ketadi. Lekin ularning aksariyati o‘zida 
madaniyat farqlarini yengishga, til o‘rganishga, mahalliy madaniyat bilan 
tanishishib u bilan murosa qilishga, do‘stlar orttirishga kuch topadi.
To‘rtinchi bosqich muhojirlikning 2-3-yilida boshlanishi mumkin. Asta-
sekin osoyishtalik yuzaga kelib, kishida mazkur mamlakat haqida u yoki bu 
 2000-yili Busan chet tillari universitetining taklifiga binoan koreys 
talabalariga o‘zbek tilidan dars berish uchun Janubiy Koreyaga bordim. 
Janubiy Koreyadagi hayotimning dastlabki haftasida bir koreys talabaga 
saqich berdim. U saqichni chapillatib chaynashga tushdi. Talaba qiz juda 
odobli, tarbiyali va nazokatli edi. Bunday qizning madaniyatning oddiy 
qoidalaridan bexabar ekanligi meni hayratga soldi. Bu voqeadan 3-4 kun 
o‘tgach, o‘zbek tili kabinetida choy tashkil qilib, bir guruh talabalarni 
choyga taklif qildim. Ularni o‘zbek shirinliklari bilan mehmon qildim. 
Talabalarning aksariyati shirinliklarni chapillatib yeyishga boshlashdi. 
Men “madaniy shok” holatiga tushdim. Toqatim toq bo‘lib, koreys 
talabalarini “tarbiyalab” qo‘ymoqchi bo‘ldim va chapillatib yeyish 
madaniyasizlik ekanligi, boshqalarda yaxshi tasavvur qoldirmasligini 
tushuntirdim. Talabalar juda noqulay ahvolga tushishdi, uzr so‘rashdi. 
Keyin xijolatomuz ohangda chapillatib yeyishning Koreyada biron yegulik 
bilan mehmon qilgan kishiga nisbatan hurmat, minnatdorchilik, 
qolaversa, yegulikning juda mazaliligiga ishora ekanligini aytishdi. Men 
juda noqulay ahvolga tushib qoldim. Shundan so‘ng koreys xalqiga
madaniyatiga hurmatim oshdi.
darajadagi obektiv fikrlar shakllanadi. Unda har narsaga yaxshi nazar bilan qarash 
boshlanadi, o‘ziga ishonch hosil bo‘ladi. O‘zining yangi jamiyat va madaniyatdagi 
mavqeyidan qoniqish, yangi jamiyat hayotiga ko‘nikish va u bilan birlashish
muvaffaqiyatli amalga osha boshlaydi.
Beshinchi bosqichda yangi madaniyatga to‘la moslashish yuz beradi. Bu 
davrda individ bilan uni o‘rab olgan atrof-muhit o‘zaro bir-biriga muvofiqlashadi. 
Mazkur bosqich moslashish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan omillarga ko‘ra bir 
necha oydan 4-5 yilgacha davom etishi mumkin.
Oltinchi bosqich uyga ketish arafasidagi moslashuv davri hisoblanadi. Unda 
kishi ayrim muammolar bilan bog‘liq qattiq hayajon alomatlari kuzatiladi. Ya’ni u 
hali xorijda bo‘lgani holda xayoli uyida bo‘ladi.
Yettinchi bosqich o‘z yurtiga moslashish davridir. Bu bosqichning dastlabki 
davrida kishi xorijdan uyiga qaytganiga, oilasi, do‘stlari bilan uchrashganiga 
xursand bo‘ladi. Keyin unga o‘z madaniyatini g‘alati bo‘lib tuyuladi, o‘z yurtida 
o‘zini begonadek his qila boshlaydi. Ko‘pincha, xorijdagi xotiralari bilan yashaydi, 
u yerda ko‘rganlarini hozir ko‘rayotganlari bilan qiyoslaydi. Keyinchalik asta-
sekin ona yurtidagi hayotga ko‘nika boshlaydi.


Download 41.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling