12-mavzu. Madaniyatlararo muloqotda etnomadaniy ma’nolarni izlash


Madaniy shokka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar


Download 41.13 Kb.
bet7/8
Sana18.10.2023
Hajmi41.13 Kb.
#1708293
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12 mavzu

Madaniy shokka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Madaniy shokning ifoda darajasi va madaniyatlararo moslashishning 
davomiyligi juda ko‘p ichki (individual) va tashqi (guruhiy) omillarga bog‘liq 
bo‘ladi.
Birinchi guruh omillar ichida insonning jinsi, yoshi va fe’l-atvori kabi 
individual xusussiyatlari muhim hisoblanadi. Kishining yoshi moslashishning 
murakkab unsuri hisoblanadi. Kishining Yoshi qanchalik katta bo‘lsa, uning yangi 
madaniyatga moslashishi shunchalik qiyin kechadi. Madaniy shokni og‘ir va uzoq 
o‘tkazadi, yangi madaniyat modellarini sekin qabul qiladi. Aksincha, yosh 
bolalarning moslashishi tez va muvaffaqiyatli kechadi. Biroq mazkur davr maktab 
o‘quvchilari uchun qiyin bo‘ladi. Keksalar esa madaniyatga moslashishga umuman 
tayyor bo‘lmaydi.
Jins ham moslashish jarayoniga va madaniy shokka ta’sir ko‘rsatadi. Ilgari 
ayollarning yangi muhitga ko‘nikishi erkaklarga nisbatan qiyinroq kechadi, deb 
hisoblangan. Lekin bu yangi joyda ham uy-ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanadigan 
va yangi kishilar bilan muloqot qilishi cheklangan an’anaviy jamiyatlarning 
ayollariga tegishlidir. Rivojlangan davlatlardan bo‘lgan ayollarning madaniyatga 
moslashish qobiliyatlari erkaklardan farq qilmaydi. Hatto amerikalik ayollarning 
erkaklarga nisbatan madaniyatga yaxshiroq moslasha olishlari haqida ma’lumotlar 
mavjud. Shuning uchun keying yillarda tadqiqotchilar moslashish uchun ko‘proq 
ta’lim omilini muhim, deb hisoblashmoqda. Ta’lim darajasi qanchalik yuqori 
bo‘lsa, moslashish shunchalik muvaffaqiyatli kechadi. Ta’lim, hatto madaniy 
mohiyatni hisobga olmaganda ham insonning ichki imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Insonning olam manzarasi qanchalik murakkab bo‘lsa, u yangiliklarni shunchalik 
tez qabul qiladi

Ushbu masala bilan bog‘liq holda tadqiqotchilar tomonidan xorijiy 


mamlakatda, chunonchi, o‘zga madaniyat sharoitlarida yashashga hozirlik 
ko‘rayotgan kishilar uchun zarur bo‘lgan umumiy xususiyatlar majmuyi ishlab 
chiqilgan:
- kasbiy salohiyat; 
- yuqori darjadagi o‘ziga o‘zi baho berish;
- kirishimlilik; 
- turli qarashlar uchun ochiqlik; 
- atrofdagi odamlarga qiziqish; 
- hamkorlikka moyillik; 
- noaniqlikka sabr-toqatlilik; 
- ichki nazorat; 
- jasorat va qat’iyat

Madaniy shokni bartaraf etish va moslashishning ichki omillariga insonning 


hayotiy tajriba muhiti ham kiradi. Bu o‘rinda moshlashishga bo‘lgan motivlar juda 
muhim ahamiyatga ega. Odatda mihojirlardagi eng kuchli motivatsiya – xorijiy 
davlatga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tish va tezroq yangi madaniyatning 
to‘liq a’zosi bo‘lishni xohlashdir. Chet elda ta’lim oladigan va o‘z maqsadiga 
tezroq hamda to‘liq erishishni xohlaydigan talabalarda ham motivatsiya darajasi 
yuqori bo‘ladi. Chet elga ko‘chib kelishga majbur bo‘lgan muhojirlar va 
qochoqlarning yangi jamiyat va madaniyatga moslashishi og‘ir kechadi. 
Muhojirlar motivatsiyaga ko‘ra, boriladigan mamlakat tili, tarixi va madaniyati 
bilan tanishadilar. Mazkur bilimlarning mavjudligi moslashishni yengillashtiradi
Agar kishi o‘zga madaniyat muhitida yashash tajribasiga ega bo‘lsa, u holda 
bu tajriba uning tezroq moslashishida asqotadi. Mahalliy aholi orasida do‘stlarning 
mavjudligi ham moslashish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, 
mazkur davlatda yashaydigan sobiq hamyurtlar bilan aloqa qilish bir tomondan 
(ijtimoiy, hissiy, ba’zan moddiy) qo‘llab-quvvatlashni ta’minlasa, boshqa 
tomondan muloqotning tor doira bilan cheklanib qolish xavfini tug‘diradi
Moslashish va madaniy shokka ta’sir ko‘rsatadigan tashqi omillarga 
quyidagilar kiradi: 
- madaniy masofa – o‘z madaniyati va o‘zlashtirilayotgan madaniyat 
orasidagi farqlarning darajasi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, moslashishga 
madaniy masofaning o‘zi emas, balki insonning madaniy masofa haqidagi 
tasavvurlari, uni his etishi, binobarin, qator omillarga bog‘liq bo‘lgan hozirda va 
o‘tmishda urush yoki to‘qnashuvlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi, o‘zga til 
va madaniyatni bilish ta’sir ko‘rsatadi; 

- muhojir mabsub bo‘lgan madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari. Bu 


jarayonga o‘zini juda yuqori tutadigan va boshqalarni o‘ziga moslashishi kerak, 
deb hisoblaydigan buyuk davlat vakillarining moslashishi qiyin kechadi; 
- tashrif qilinadigan mamlakatdagi sharoitlar, ya’ni bu mamlakat aholisining 
musofirlarga yaxshi munosabatda bo‘lishga, ularga yordam berishga va ular bilan 
muloqot qilishga qay darajada tayyor ekanligi
Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, bugungi 
globallashuv, integratsiyalashuv, madaniyatlar orasida aloqalarning rivojlanishi 
jarayonida madaniy shokning yuzaga chiqishi muqarrar va tabiiydir. Madaniy shok 
yangi sharoitga ko‘nikish jarayonining tarkibiy qismidir.

Download 41.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling