Lisoniy shok yoki aldoqchi so‘zlar
Madaniyatlararo muloqotda madaniy shokka o‘xshash bo‘lgan lingvistik
shok hodisasi ham kuzatiladi.
Masalan, turk tilida düşmek “yiqilmoq”ni, o‘zbek tilida tushmoq “yuqoridan,
balandlikdan pastga tomon yo‘nalmoq; biron transportdan tushmoq va h.k.” yoki
zor “juda qiyin”, zo‘r “juda yaxshi” ma’nolarni ifodalaydi. Koreys tilida oppa
akani, o‘zbek tilida bunga qarama-qarshi ma’nodagi so‘zni anglatadi. Tillararo
bunday omonimiya hodisasi “tarjimonning aldoqchi do‘stlari” muammosi sifatida
tasvirlanadi.
Xullas, madaniyatlararo kommunikatsiya turlarining barchasiga xos bo‘lgan
umumiy xususiyat muloqot ishtirokchilari tomonidan madaniyat farqlarini
tushunib yetmaslikdir. Gap shundaki, aksariyat kishilar o‘zlarining dunyoni
tushunishlari, hayot tarzlari va yashash yo‘llarini to‘g‘ri deb hisoblashadi. O‘zlari
tanish bo‘lgan qadriyatlarni hammabop va barcha uchun tushunarli deb
o‘ylashadi. Qachonki boshqa madaniyat vakillari bilan to‘qnashganlarida o‘zlari
to‘g‘ri deb hisoblab kelgan qoliplar ish bermaganida muvaffaqiyatsizlik sababi
haqida o‘ylay boshlashadi.
Nazorat uchun savollar
1. Madaniy shok deganda qanday holat tushuniladi?
2. Madaniy shok termini qachon va kim tomonidan taklif qilingan?
3. Madaniy shokning qanday belgilalari mavjud?
4. Madaniy shok yuzaga kelishining qanday shakllari mavjud?
5. Madaniy shok qaysi holatlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi?
6. Moslashish va madaniy shokka ta’sir ko‘rsatadigan ichki omillarga nimalar
kiradi?
7. Moslashish va madaniy shokka ta’sir ko‘rsatadigan tashqi omillarga nimalar
kiradi?
8. Lisoniy shok deganda qanday holat tushuniladi?
Lingvistik shok ona tili uchun kulgili, g‘alati va odobdan tashqari
hisoblangan lisoniy birliklar qo‘llanilgan xorijiy nutqni eshitgan
insonning hayratlanishi, kulishi yoki xijolat bo‘lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |