12-mavzu. Madaniyatlararo muloqotda etnomadaniy ma’nolarni izlash
Madaniy shokka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Download 41.13 Kb.
|
12 mavzu
Madaniy shokka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Madaniy shokning ifoda darajasi va madaniyatlararo moslashishning davomiyligi juda ko‘p ichki (individual) va tashqi (guruhiy) omillarga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi guruh omillar ichida insonning jinsi, yoshi va fe’l-atvori kabi individual xusussiyatlari muhim hisoblanadi. Kishining yoshi moslashishning murakkab unsuri hisoblanadi. Kishining Yoshi qanchalik katta bo‘lsa, uning yangi madaniyatga moslashishi shunchalik qiyin kechadi. Madaniy shokni og‘ir va uzoq o‘tkazadi, yangi madaniyat modellarini sekin qabul qiladi. Aksincha, yosh bolalarning moslashishi tez va muvaffaqiyatli kechadi. Biroq mazkur davr maktab o‘quvchilari uchun qiyin bo‘ladi. Keksalar esa madaniyatga moslashishga umuman tayyor bo‘lmaydi. Jins ham moslashish jarayoniga va madaniy shokka ta’sir ko‘rsatadi. Ilgari ayollarning yangi muhitga ko‘nikishi erkaklarga nisbatan qiyinroq kechadi, deb hisoblangan. Lekin bu yangi joyda ham uy-ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanadigan va yangi kishilar bilan muloqot qilishi cheklangan an’anaviy jamiyatlarning ayollariga tegishlidir. Rivojlangan davlatlardan bo‘lgan ayollarning madaniyatga moslashish qobiliyatlari erkaklardan farq qilmaydi. Hatto amerikalik ayollarning erkaklarga nisbatan madaniyatga yaxshiroq moslasha olishlari haqida ma’lumotlar mavjud. Shuning uchun keying yillarda tadqiqotchilar moslashish uchun ko‘proq ta’lim omilini muhim, deb hisoblashmoqda. Ta’lim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, moslashish shunchalik muvaffaqiyatli kechadi. Ta’lim, hatto madaniy mohiyatni hisobga olmaganda ham insonning ichki imkoniyatlarini kengaytiradi. Insonning olam manzarasi qanchalik murakkab bo‘lsa, u yangiliklarni shunchalik tez qabul qiladi Ushbu masala bilan bog‘liq holda tadqiqotchilar tomonidan xorijiy mamlakatda, chunonchi, o‘zga madaniyat sharoitlarida yashashga hozirlik ko‘rayotgan kishilar uchun zarur bo‘lgan umumiy xususiyatlar majmuyi ishlab chiqilgan: - kasbiy salohiyat; - yuqori darjadagi o‘ziga o‘zi baho berish; - kirishimlilik; - turli qarashlar uchun ochiqlik; - atrofdagi odamlarga qiziqish; - hamkorlikka moyillik; - noaniqlikka sabr-toqatlilik; - ichki nazorat; - jasorat va qat’iyat Madaniy shokni bartaraf etish va moslashishning ichki omillariga insonning hayotiy tajriba muhiti ham kiradi. Bu o‘rinda moshlashishga bo‘lgan motivlar juda muhim ahamiyatga ega. Odatda mihojirlardagi eng kuchli motivatsiya – xorijiy davlatga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tish va tezroq yangi madaniyatning to‘liq a’zosi bo‘lishni xohlashdir. Chet elda ta’lim oladigan va o‘z maqsadiga tezroq hamda to‘liq erishishni xohlaydigan talabalarda ham motivatsiya darajasi yuqori bo‘ladi. Chet elga ko‘chib kelishga majbur bo‘lgan muhojirlar va qochoqlarning yangi jamiyat va madaniyatga moslashishi og‘ir kechadi. Muhojirlar motivatsiyaga ko‘ra, boriladigan mamlakat tili, tarixi va madaniyati bilan tanishadilar. Mazkur bilimlarning mavjudligi moslashishni yengillashtiradi Agar kishi o‘zga madaniyat muhitida yashash tajribasiga ega bo‘lsa, u holda bu tajriba uning tezroq moslashishida asqotadi. Mahalliy aholi orasida do‘stlarning mavjudligi ham moslashish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Shuningdek, mazkur davlatda yashaydigan sobiq hamyurtlar bilan aloqa qilish bir tomondan (ijtimoiy, hissiy, ba’zan moddiy) qo‘llab-quvvatlashni ta’minlasa, boshqa tomondan muloqotning tor doira bilan cheklanib qolish xavfini tug‘diradi Moslashish va madaniy shokka ta’sir ko‘rsatadigan tashqi omillarga quyidagilar kiradi: - madaniy masofa – o‘z madaniyati va o‘zlashtirilayotgan madaniyat orasidagi farqlarning darajasi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, moslashishga madaniy masofaning o‘zi emas, balki insonning madaniy masofa haqidagi tasavvurlari, uni his etishi, binobarin, qator omillarga bog‘liq bo‘lgan hozirda va o‘tmishda urush yoki to‘qnashuvlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi, o‘zga til va madaniyatni bilish ta’sir ko‘rsatadi; - muhojir mabsub bo‘lgan madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari. Bu jarayonga o‘zini juda yuqori tutadigan va boshqalarni o‘ziga moslashishi kerak, deb hisoblaydigan buyuk davlat vakillarining moslashishi qiyin kechadi; - tashrif qilinadigan mamlakatdagi sharoitlar, ya’ni bu mamlakat aholisining musofirlarga yaxshi munosabatda bo‘lishga, ularga yordam berishga va ular bilan muloqot qilishga qay darajada tayyor ekanligi Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, bugungi globallashuv, integratsiyalashuv, madaniyatlar orasida aloqalarning rivojlanishi jarayonida madaniy shokning yuzaga chiqishi muqarrar va tabiiydir. Madaniy shok yangi sharoitga ko‘nikish jarayonining tarkibiy qismidir. Download 41.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling