12-mavzu. Madaniyatlararo muloqotda etnomadaniy ma’nolarni izlash


Download 41.13 Kb.
bet5/8
Sana18.10.2023
Hajmi41.13 Kb.
#1708293
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12 mavzu

Tayanch so‘z va iboralar:  madaniy shok, lisoniy shok, madaniyat omillari, 
madaniyat me’yorlari, psixologik moslashish, madaniyat farqlari, madaniy shok 
belgilari, yangi madaniyatga o‘tish jarayoni, madaniyatga to‘la moslashish,
madaniy masofa, aldoqchi so‘zlar.

Madaniy shok va uning shakllari 
Yangi madaniyatning insonga bo‘lgan qattiq ta’sirini mutaxassislar madaniy 
shok deb nomlashadi.
 
Madaniy shok termini 1955-yilda antropolog Kalvero Oberg tomonidan 
taklif qilingan. Olimning fikricha, madaniy shok ham muayyan belgilalar (qo‘lni 
qayta-qayta yuvish, jahldorlik, asabiylashish va h.k.)ni o‘zida aks ettirgan 
kasallikka o‘xshaydi. Agarda u to‘g‘ri yo‘l bilan davolansa (ya’ni, muhojir til 
o‘rgansa, do‘stlar orttirsa va h.k.), muhojir yangi madaniy muhitga moslashishi va 
o‘zini uyidagidek his qilishi mumkin bo‘ladi
Madaniy shok muhojir yoki chet tili o‘rganuvchisining ajablanishi, 
hayratlanishi yoki tili o‘rganilayotgan madaniyat omillarini qabul qilmaslik 
holatini ifodalaydi. Madaniy shok til o‘rganuvchining yangi madaniyatga noto‘liq 
moslashishi yoki bu madaniyat me’yorlarini bilmasligi, tushunmasligidir.
Har qanday xorijliklikning o‘z boshidan madaniy shok holatini kechirishi 
tabiiydir. Shuningdek, kishi o‘z vatanida ham begona muhitga tushib qolganida 
madaniy shokka duch kelishi mumkin. Madaniy shok boshqa madaniyat bilan 
yaqinroq tanishish va yangi dalillarni qiyoslash natijasida o‘z madaniyatini unuta 
borgan sayin barham topa boshlaydi

Madaniy shok yuzaga kelishining quyidagi shakllari mavjud: 
psixologik moslashishga intilish oqibatidagi zo‘riqish; 
Madaniy shok – individning o‘ziga tanish signallar bo‘lmagan yangi 
muhitda o‘zini ma’lum bir muddat noqulay, besaranjom his qilishidir.

do‘stlari, qarindosh-rug‘laridan ajralish, o‘z yurtidagi kasbi va 


maqomini yo‘qotish hissi; 
yangi madaniyatdagi yolg‘izlik hissi; 
rollardagi buzilish; 
madaniyatlardagi farqlardan bezovtalanish; 
vaziyatni boshqara olmaslikdan cho‘chish. 
Madaniy shokning asosiy sababi madaniyatlar o‘rtasidagi farq hisoblanadi. 
Madaniy shok belgilari turli-tuman: idish-tovoq, o‘rin-ko‘rpa, kiyim-kechak 
tozaligi, suv yoki yeguliklar sifati haqida qayg‘urishdan tortib uyqusizlik, qo‘rquv, 
asabiylashish kabi organizm funksiyalarining buzilishigacha bo‘lishi mukin. Ular 
depresiyaga, ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka, hatto joniga qasd qilishga olib 
kelishi mumkin

Madaniy shok o‘zga madaniyat me’yorlarini bilmaslik holatlarida ko‘proq 


namoyon bo‘ladi. Masalan, bir paytlar O‘zbekistonga Xitoydan tashrif buyurgan 
delegatsiyani oq xrizantema gullari bilan qarshi olingan. O‘sha paytda xitoylik 
mehmonlarning madaniy shok holatiga tushganliklarini tasavvur qilish qiyin emas. 
Chunki, Xitoyda oq xrizantema qayg‘u, dard-alam, motam ramzi hisoblanadi. 
Odatda qadimda oq xrizantema marhumning qabriga qo‘yilgan. Bu an’ana hozirgi 
kungacha saqalanib qolgan. Jumladan, Pekindagi Mao Tszedun maqbarasining 
kiraverishiga buyuk dohiyga chuqur qayg‘u va hurmat belgisi sifatida oq 
xrizantema gulini qo‘yish mumkin.
Madaniy shokka faqat salbiy oqibatlar sifatida qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. 
Garchi, madaniy shok yangi madaniyatga o‘tish davridagi muqarrar jarayon bo‘lsa-
da, unga madaniy aloqa sifatida qarash jarayonni yengil kechishiga olib keladi. 
Binobarin, zamonaviy tadqiqotchilar madaniy shokka yangi sharoitga ko‘nikish 
jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraydilar. Bundan tashqari, shaxs ushbu 
jarayonda yangi madaniyat va uning me’yorlari haqida bilimga ega bo‘ladi, uning 
dunyoqarashi kengayadi, o‘zga madaniyatlarga hurmati ortadi.


Download 41.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling