12-Мавзу Mаrkаziy Оsiyodа ilk еr egаligi munоsаbаtlаrining shаkllаnishi
Eftallar davrida O’rta Osiyoda siyosiy vaziyat va etnik o’zgarishlar
Download 147.5 Kb.
|
ЭФТАЛЛАР
1.2. Eftallar davrida O’rta Osiyoda siyosiy vaziyat va etnik o’zgarishlar.
Milodiy V asrning ikkinchi yarmida (aniqrog’i 468 yili) Toxaristonda xokimiyatni qo’lga olgan qabilalardan biri eftaliylar bo’lib Chin manbalarida bular Yeda (iyeda, yeda) deb nomlangan.7 Eftaliylar xaqida Chin voqyeanavislari aniq ma’lumotga ega bo’lmasalar kerak. Beyshi tarixida «Yedani (Eftaliylarni — K.Sh.) boshqargan xonadon bilan katta yuyechjilar bir qavmdan chiqqan» deb yozilgan. Bu axborotdan eftaliylar tarixini kaysi davri haqida ran ketayotganligini tushunish qiyin. Lekin voqyeanavislarning tasviridan anglash mumkinki, bu yerda gap Toxaristonda, Kushonlar davrida hokimlik qilib kelayotgan, katta yuyechjilar (dayuyechji) ustida ketayapti. Ya’ni Yedaga (eftaliylar) hokimlik qilayogan hukmdor xonadon kushonlariga podsholik qilish yuechjilardan chiqqan demoqchi Beyish tarixini muallifi. Yana shu yerni o’zida (Beyshida) «Boshqalarni aytishiga qaraganda Yeda Gogyuy (uygur — K. III.) qabilasining bir tarmog’i» bo’lgan deb yozilgan. Bu axborot ham tax-miniydir. Ammo, bu va yana bir qancha boshqa ma’lumotlarga asoslanib, eftaliylarining ilk tarixi xunlarga (uygurlarning ham ilk ajdodlari xunlar bo’lgan) borib taqalsa kerak8. Movarounnahrga kelmasdan oldin eftaliylar Oltoy tog’laridan janubda, Xo’tondan g’arbda9 va Badaxshonning tog’li rayonlarida, balki Farg’onaning ayrim rayonlarida yashaganlar.10 Beyishi tarixida eftaliylar haqida gap ketganda «Yeda» xalqi yuz mingga boradi. Shaharlari yo’q, (ular) o’tovlarda yashaydilar. Yozda salqin, qishda esa iliq joylarni tanlaydilar», «Ularning urf-odatlari, bir kancha tomonlari bilan turklarnikiga o’xshab ketadi». «Tili esa jurjon, geoguy (uygur — K.Sh.) va turk tillaridan batamom farq qiladi», deb yozilgan. Eftaliylarning etnogenezi ham hozirgacha aniqlangan emas. Ayrim tadqiqotchilar eftaliylarni turkiy desalar, boshqalari esa ularni eron-fors tilli xalklar bo’lgan deydilar. Eftaliylarni g’arbiy xunlar, xionlar, kidariylar, hatto kushonlar deb xam aytganlar. Xitoy yilnomalarida xam eftalitlar (Yeda, Idan) haqida qarama-qarshi fikrlar mavjud: bir yerda yeda katta yuyechjilardan deyilsa, ikkiichi yerda ular gaiguy (uyg’ur) qabilasining bir tarmog’i deyilgan. Eftaliy atamasining etimologiyasi haqida tadqiqotchilar aniq bir fikr ayta olmaganlar. Beyishda (550—577) keltirilgan ma’lumotlardan eftaliylarning ko’chmanchilikda hayot kechirishlari va ba’zi an’analari turklarnikiga juda o’xshash ekanligini tushunib olish qiyin emas. Lekin ularning tili haqidagi axborotlarda noaniqliklar mavjud. Yapon olimi K. Yenoi Oybob solnomalaridagi eftatiylar xakidagi ma’lumotlarni chuqur o’rganib, «Xitoy mualliflari eftaliylarni etnik tarixini yaxshi bilmaganlar; ularni bu masaladagi ta’birlari asossiz» degan xulosaga kelgan edi. Garchi shunday ekan ba’zi tadqiqotchilarga ergashib eftaliylar g’arbiy eron tilli xalq deyishga hyech kanday asos yo’q. Eftaliylarni etnik tarixi chikib kelishi) turkiy xalklar bilan, bularning esa ilk ajdodlari bilan bog’liq deyishga o’rinli bo’lsa kerak. Yunon tarixchisi Prokopiy Kessarskiy (VI asr) eftaliylar haqida gapirib, ularni oq xunlar degan edi. Lekin eftalitlar uzok, vaqtlardan buyon o’trok, hayot kechirib kelganliklari uchun ularni turmush tarzi xun-larnikiga o’xshamasliklarini ta’kidlab o’tgan edi. Prokopiy Kessarskiy eftaliylarni xunlardan farqi ularni (eftaliylarni okligi, xunlarga uxshash «badbashara» bo’lmasligi bilan xam farq qilganligini uqtirib o’tgan)11. Prokopiy Kessarskiyning bu axborotlarini keltirib ba’zi olimlar eftaliylarni xunlar emas, mutlaqo boshqa ya’ni, oq tanli qiyofada bo’lganligi to’g’ri, lskin o’troq xayot kechirayotgan eroniy til turkumidagi xalq bo’lgan deb o’quvchiga tushintirmoqchi bo’ladilar. Bu xil fikr tarafdorlari, yuqorida Xitoy (manbalaridan) keltirilgan ma’lumotlarda, eftaliylar Movarounnaxrga kelgunga qadar, ko’chmanchi chorvadorlar bo’lganligi va ularning urf-odatlari turkiylarnikiga o’xshash deyilgan matndan balki bexabar bo’lgandirlar? Ularni, turklarni ajdodlarini — xunlarni badbashara deyishlariga xam hyech qanday asos yuq. Xunlar tarkibidagi xalqlar tillari va tashqi qiyofalari bilan bir xilda bo’lmaganlar, albatta. Xun etnik uyushmasida yevropoid, mongoloid irqiy tipdagi qabilalar, turk, mo’g’ul. manjur va boshqa tilli xalqlar bo’lganligi tarixdan ayon. Turkiy xalqlarda malla soch, ko’k ko’z kishilar xam oz bo’lmagan. So’zsiz xunlarni va turklarni barchasini bir qolipga solib «badbasharaga» chiqarish o’rinsiz albagga. Yuqorida keltirilgan va boshka tarixiy ma’lumotlarni chuqur tahlil qilib, eftaliylarning etnik tarixini xunlar bilan va ularning tarkibida bo’lgan turkiyzabon xalqlar bilan bevosita bogliq bo’lgan degan xulosaga keldik. Bu fikrimizga aniqlik kirituvchi yana bir misolga to’xtab o’tmoqchimiz. Suriyalik Zaxariya Rattoning (VI asr) ynlnomasida Shimoliy Kavkazda yashovchi 13 ga xun (gun) qabilalarining ichida abdal, eftaliy atamalari uchraydi. So’zsiz abdal va eftal bir xalqning nomi. Eftaliylar va yuqorida eslatilgan kermaxionlar (qizil xionlar)iing tarkibida bo’lib, avval Orol va Kaspiy dengizning shimolidagi mintaqalarda va keyinchalik shimoliy Kavkazga borib o’rnashganlar. Illy yerlarda qolib kettan va ma-halliy xalklarga aralashgan eftaliylar va xionlar keyinchalik Lazar davlatining tarkibiga kirgan. Qadimgi vatanlarida (Sharqiy Turkistonda, Tangritog’ tog’lariniig shimoli-sharqida) qolgan eftaliylar Movarounnahr hududlariga kelib o’rnashganlar. Yana bir dalil abdal (eftaliy) atamasi XIX—XX asr boshlarida turkiy xalqlarning ko’pchiligining (o’zbek, qozoq, turkman, boshqird va boshqalar) etnik tarkibida uchraydi. Keltirilgan dalillarga asoslanib, yana bir marotaba ta’kidlab aytmoqchimanki, eftaliy va xioniy etnoslari xunlardan va ularning turkiyzabon guruhlaridan bo’lgan. Xioniy va eftaliy qabilari bir-birlariga yaqii, qardosh xalqlar bo’lishi kerak. Shuning uchun ham tarixiy manbalarda ularni bir-birlari bilai chalkashtiradilar. Eftaliylarning Movarounnahr hududiga qachon kelib o’rnashganligi noma’lum. Chin solnomalarida eftaliylarni (Yeda, Mda) Toxaristonda IV asr oxiri — V asr o’rtalarida bo’lganligi tilga olinadi. Lekin ular oldinroq kelgan bo’lishi kerak. Chunki V— VI asrlarga oid manbalarda, masalan Prokopiy Kessarskiyning axborotida, eftaliylar shahar va qishloklarda yashovchi o’trok, aholi bo’lganligini qayd qilgan. So’zsiz shu davrlarda eftaliylarning katta qismi o’troqlashgan. Ammo ularning jangovor guruxlari ko’chmanchi yoki yarim ko’chmanchiliqda yashagan bo’lishlari kerak. Arab manbalarida eftaliylar xaytal nomi bilan tilga olingan. Muqaddisi, Yoqut va Mas'udi axborotlarida Movarounnaxr aholisining talaygina kismi xaytallar (eftaliy) bo’lganligini qayd qila-dilar, V—VI asr o’rtalarigacha Movarounnahrda siyosiy hayot xam eftaliylar hukmronligida bo’lgan. Bular So’g’diyonani, Shoshni, Farg’onani va Sharqiy Turkistonni egallaganlar. Eftaliylar, Eron Sosoniylari bilan urushib, V asr oxirlarida Xurosonda ham o’z xukmronliklarini o’rnatgan edilar. O’rta Osiyoda yirik Eftaliylar imperiyasi vujudga keladi. Ammo bu imperiyaning hukmronligi abadiy emas edi. O’rta Osiyoda yangi imperiya — Turk xoqonligi tashkil topadi. Ma’lumki, turk atamasi milodiy 445 yildan boshlab manbalarda tilga olinadi. 555 yili turklar eftaliylarga qattiq zarba yetkazib Movarounnahrni egallab, Amudaryo soxillariga chiqadilar. Shu davr vokealarini nazarda tutib, Feofilakt Simokatga yozgan edi: «Abdallar (eftaliylar — demoqchi — K. Sh.) qabila boshlig’ini mag’lubiyatga uchratib, bu xoqon (turk xoqoni — K. Sh.) ularning ustidan o’z xukmronligini o’rnatadi». Mag’lubiyatga uchragan eftaliylarning ma’lum qismi Afg’onistonning ba’zi viloyatlarini va Hindistonning shimoli-g’arbiy mintaqalarini egallaydilar. Ularning Movarounnahrda qolgan qismining ayrim guruhlari (asosan ko’chmanchi chorvadorlar) chekinib, Qizilqum cho’llariga va Sirdaryo sohillariga borib yashaydilar. Movarounnahr voxalarida qolgan guruxlari batamom o’groqlashnb, tub yerli aholi bilan aralashib, ularga singib kettan. Yuqorida xioniylar Hindistonning shimoli-g’arbiy mintaqalarini egallagani haqidaaytib o’tganimizdek, shu viloyatlarni eftaliylar ham egallaganligi tarixiy asarlarda qayd qilinadi. Demak, bu har ikkala xalq Hind vodiysiga deyarli bir vaqgda kelgan. Aliqrog’i bular qardosh etnoslar bo’lgan va Hindistonning shimoli-g’arbiy viloyatlariga eftaliylar sarkardasi boshlab kelgan. Birinchi davrda (V asr o’rtalarida) bular Gandxarni va V asr oxiri VI asr boshlarida Panjob, Sind, Radjastonni xamda Ganga va Jamna daryo oralig’idagi xududlarni egallaydilar. Eftaliy hukmdorlari, jumladan Mixirokula tub yerli aholiga nisbatan qattiqqo’l bo’lganligi Xind radjalarini bezovtaga solgan va natijada ular birlashib qarshi hujumga o’gib, bir qancha viloyatlarni eftaliy-xioniylardan qaytarib olishga muyassar bo’ladilar. Xioniy va eftaliylar Hind radjalariga tobe bo’ladilar va ular shu viloyatlarda qolib, yerli aholiga aralashib ketadilar. Xioniy va eftaliylar tarkibida bir qancha qabilalar ham mavjud bo’lgan. Bular Ind daryo vodiysiga ko’chib kelib, bu yerlarda yashovchi tub yerli aholiniig etnik qiyofasini birmuncha o’zgartiradi. Bunga o’sha davrlarda vujudga kelgan va bizgacha yetib kelgan bir qancha geografik nomlar misol bo’la oladi. Masadan, VII asrda Panjobning g’arbiy qismida «Xuna-dasha» ya’ni «Xun diyori» degan geografik nom tashkil topgan. Xun — bu yerda xioniy — eftaliylar tarkibidagi (qadimgi xun etnik nomi bilan atalgan qabila yoki uning bir guruhi) bo’lishi yoki xioniy-eftaliylarning umumiy nomi bo’lishi mumkin. Bu etnos kelib joylashgan va keyinchalik o’troqlashib qolgan joy «Xun diyori» deb atalgan. X asr oxirlarida Ka-nouljoning shimolidagi tog’ oldi rayonlaridan biri xaytal nomi bilan ma’lum bo’lgan. Bu geografik joy so’zsiz eftaliylar (arabcha xaytal) nomi bilan bog’liq. Eftaliylar bilan birga Hindistonga gurjar qabilasi kelib joylashgan. Bularning yashagan viloyatlardan biri Gujarat nomini olgan. Eftaliylar va gujarlar yerli aholi bilan aralashib ketishi natijasida rajaput nomi bilan atalgan yangi etnik uyushma vujudga kelgan bo’lishi kerak12. Xioniy, eftaliy qabilalaridan ayrimlari Afg’onistonning janubi-g’arbiy noxiyalariga va Eron xududlariga ham borib joylashgan bulgan. Kadimgi xunlarni manbalarda xuon atamasi uchraydi. Prokopiy bularni eftaliylar deydi. Hirot xududida yashab keyinchalik Eronning g’arbiy nohiyalaridan biriga borib joylashgan va bu joy Kadisiya deb nom olgan. Xioniy va eftaliylar bilan kelgan qabilalardan Zabul bo’lib, ular yashagan joy ham Zabul (Zabuliston) deb atalgan. Yuqorida keltirilgan barcha dalillarni taxlil kilib xioniy-eftaliylarning etnogenezi (chiqib kelishi) kadimgi xun dunyosi bilan, shaxsan uning tarkibidagi turkiyzabon elatlar bilan bog’liq ekanligini yana bir marotaba ta’kidlab utmokchimiz. Eftaliylar davrida (IV—VI asr o’rtalari) O’rta Osiyoning Markaziy viloyatlarida Janubiy Sibirdan, Yettisuvdan, Sharqiy Turkistondan ayrim qabilalar yoki ularning ayrim qismlari vaqti-vaqgi bilan ko’chib kelib o’rnashaverganlar. Bu jarayonga xioniylar va eftaliylar tomonidan hsch qanday to’sqinlik bo’lmagan. Turkiyzabon xalqlar bu yerlarda qadimdan yashab kelgan fors-eron tilli xalklar bilan yonma-yon yashab kelganlar. Movarounnahr va unga yakin viloyatlarda yashovchi tojik xalqining ajdodlari va uzbek xalqining ajdodlari doimo ittifoq bo’lib, o’zaro iqtisodiy, madaniy va ma’naviy aloqada bo’lib yashaganlar. O’rta Osiyoning Markaziy viloyatlarida yashovchi turkiyzabon aholining soni ko’chib kelayetgan va asta-sekin o’troklashib borayotgan qabilalar bilan tobora kupayib boradi va Turk xoqonligi davrlarida (VI— VIII) bu yerlarda turk aholi yashaydigan ayrim etnoxududlar vujudga keladi: Toshkent vohasi, Zarafshonning quyi oqimlari, Kashqadaryo vohasi, Xorazm va Surxon Sherobod vohalari va boshqalar. Bu yerlarda yashovchi aholining ijtimoiy hayotida ham o’zgarishlar yuz beradi. Ular ilk o’rta asr boskichiga o’gib, moddiy va manaviy madaniyatlari yana ham taraqqiy etib boradi; yangi etnik va siyosiy uyushmalar vujudga keladi. Turkiy xalqlarning, jumladan o’zbek xalqining etnik tarixi Osiyoning ilk o’rta asrlar tarixi bilan bevosita bog’lik. Bu kenglikda bir qancha siyosiy tuzumlar vujudga kelgan: turk va turkesh xoqonligi (VI— VIII). Arab xalifaligshshng hukmronligi (VII asr o’rtalari - IX asr), O’g’uz (VI1I-X), Karluq (IX-X), Somoniylar (IX — X) davlati va boshkalar yuz bergan siyosiy o’zgarishlar O’rta Osiyoning markaziy viloyatlarida yashovchi aholining etnik tarkibida, iqtisodiy va madaniy hayotiga xam katta o’zgarishlar kiritgan. Eftaliylar davridayoq O’rta Osiyoda feodal tuzum vujudga kelgan edi. Jamoa munosabatlari yemirilishi bilan o’rniga yirik yer egalari — dehqonlar vujudga keladi. Endilikda yer va barcha mulk jamoaga emas, mulkdorlarning vorislariga avloddan-avlodga meros qoladigan bo’ladi. Eron hududida V—VI asrlarda mavjud bolgan mazdakiylar xarakati va mafkurasi Movarounnaxr va Xorazmga keng tarkalgan. Mazdakiylar xara-katiga jalb etilgan (shaxsan Buxoroda) jamoa yerlarida yashagai aholi (kadivarlar) isyon ko’tarib yirik yer egalarini xovli-joylariga hujum kilib, vayron kilganlar va yerlarni tortib olganlar. O’zlarini (yirik yer egalarini) esa quvg’in qila boshlaganlar. VI asrning 80 yillarida Buxoroda xalq harakati avjiga chiqadi. Buxoro vohasida ro’y bergan xalq qo’zgolonidan turk xoqonligining xonadonidan bo’lmish Aboxon (Abruy) ustalik bilan (to’g’rirog’i ayyorlik bilan) foydalanadi. Abruy isyonchilarning yordami bilan 585 yili Poykend shaxrini egallab o’z hokimiyatini o’rnatishga muyassar bo’ladi. Hokimiyatni qo’lga olgandan keyin u viloyatni qattiqko’llik bilan idora qilishga kirishadi. Abruyning zolimona xatti-xarakatiga chiday olmagan dehqonlar va savdogarlar vohani tashlab, Turkiston xududiga borib yashaganlar. Bular asosan Taroz shaxri yaqinida joylashib, keyinchalik shu yerda Xamukent shah-rini bino etadilar. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida keltirilgan ma’lumotlardan faraz qilib aytish mumkin-ki, Buxoro vohasiga turkiyzabon xalqlar Abruydan xam ancha oldinroq kelib joylashgan. Bu tarixiy kitobda muallif Buxoroni ta’riflab yozgan edi: «Buxoro (o’rnashgan) bu mavze, (ilgari botqoqlik bo’lib), unint ba’zi yerlarini to’qayzor, daraxtzor va ko’kalamzor joylar tashkil ettan, ayrim joylar shunday bo’lganki hayvon xam oyoq qo’yishga joy topa olmagan». Buxoro o’rnashgan So’g’d (Zarafshon) daryo suvining loyqalaridan to’ltan mavze Buxoro bo’lib qoldi. Unga «har tomondan odamlar yig’ilib kelib, u joy obod bo’ladi. Odamlar Turkiston tomondan kelar edilar. Bu viloyatda suv va daraxtlar, ov qilinadigan (jonivorlar) ko’p bo’lganidan kishilarga bu viloyat xush kelib, shu yerga joylashadilar. Avval ular chodir va o’tovlarda turar edilar, so’ng vaqt o’tishi bilan odamlar yig’ilishib imoratlar qurdilar. Xalq ko’paygach, bir kishini saylab amir kildilar; uning nomi Abruy edi»13. Narshaxiyning ta’riflaridan Buxoro zaminiga turk xalqlarining qachon kelib o’rnashganligini tushuntirish qiyin. Arxeologik topilmalar Buxoro qariyb 2,5 ming yillik tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. Agar Narshaxiyning bergan ma’lumotlariga ishonib, Buxoro vohasiga turkiyzabon xalklar shahar paydo bo’lganda kelib o’rnashgan desak mubolag’a bo’ladi albatta. Faqat taxmin qilib, turkiy xalqlar Movarounnaxrga miloddan oldingi mnlodiy II—V asrlar davomida xun va xionitlar va eftalitlar bilan bir vaqtda kelgan desak extimoldan xoli bo’lmas. V—VI asrlar davomida bularning soni O’rta Osiyoning Markaziy mintaqalaridan bir muncha ko’payadi. Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling