2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
2-MAVZU: ANTIK DAVR PSIXOLOGIYASI REJA: 1.Antik davr psixologiyasida jon haqida materialistik ta’limotlar. 2. Antik materializm cho’qqisi faylasuflar qarashlarida. Tayanch so‘z va iboralar: Anita, Efeslik Geraklit, Fales, Anaksimandr va Anaksimen, Pifagor, Demokrit, Anaksagor. “Psixologiya fan sifatida ruh xaqidagi ta’limotdan boshlanishi kerak edi. Ruh xaqidagi ta’limot odamzot tomonidan ilgari surilgan birinchi ilmiy gepoteza”dir deb yozadi L.S. Vigotskiy. Anita - ruh haqidagi qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud bo‘lgan bo‘lsada er. av. II asrda tabiat va inson xaqidagi tasavvurlar tub burilishga uchrab, antik olamda dastlabki ruh xaqidagi ilmiy farazlar paydo bo‘la boshlaydi. Ilmiy psixologiya va undagi barcha muammolarning boshi shu yerdadir. “Qaysi yo‘llar bilan bormagin, baribir ruhning chegarasiga borolmaysan” degan aforizm bilan Efeslik Geraklit (er.av.530 -470 yillar) individual ruh va koinot birligi g‘oyasini ilgari surdi. Unga ko‘ra, barcha narsa asosida olov yotarkan. Organizmdagi olov uchquni psixologiyadagi - ruhdir. U “olovli va nam” holatda bo‘ladi. Mast odam qaerga ketayotganini bilmaydi, chunki uning psixikasi namdir” - deb yozadi Geraklit. Uning ta’kidlashicha, ruh nami umumiy logos qonunlari bilan belgilanadi. Bu fikr bilan Geraklit barcha psixik hodisalar moddiy dunyo qonunlariga buysunishni ta’kidlamoqchi bo‘ldi. Determinizm tamoyilini juda sodda ko‘rinishda ta’riflamoqchi bo‘ldi. Miloddan avvalgi Vasrning ikkinchi yarmida yashab o‘tgan Yunon faylasufi Kratil shunday degan edi: “Geraklit (Buqrot) aytganidek, oqayotgan suvga ikki marta emas, hatto bir marta ham sho‘ng‘ib bo‘lmaydi. Chunki nima haqda gapirmaylik, biz tugal fikr aytib ulgurmasdan uzluksiz o‘tkinchilik qonuniga bo‘ysunuvchi har qanday voqelikning mohiyati o‘zgarib ketadi”. Lekin uning g‘oyalari psixik hayotni hamma eshiklarini ochishga kalit bo‘la olmas edi. Geraklit o‘zidan oldin o‘tgan milet maktabi, faylasuflari Fales, Anaksimandr, Anasimenlarning ruh bo‘linmasligi to‘g‘risidagi fikrlarini izdoshidir. Falesning ushbu fikrlari bizning nuqtai nazarimizcha hali hanuz o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Uni quyida keltiramiz: - Eng go‘zal narsa nima? - Odam chunki u Tangrining mahsulidir. - Eng tez narsa nima? - Aql u hamma narsani ortda qoldiradi. - Hammadan donoroq narsachi? - Vaqt. Chunki yolg‘iz vaqtgina hamma narsani oydinlashtiradi. - Hamma uchun eng umumiy narsa nima? - Umid, chunki u hech vaqosi yo‘qlarda ham mavjuddir. - Eng kuchli narsa nima? - Zaruriyat, chunki u hamma narsaning ustidan hukmronlik qiladi. - Eng qiyin narsa nima? - O‘zni anglash. - Eng oson narsa-chi? - O‘zgalarga maslahat berish. - Kimni baxtli sanash mumkin? - Jismoniy sog‘lom, ruhiy xotirjam hamda iste’dodini o‘stira olgan kishini. - Baxtsizlikka dosh berishning oson yo‘li nima? - G‘animlarning sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh bo‘lish. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling