2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
Geraklit hayoti: Geraklit Mileet bilan qo‘shni bo‘lgan dengiz forti Efesda
tug‘ilib o‘sgan. U miloddan avvalgi 500 yillar atrofida, ya’ni Falesdan taxminan 80 yildan so‘ng yashab o‘tgan. U podshoh xonadoniga mansub bo‘lib, akasining foydasiga shohlik martabasidan voz kechgan. U “kosmos” so‘zini birinchi bo‘lib qo‘llagan Yunon faylasufi edi. (“kosmos” so‘zi “tartib” degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z dastlab davlat tizimi va hatto ayollarni “tartib”ga keltiruvchi pardoz andoz anjomlariga nisbatan ham qo‘llanilgan. “Kosmetika” so‘zi shundan kelib chiqqan). Geraklit to‘g‘risida bir necha tarixlar ma’lum, biroq ularning real negizga egaligi ehtimoldan ancha yiroq. Bularning hammasiga qaramasdan, saqlanib qolgan parchalar asosida uning obrazini qayta tasvirlash imkoniga egamiz. Geraklit har doim ham o‘z zamondoshlari tomonidan tushunilmagan, mahdud, achchiq istehzoli faylasuf sifatida gavdalanadi, u zamondoshlarining o‘zini anglab yetishmaganligi uchun ularning aqliy qobiliyatlarini juda past deb qaragan. Mana shuning uchun u odamlarning fikrlari va nuqtai nazarlari “bolalarning o‘yinchoqlariga” o‘xshaydi, deb ta’kidlagan. Geraklitga doir yana bir parchaga binoan, tushunmaydigan odamlar karlarga, “ishtirok eta turib qatnashmayotgan” kishilarga o‘xshaydi. Buning ustiga, Geraklit ko‘pchilik fikrini nazarda tutib, uning vakillarini “poxolni oltindan afzal ko‘radigan eshaklarga” kiyoslaydi. Zamondoshlarining Geraklit ta’limotini tushunmaganligi, shubhasiz, nafaqat ko‘pchilikni noto‘g‘ri fikrlashi bilan bog‘liq edi. Geraklitga faylasuf sifatida “Noma’lum” degan laqab berilgan. U ko‘pincha o‘z fikrlarini noaniq va ko‘p ma’noli majozlar yordamida bayon qilardi. Afsonaviylikdan qat’iyat bilan yiroqlashishga harakat qilgan miletlik naturfaylasuflardan farqli ravishda Geraklit afsonaviylik uslubida bayon qilish tarafdori edi. U miletliklarda bo‘lgani kabi ilmiylik darajasiga ega bo‘lmagan. U Parmenidga o‘xshab mantiqiy, puxta belgilangan tushunchalarni ham qo‘llamagan. Geraklit his qilish va kuzatuvga tayangan – uning nutqi folbinlarning gap- so‘zlariga o‘xshab ketardi. Bizning bilishimizcha, Geraklit o‘z asarlarini Artemida Efesskaya ibodatxonasida saqlagan. Uning ko‘p parchalari saqlanib qolgan. 126 ta parcha haqiqatdan ham unga tegishli deb hisoblanadi, 13 ta parchaning muallifi kimligi shubhalidir. Geraklitning parchalarida boshqa faylasuflar ham esga olinadi. Bu shundan dalolat beradiki, faylasuflar nafaqat tashqi hodisalar bilan qiziqa boshlagan, shu bilan birga ular falsafiy muammolar xususida boshqa faylasuflarning bildirgan fikrlari to‘g‘risida ham muayyan pozitsiyani namoyon etishgan. Natijada, faylasuflar o‘rtasidagi bahs-munozaralar va bir faylasuflar asarlarining boshqa faylasuflar asarlarida izohlanishi tufayli falsafiy an’ana vujudga keladi va qo‘llab- quvvatlanadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling