2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana03.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1155809
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
2-ma\'ruza

 Antisfen hayoti: (miloddan avvalgi 444 – 366 yillar). Antisfen - miloddan 
avvalgi V –IV asrlarda yashab o‘tgan Yunon faylasufidir. U avvaliga faylasuf 


Xorgiyning shogirdi bo‘lgan. Keyinchalik Suqrotdan ilm o‘rgangan. Antisfen 
chekka Pireya shahrida yashasada, har kuni 40 stadiya (1 stadiya – 184,75 gaz) yo‘l 
bosib, Suqrotining huzuriga qatnagan. Keyinchalik, Antisfen kiniklar maktabiga 
asos solgan. Faylasuf Diohen Antisfenning eng iqtidorli shogirdlaridan edi. 
Antisfen o‘limga hukm etilgan ustozi Suqrot bilan qatl oldidan hamsuhbat bo‘lgan. 
Antisfen birinchilardan bo‘lib qullar va ozod qashshoqlarga xos buyumlar hamda
liboslarni o‘ziga ravo ko‘rdi. Shu yo‘l bilan o‘zi asos solgan kinik maktabining
boshqalardan ajralib turishini ta’minladi. Kiniklar egnilariga kalta jomakor kamzul 
kiyib, qo‘llarida gadoylarning to‘rvasi va darbadarlarning tayog‘ini ko‘tarib 
yurganlar. Ehtiyojlarni har tomonlama chegaralamoq Antisfen hayotini mazmuni 
sanalgan. U o‘zini “zotsiz ko‘ppak” deb atagan. 77 yoshida o‘pka siliga chalinib
vafot etgan. 
Antisfenning quyidagi asarlari ma’lum: “Xaqiqat”, “Fikr va bilim haqida”, 
“Savol va javob haqida”, “Sevgi, nikoh va farzandlarning dunyoga kelishi haqida”, 
“Gerakl” va boshqalar. 
Aristipp hayoti(miloddan avvalgi 430 – 355 yillar) 
“Falsafaning foydasi shundaki, u har qanday odam bilan so‘zlasha olish 
imkonini beradi”, - degan edi faylasuf Aristipp. Yunonistonning Kirena shahrida 
tug‘ilib o‘sgan bu faylasufni nevarasi bilan chalkashtirib yubormaslik uchun Katta 
Aristipp, deb atashgan. Aristipp avval Protagor, keyinchalik Suqrot qo‘lida tahsil 
olgan. U rohatu halovat inson uchun eng oliy baxt, deb hisoblovchi kirenaliklar 
yohud gedonistlar maktabini yaratgan. Aristippni eng sadoqatli izdoshlari orasida 
uning qizi Areta alohida ajralib turardi. Areta otasini ishini davom ettirib, 
muallimalik qilgan va o‘g‘li Kichik Aristippga ham falsafa ilmini o‘rgatgan. 
Aristipp Suqrotning shogirdlari orasida birinchilardan bo‘lib, tinglovchilardan 
pul olib ustoziga jo‘natib turgan. 
Hashamdorlik va bashang kiyinishni xush ko‘rgan nozikta’b Aristipp olam 
kezib, kiborlarcha hayot kechirgan. Afsuski, uning birorta ham asari bizgacha yetib 
kelmagan.


Sharqda Aflotun nomi bilan mashhur bo‘lgan 
Platonning fikricha, ruhni 
qanotli ot arava va izvoshchiga o‘xshatish mumkin, Izvoshchi va otlar o‘rtasidagi 
munosabat, tana va ruh o‘rtasidagi munosabat kabidir. Platonga ko‘ra inson 
ruhining 3 ta asosi mavjud: 
1. Hayvonlar va o‘simliklarga xos aqlsiz asos. U tufayli tirik mavjudot 
o‘zining tana ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Ruhning mana shu qismi 
bilan odam ochlik va tashnalikni sezadi. Bu asos inson ruhining katta qismini 
tashkil etadi.
2. Asos azob va qiyinchiliklar asosidir. Bu qism bilan "odamning jahli 
chiqadi, g‘olib chiqish uchun qiyinchiliklarga tayyor bo‘ladi”. Platon fikriga ko‘ra, 
doim mana shu asoslar o‘rtasida kurash kechib, uning oqibatlari tushlarda namoyon 
bo‘ladi. Platonning tushlarni tushuntirishi ko‘p jihatdan zamonaviy fikrlardan biri 
freydizmga o‘xshab ketadi. Chunki Platon ham ularning asosida mayllar shu 
jumladan, haqiqiy mayllar yotishini ta’kidlagan. Platon ruh tana o‘lgandan keyin 
ham hayot bo‘ladi deb fikr yuritadi. Uning yozishicha: "Agar ruh abadiy bo‘lsa, 
unda ruh haqida nafaqat bu dunyoda balki keyingi uning hayoti xaqida ham 
qayg‘urish kerak. Platon ruh haqidagi g‘oyasining yetakchi qismi hissiyotlardir. 
Unda Platon birinchi o‘rinda odamlar uchun rohatlanish hissi turmasligini aytadi. 
Qoramol, ot va boshqa hayvonlar uchun shundaydir, lekin odam uchun birinchi 
o‘rin u yoqda tursin, ikkinchi o‘rinda ham turmaydi, xatto uchinchi o‘rindan ham 
ancha uzoqdadir. Platon o‘zining “Fileb” dialogida rohatlanish, azoblanish va har 
ikkisining bo‘lmasligi ruhning uch xil holatidir deb aytib o‘tadi. 
Aflotun kelgusi avlodlarga hech qachon eskirmaydigan mana bu o‘gitni 
meros qoldirgan: “Haqiqiy va to‘g‘ri fikrlay oluvchi faylasuflar davlat tepasiga 
kelmaguncha yohud hukmdorlar ilohiy iqtidorlari ila tom ma’nodagi faylasuflik 
maqomiga ko‘tarilmagunlariga qadar insoniyat yovuzlikdan qutulolmaydi”. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling