2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/23
Sana03.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1155809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-ma\'ruza

Demokrit hayoti: Demokrit miloddan avvalgi 460 yildan 370 yilgacha 
yashagan deb hisoblanadi. Binobarin u Platonning katta zamondoshi bo‘lgan. 
Demokrit Frakiyadagi Abderi koloniyasida tug‘ilgan. Ma’lumki, u Afinaga
  tashrif 
buyurgan va Sharq hamda Misrga bir necha uzoq muddatli sayohatlarga chiqqan. 
Ehtimol, u bilish va tadqiqotchilik maqsadlarida sayohat qilgan.
U badavlat oilaning farzandi edi. Ammo boylikdan kechib, butun umrini
kambag‘allikda o‘tkazdi. Bor umrini donishmandlikka bag‘ishladi.
Demokrit shahar tashqarisida joylashgan yer ostidagi sag‘anada kechayu-
kunduz tinmay ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan. 
Demokrit keng bilimlarga ega bo‘lgan. U o‘z zamonidagi fanning ko‘pgina 
sohalarida samarali ish olib borgan. Uning bir necha asarlari nomini keltirish 
bilanoq qiziqishlarining keng doirasini ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. “Buyuk 
diakosmos”, “Vrachlik fani”, “O‘limdan keyingi narsalar haqida”, “Tabiatning 
tuzilishi haqida”, “Jahon tartiboti va tafakkur qoidalari haqida”, “She’riyat 
to‘g‘risida”, “Dehqonchilik to‘g‘risida”, “Matematika to‘g‘risida”, “To‘g‘ri nutq va 
tushunarsiz so‘zlar to‘g‘risida”, “Yoqimli va yoqimsiz harflar to‘g‘risida” va 
hakozo. 
Demokrit asarlaridan 200 dan 300 gacha parcha saqlanib qolgan. Muayyan 
ma’noda bu ko‘pdir, lekin Demokritning ulkan ijodiy mahsuldor bo‘lganligini 
hisobga olsak, biz faqat uning asarlarining nisbatan kam qismiga egamiz. Shuning 
uchun biz uning qarashlarini talqin etishimiz Demokrit haqidagi mavjud ikkilamchi 
axborotlardan foydalanadigan qayta to‘ldirishdan iborat bo‘ladi.

Anaksagor hayoti: Anaksagor taxminan miloddan avvalgi 498 yildan 428 
yilgacha yashagan. U yoshlik yillarini Klazomena shahrida o‘tkazgan,balog‘at 
yoshida Afinada istiqomat qilgan va u yerda intelektuallar o‘rtasida ko‘zga 
ko‘ringan o‘rinni egallagan. Anaksagor Perikl (taxminan miloddan avvalgi 495-429 
yillar) muhitiga mansub bo‘lgan, lekin o‘zining an’anaviy e’tiqodlarga zid bo‘lgan 


qarashlari sababli Afinani tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Boshqa 
narsalardan tashqari, u quyosh xudo emas, balki katta yolqinlanib turgan tanadir 
deb ta’kidlagan. Anaksagor asarlarining 22 ta parchasi saqlanib qolgan

Yunon faylasufi Anaksagor tug‘ilganidan so‘ng uning na kulgani va na 
tabassum qilganini ko‘rishgan. U faylasuf Anaksimendan tahsil olgan. 
Anaksagor falsafaga shu qadar sho‘ng‘ib ketganki, xo‘jalik ishlari qarovsiz 
qolib, butun yer mulki poda boqiladigan yaylovga aylangan. 
Anaksagor hur, noan’anaviy fikrlash tarzi tufayli ta’qiblarga duchor bo‘lgan. 
Bir qancha muddat turmada o‘tirgan. Anaksagorning faqat “Tabiat haqida” nomli 
asari bizgacha yetib kelgan. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling