2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1


Anaksimandr va Anaksimen hayoti


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/23
Sana03.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1155809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
2-ma\'ruza

Anaksimandr va Anaksimen hayoti: Ular Milet fuqorolari edilar. 
Anaksimandr taxminan miloddan avvalgi 610 yil bilan 546 yil oralig‘ida yashagan 
va Falesning birmuncha yoshroq zamondoshi bo‘lgan. Anaksimen shubhasiz, 
miloddan avvalgi 585 yil bilan 525 yil oralig‘ida yashagan. Qadimgi Yunon 
faylasufi Anaksimen miletlik Evristratning o‘g‘li va faylasuf Anaksimandrning 
yaqin do‘sti bo‘lgan. 


Anaksimandrga tegishli deb hisoblanadigan faqat bir parcha bizning 
davrimizgacha saqlanib qolgan. Bundan tashqari boshqa mualliflar, masalan, ikki 
asr keyinroq yashagan Aristotelning izohlari mavjud. Anaksimendan faqat uchta 
kichik parcha yetib kelgan, ularning bittasi, ehtimol, haqiqiy bo‘lmasligi mumkin. 
Faylasuf Anaksimandr shogirdi Pifagor: “Donishmandlik ibtidosi: fikrlashni 
o‘rganish, vaysaqilikka barham berish” deya ta’kidlab ilk bora tafakkur 
operatsiyalariga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi fikrlarni ilgari suradi.
Quyida Pifagorni bir qancha aforizmlarini keltirib o‘tamiz, ularni psixologik 
tahlil qilishga harakat qilib ko‘ring. 
- Tinglash va sukut saqlash seni donolikka yetaklaydi. Sukut-donolikning 
boshlanishi. 
- Bilimlilik va donishmandlikni ayni bir narsa deb hisoblamang. 
- Jonzotlarni o‘ldirishdan saqlaning, chunki odam o‘ldirish jonivorlarni 
o‘ldirishdan boshlangan. 
- O‘tgan kun haqidagi: “Men uni qanday o‘tkazdim, nimalar qildim-u, nimalarga 
ulgurolmadim?”- degan savollarga javob topilmaguncha ko‘zlaring uyquga 
ketmasin. 
Pifagor hayoti: (miloddan avvalgi 576-496 yillar). 
Janubiy Italiyaning Regiya shahrida tug‘ilib o‘sgan qadimgi Yunon faylasufi 
Pifagor Mnesarx ismli kishini farzandi bo‘lgan. Otasi uni xizmat safariga doimo 
o‘zi bilan olib yurgan. Oqibatda Pifagor qiziquvchan va yangi narsalarni bilishga 
intiluvchan bo‘lib o‘sadi.
Pifagor uzoq vaqt davomida Misrda tahsil olgan. Zardushtiylik diniga juda 
qiziqqan. U Misrda ilm sirlarini o‘rganish uchun hatto xatna qildirishga ham rozi 
bo‘lgan. Aks holda uni kitoblarga yaqinlashtirishmasdi. U hech qachon 
yig‘lamagan va umuman ehtiros hamda his-hayajonga berilmagan. 
Pifagorning quyidagi asarlari ma’lum: “Tabiat haqida”, “Davlat haqida”, 
“Tarbiya haqida”, “Jon haqida”, “Olam haqida”, “Ilohiy kalom”. Pifagor miloddan 
avvalgi 496 yilda dushmanlari tomonidan o‘ldirilgan. Pifagor hayotning 
mazmuniga oid qarashlarga “falsafa”, deb nom bergan birinchi donishmand edi. 


Rivoyat qilishlaricha, Fliunt shahriga safari chog‘ida hokim Leon Pifagordan 
so‘radi: “Sen qaysi ilm bilimdonisan?” – “Hech qaysi, - deb javob berdi Pifagor. – 
Men shunchaki bir faylasufman”. – “Falsafa degani nima o‘zi?”- taajublanib 
so‘radi hokim. Pifagor shunday javob berdi. “Inson umrini bozor va Olimpiya 
o‘yinlariga qiyoslash mumkin. Bozordagi sotuvchilar ham, xaridorlar ham doimo 
o‘z foydalarini ko‘zlaydilar. Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari esa shon-shuhrat va 
mashhurlik payida bo‘ladilar. O‘yingohdagi tomoshabinlar esa ularni diqqat bilan 
kuzatadilar. Hayotda ham shunday. Odamlarning katta bir guruhi boylik va shon-
shuhrat orttirish maqsadida yelib yuguradilar. Ana shu olomon orasida 
kamchilikdan iborat bir guruh borkim, ular chetdan turib atrofdagilarni jimgina 
kuzatadilar. Voqea hodisalarni, inson tabiatini tadqiq etadilar. Haqiqatni anglash 
ularning eng sevimli amalidir. Ana shu toifadagi odamlar faylasuflar – donolikni 
sevuvchilar, deb ataladi. Ular sofoslar, ya’ni donishmandlar emas. Chunki tom 
ma’nodagi donishmandlik yolg‘iz Allohga xos sifat. Bandalar esa donishmandlikka 
intilish bilan kifoyalanadilar xolos”. 
 
Geraklitdagi ruh uchqunlari keyinchalik 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling