2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sukrot hayoti
Nazorat savollari:
1. Efeslik Geraklitning qanday falsafiy qarashlari bor? 2. Anaksimandr va Anaksimenlarning falsafiy qarashlarini tahlil qiling? 3. Pifagor va Demokrit qarashlarini solishtiring? 2-MAVZU (davomi): ANTIK DAVR PSIXOLOGIYASI REJA: 1. Suqrot, Antisfen va Aristipplarning falsafiy qarashlari. 2. Platon, Arastu, Gippokratlarning psixologik qarashlari tahlili. 3. Klavdiy Galen, Epikur hayoti, Lukresiy Tit Kar hayoti psixologik qarashlari. Tayanch so‘z va iboralar: Materializm g‘oyalari, ruhni qanotli ot arava, fikrlay oluvchi faylasuflar, oilaviy an’ana, mistitsizm, “Jon haqida” nomli trakt, ritorika. Sukrot hayoti: Suqrot taxminan miloddan avvalgi 470 yilda tug‘ilgan va 399 yilda vafot etgan. Uning faol falsafiy faoliyati naturfalsafa davriga (miloddan avvalgi 450-400 yillar) to‘g‘ri keladi. Sofistlarga zamondosh bo‘lgan Suqrot dastlabki Afinalik faylasuf edi va butun umr bo‘yi ona shahrida yashagan. Uning otasi toshtarosh, onasi esa doya bo‘lgan. U aslzoda va badavlat bo‘lmasada, hech qachon o‘zining moddiy ahvolinin yaxshilashga urinmagan. Suqrot Ksantippaga uylangan va uch farzandli bo‘lgan. U juda ko‘rimsiz qiyofaga ega bo‘lgan. U doimo eski liboslarda, yalangoyoq yurgan. Ayollar borasida ham Suqrotning omadi yurishmagan. Garchi ikki marta uylangan bo‘lsa-da, oilaviy baxtga erisha olmagan. Suqrot asosiy vaqtini munozara va bahslarda o‘tkazgan. Bahslarda doim uning quli baland kelgan. Shuning uchun ko‘pincha uning sochidan tortib kaltaklashgan, ustidan kulib haqoratlashgan. Suqrot hammasiga dosh bergan. Odamlar bundan ajablanishganda ularga qarata shunday degan: «Eshak tepsa uni sudga bera olmayman-ku!”. Suqrot mohir raqqos bo‘lgan va bunday mashqni jismning salomatligi uchun foydali deb bilgan. U talabalarga og‘zaki saboq bergan va hech qanday yozma manba qoldirmagan. Timey ismli shogirdi: “Ey, ustoz, nima sababdan dono fikrlaringizni qog‘ozga tushirmaysiz?”- deb so‘raganda, Suqrot: “Ey, Timey o‘lik hayvonlarning terisiga ishonching va tirik, barhayot fikrlarga ishonchsizliging juda mustahkam ekan”, - deb javob bergan. 399 yil Suqrot bir yurtdoshining fitnasi tufayli fuqorolik me’yorlarini buzganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan va qatl etilgan. Sudda Sukrotning og‘zidan chiqqan so‘nggi so‘zlar shunday bo‘lgan: “Menga o‘lish uchun, sizga esa yashash uchun bu yerni tark etish fursati yetdi. Faqat buning qay biri afzalligi Xudodan o‘zga hech kimga ayon emas”. Sudda 220 nafar odam Suqrotning aybsizligini yoqlab, 280 nafar kishi esa unga qarshi ovoz bergan. Suqrot Platonning dialoglarida tasvirlanganidek, g‘arbiy dunyo ruhiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatgan kishilar sirasiga kiradi. Suqrot insoniy shaxs sifatida u yuksak ma’naviyati, kamtarin va oddiy turmush tarzi, zukkoligi, samimiyligi, xushfe’lligi va hazil-mutoyibaga moyilligi kabi xususiyatlari bilan ajralib turar edi. Biroq Afinalik fuqarolar Suqrot ularni ko‘chada yoki bozorda yo‘ldan to‘xtatib, suhbatga solib, qiyin savollarga tutadigan holatlarda muayyan darajada noqulay vaziyatga tushib qolishardi. Bir qator sabablarga ko‘ra, Suqrot ham sofistlar kabi o‘zining yoshlik davrini xazon qilib, jamiyat uchun xavfli odamga aylanmoqda, degan qarash ham shakllangan edi. Suqrot hech narsa yozmagan. Uning ta’limoti (mabodo umuman uning ta’limoti xususida gapirish mumkin bo‘lsa) haqidagi bizning bilimimiz u haqida boshqalarning yozgan asarlariga asoslanadi. Asosan, ular Platon asarlari bo‘lib, Suqrot uning dialoglarida asosiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun Suqrotning aslida nimalarni gapirganligini va Platonning dialoglarida Suqrot fikrlari bilan Platon fikrlari o‘rtasidagi chegarani aniqlash ancha qiyin vazifadir. Ana shu jihatni e’tiborga olib, Suqrot falsafasini Platonning bayon qilgani tarzda talqin etishga harakat qilamiz. Suqrot g‘oyalarini keng targ‘ib qilgan va uning ishlarini davom ettirgan shogirdlaridan biri Antisfen va Aristippdir. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling