2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/23
Sana03.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1155809
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
2-ma\'ruza

Deterministlar inson irodasi ham, dunyodagi hamma narsalar singari, 
sababiyat qonuniga bo‘ysunadi, binobarin, insonning barcha irodaviy harakatlari 
ham erkin emas, balki zaruriyat bilan, o‘z sabablari bilan belgilanadi, deb o‘z 
g‘oyalarini ilgari suradilar. 
Indeterministlar, aksincha, inson irodasi va uning hatti-harakatlari har 
qanday sababiyatdan xoli hamda zaruriyatga bog‘liq emas, deb ta’lim berdilar. 
Indeterminizm sof idealistik ta’limot edi. Determinizmda esa idealistik 
tendensiyalar ifodalangan edi. 
Umumiy va mavhum tushunchalar haqidagi masala ham iroda erkinligi 
haqidagi masaladan kam tortishuvlarga sababchi bo‘lmaydi. Bunda ikki oqim: 
realistlar va nominalistlar o‘rtasida tortishuv ketadi. 
Realistlar – umumiy tushunchalar (“universallilar” o‘sha vaqtda shunday deb 
atashardi) real, ob’ektiv holda mavjuddir va inson aqlida yakka narsalarga bog‘liq 
bo‘lmagan holda aks etadi, deb da’vo qildilar. Shunday qilib, realistlar faqat 
Platonning narigi dunyo g‘oyalar dunyosi haqidagi, har bir kishi aqlidagi bu 
g‘oyalarning tug‘ma ekanligi haqidagi ta’limotini takrorladilar, xolos. 
Realizm ilk bora o‘rta asrlar falsafasida hukm surdi. O‘rta asrlarning ravnaq 
topish davrida (taxminan 1250 yillar) Foma Akvinskiy mo‘tadil realizm g‘oyasini 


ilgari surdi. Universaliyalar Xudoning fikrlashida, yakka narsalarda va inson 
tafakkuridagi abstraksiya tarzida mavjud bo‘ladi. Ammo tugab borayotgan o‘rta 
asrlarda birinchi o‘ringa nominalistlar, masalan, Okkam va keyinroq Lyuter 
ko‘tarildi. 
F. Akvinskiy hayoti: Foma Neapol shahri yaqinidagi Akvino qishlog‘ida 
dunyoga keldi. U Monte Kassino benediktchilar monastirida tarbiyalandi, Neapol 
universitetida tahsil oldi. Ota-onasining istagi qarshi o‘laroq, u yaqinda tashkil 
qilingan dominikanlik ordenining monaxi bo‘ldi. 
Uning otasi graf Landolf Akvinskiy qirol Fridrix 2 saroyida ritsar bo‘lgan. 
Foma Neapol dorilfununining tayyorlov qulliyotida falsafa va mantiq ilmini 
o‘rgandi. U 17 yoshida Parijga jo‘nadi va uch yil davomida o‘z davrining 
nihoyatda mashhur olimi Buyuk Albert fon Bolshtedt qo‘lida tahsil oldi. 
Foma 1249 – 1251 yillarda ustozi Buyuk Albertga ergashib, Kyoln shahriga 
boradi va u yerda talabalarga ilohiyotdan saboq beradi. 1252 yilda esa Parijga 
qaytadi va Parij dorilfununida yirik ilohiyotchi olim sifatida ish boshlaydi. Oradan 
ko‘p o‘tmay shogird ustozidan o‘zib ketadi. Foma Buyuk Albertni yo‘lda qoldirib, 
o‘z ilmi bilan hammani hayratga soldi. Dunyoning turli burchaklaridan ko‘plab 
nasroniy o‘spirinlar uning huzuriga oqib kela boshlashadi. 
O‘ta muloyimligi va yuvoshligi uchun Fomaga “farishta doktor” deb nom 
berishgan. 
Foma 1272 yili Italiyaga jo‘naydi va qadrdon Neapol dorilfununida
ilohiyotdan dars bera boshlaydi. Shunisi hayratlanarliki bu ilohiyotchi olimning
ilmiy asarlari lug‘ati qariyb 13000000 atamadan iborat. Bu raqamning salmog‘ini 
anglab yetishingiz uchun mana bu dallilarga diqqat qiling: 
- rus tili ilmgohining ma’lumotlariga qaraganda, rus tilida jami 440000 ta so‘z 
mavjud: 
- sermahsul ijodkor A.S.Pushkinning asarlarida jami 60000 ta so‘z ishlatilgan. 
20 yoshida Foma Parij universitetiga tahsil olish uchun yo‘l oldi va ma’lum 
vaqt Kyolnda bo‘lgach, bu yerga yana tahsilni davom ettirish uchun qaytib keldi. 


 1245-1248 yillarda u xristianlik bilan aristotelizmni birlashtirish ustida ish 
olib borgan Albert Buyukning qo‘lida tahsil oldi. 
Foma bir umr ishlab va o‘qib o‘rganish uchun sayohat qilib yashadi. U 
salkam 50 yilgina umr ko‘rganiga qaramay juda ko‘p asarlar yaratdi. U 1323 yilda 
o‘limidan so‘ng 49 yil o‘tib cherkov tomonidan ilohiylashtirildi. 1879 yilda uning 
ta’limoti Rim katolik cherkovining rasmiy falsafasi sifatida tan olindi. 
Fomaning eng mashhur asarlari bo‘lib, “Teologiya summasi” va “Katolik 
e’tiqodining majusiylikka qarshi haqiqatlari summasi” nomli teologiya bo‘yicha 
darsliklari hisoblanadi. Bu katta va tez yozilgan asarlarga qo‘shimcha ravishda u 
falsafiy va teologik mazmunda juda ko‘p asarlar yaratdi. Ular orasida “Bibliyaga 
sharhlar”, “Knyazlar hukmronligi haqida” va “Bahsli masalalar” asarlari ham 
bo‘lib, ular yovuzlik, haqiqat, ruh va boshqa shu kabi muammolarni ko‘taradi.
Fomaning quyidagi asarlari bizgacha yetib kelgan: 
“Tafakkurning yaxlitligi xususida ibn Rushdga qarshi mulohazalar”, 
“Olamning manguligi haqida vaysaqilarga qarshi mulohazalar”, “Mo‘jizalar 
xususida”, “Ollohning qudrati xususida”, “Farishtalar xususida”, “Iblislar 
xususida”, “Tabiatning sirli ishlari xususida”, Arastuning “Metafizika kitobiga 
sharh” va xokozo. 
Foma 1274 yilning bahorida vafot etdi.
Anzelm 
Kenterbenskiy 
(1033-1109y) 
va 
Shampolik 
Vilgelm
(1121-1170 y)lar ham realizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari edi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling