2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
Nazorat savollari:
1. Mutafakkirlarning iroda haqidagi fikrlarini bildiring? 2. Realistlar kimlar to’liq ma’lumot bering? 3. Nominalistlar haqida fikringiz? ASOSIY ADABIYOTLAR: 1. Батыршина, А.Р. История психологии: Учебное пособие / А.Р. Батыршина. - М.: Флинта, 2011. - 224 c. 2. Бреслав, Г.М. История научной психологии: Уч. / Г.М. Бреслав. - М.: Инфра-М, 2019. - 432 c. 3. Веракса, Н.Е. История возрастной психологии: Детская психология / Н.Е. Веракса. - М.: Academia, 2017. - 288 c. 4. Ильин, Г.Л. История психологии: Учебник для академического бакалавриата / Г.Л. Ильин. - Люберцы: Юрайт, 2016. - 389 c. 5. Константинов, В. История психологии. Стандарт третьего поколения / В. Константинов. - СПб.: Питер, 2019. - 432 c. 6.N. S. Jo’rayev, D.A. Saliyeva, N. A. Sultonova Psixologiya tarixi 2-MAVZU (davomi): O’RTA ASRLARDA PSIXOLOGIYA MUAMMOLARI. REJA: 1.Markaziy osiyoda psixologik ta’limotlarning rivojlanishi 2. Abu Nasr Forobiy va Al Xorazmiyning psixologik qarashlari. 3. Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniyning falsafiy qarashlari 4. Rudakiy va Abu Hamid Muhammad al G‘azzoliy, Abulqosim Firdavsiylarning qarashlari Tayanch so‘z va iboralar: “Jon haqida”, “Shayx ar-rais”, ya’ni “Donishmandlar yetakchisi”, ruh, aql, o‘zini tuta bilish, xotira, tasavvur, diqqat, idrok va qobiliyat Markaziy osiyoda psixologik ta’limotlarning rivojlanishi. VII asrning oxirlarida Movarounnahr xalqlari asta-sekin arab xalifaligi qaramog‘iga o‘ta boshlaydi. Islomning har jihatdan mustahkam joriy etilishi esa asosan IX asrning I choragida boshlangan. Shuning uchun ham Movarounnahr allomalari arab musulmon madaniyati bilan faqat IX asrning boshidan tanisha boshlaganlar. Chunonchi, Muhammad al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg‘oniy Bag‘dod akademiyasi “Dorul hikma”ga IX asrning 16-20 yillarida kelganlar. Shu vaqtdan boshlab O‘rta Osiyo fani, falsafasi, adabiyoti va madaniyati tarkibida mustahkam bosqich sifatida, ya’ni o‘rta Osiyo mahalliy madaniyatining yangi bosqichi sifatida shakllana boshlagan edi. Demak, arab madaniyati va islomning O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatiga, ruhiyatiga ta’siri haqida ham xuddi mana shu vaqtdan boshlab gapirish mumkin. Islomning O‘rta Osiyo xalqlari ruhiyatidagi ilmi, tafakkuri, dunyoqarashlari roli haqida qisqacha to‘xtalamiz. Bu muammoni bir qancha xarakterli yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘yish mumkin. Bular: Movarounnahr xalqlarining islomga qadar bo‘lgan madaniyati va unga islomning munosabati, bu xalqlar madaniyatiga islomning kirishi, keyin shakllangan islom ruhiyati, madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari, maorif, ta’lim- tarbiya, dunyoviy fanlar, ilohiyot, falsafa, adabiyot, axloqiy-huquqiy hayot va uning islom qoidalari asosida boshqarish, me’morchilik va boshqalardan iborat. Ularning hammasida islom ijobiy rol o‘ynaydi. Busiz u jamiyatda o‘z o‘rnini va ko‘p asrlar davomida kishilarning turmushi, ruhiyati va ongiga ta’sirini saqlab qola olmagan bo‘lar edi. Islomning tarqalishi xalqlarning islomga qadar bo‘lgan madaniyati, diniy mafkurasi, otashparastlik, buddiylik, mazdakiylik, moniylik bilan bog‘liq bo‘lgan dunyoqarashlari yo‘q qilingan edi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling