2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uilyam Okkam hayoti
Nominalistlar umumiy tushunchalarni faqat predmetlarning nomlaridir, deb
hisoblaydilar. Realistlarga qarama-qarshi o‘laroq, nominalistlar faqat individual sifatlarga ega bo‘lgan alohida-alohida narsalargina real mavjuddir, deb da’vo qildilar. Nominalistlarning ta’limotlarida ba’zi bir o‘rta asr mutafakkirlarining materialistik tendensiyalarida ham ifodalangan. Nominalizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari I.Rosselin (1050-1125 y), Duns Skott (1265-1308 y), Uilyam Okkam (1281-1349 y)lar edilar. Uilyam Okkam hayoti: Ingliz faylasufi Uilyam Okkam Londonning janubiy g‘arbida joylashgan Okkam shaharchasida tug‘ilib o‘sdi. U Oksford dorilfununining ilohiyotchi olimi Duns Skott (1266 - 1308) qo‘lida ta’lim oldi. Uilyam 1324 yilga qadar Oksford dorilfununida tahsil oldi va o‘qituvchilik qildi. Bu ilm dargohida tez-tez ilmiy munozaralar, mubohasa, himoyalar o‘tkazilib turilardi. Ilmiy bahslarda odatda talabalar o‘zlarining muayyan fikrlarini o‘rtaga tashlashar, boshqa qatnashchilar esa unga e’tiroz bildirishardi. Talaba o‘z fikrini qa’tiy himoya qilib, ularga munosib javob berishi munozara ishtirokchilarining asosiy sharti hisoblanardi. Bunday bahslar odatda keskin, hayajonli bir vaziyatda o‘tar va ko‘pincha mushtlashuv bilan tugardi. Uilyam ilohiyot magistri darajasiga erishgan olim. U fan tarixida yangi uslubiy qoidalar muallifi sifatida nom qoldirdi. Faylasufning bu qoidalari keyinchalik “Okkam ustarasi” deb nom olgan. Okkamning mashhur “ustarasi” o‘simlikning ortiqcha novdalarini kesib tashlovchi tokqaychi kabi bilish, anglash daraxtidagi tekinxo‘r atamalarni yo‘qotishga xizmat qilgan. Okkam ilmiy bilish uslubida oddiylik, soddalik tamoyillariga rioya etishni afzal hisoblagan. Okkam 1323 yilda Oksford dorilfununi kansleri bilan janjalashib qoladi. Kansler faylasufga qator ayblar taqab, papa Ioann XXII ga xabarnoma yo‘llaydi. 1324 yilda Okkam papa Ioann XXII ning Avinondagi qarorgohiga jo‘natiladi. U Avinon ibodatxonasining turmasida to‘rt yil sud hukmini kutib yotadi va 1328 yilning may oyida olmon imperatori Lyudvig IX Bavarskiy huzuriga qochib boradi. Faylasuf umrining oxirigacha Olmoniyada yashaydi. 1349 yili Uilyam Okkam Myunxen shahrida vabo bilan og‘rib, vafot etadi. Bizning bilimimiz sezgilar tufayli hosil bo‘ladi – deydi Okkam. Ayrim psixik jarayonlarni tushuntirishda ham ba’zi bir psixologlarda materialistik element va tendensiyalar namoyon bo‘ldi. Masalan, O‘rta Osiyolik shifokor va faylasuf Abu Ali ibn Sino (980-1037 y) va arab mutaffakiri ibn Rashid (1125-1198 y)lar Aristotelga ergashib, “sezuvchi ruhning harakatlanuvchi va jozibador kuchlarini” o‘rganish uchun harakat qildilar. Ular sezgilarni keltirib chiqargan qo‘zg‘ovchilardan farq qilish zarurligi haqidagi masalani qo‘yadilar, ong faoliyati bilan fiziologik jarayonlar o‘rtasida yaqin aloqa va bog‘lanishlar o‘rnatishga intiladilar. Qadimgi Rossiyada kitob madaniyati boshlanishi bilan (X-XI asrlarda) psixologiya sohasida G‘arb va Sharq mutafakkirlarida qanday tarkib topgan bo‘lsa, xuddi o‘sha holda fikr va bilimlar tarqala boshlaydi. Bu bilimlarning eng muhim manbai Vizantiya mutafakkirlari Ioann Damaskning (673-777 y) grek tilidan slavyan tiliga tarjima qilingan “Dialektika” va “Haqiqiy iymon haqida” degan asarlari edi. I.Damaskin ta’limotiga ko‘ra, ruh alohida ilohiy substansiyadir. U so‘z, aql-idrok hamda erkin irodaga ega bo‘lgan g‘ayri jismoniy, oddiy, tirik va abadiy mohiyatdir. Ayni vaqtda ruh inson tanasi bilan birikib bitta mavjudotni tashkil qiladi. Uni insonning o‘sish va ko‘payish kabi funksiyalaridan ajratish mumkin emas. Ruh tana organlaridan o‘z qurollari sifatida foydalanadi va xulq hamda xatti- harakatlarida namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda Damaskin ruh tanaga bog‘liq: masalan, u biologik o‘sishga va boshqa tashqi sabablarga qarab o‘zgaradi deb ta’kidlaydi. Biroq Damaskin ruh va tananing birligini yashirin, qanday birlashganligi sirli bir hodisa va insonning aqli buni bilishda ojizlik qiladi, deb hisoblaydi. Bu fikrlarda Aristotelning ta’siri va hissasi ko‘rinib turibdi. Ratsionalistik psixologiya fan taraqqiyotidagi bosqichlardan biridir. Hozirgi vaqtda bu psixologiyani bilish tarixiy jihatdan qiziqarli, xolos. Bu psixologiya qandaydir ilmiy yoki amaliy ahamiyatga ega emas. Shu psixologiya negizida ishlab chiqilgan terminologiyanigina undan qolgan meros deb hisoblash mumkin. O‘rta asrlarda psixologiya falsafaning bir qismi edi. Falsafaning esa mustaqil ahamiyati yo‘q edi: u yoteologiyaning–dinning xizmatkori deb hisoblardi. Psixologik ta’limotlar ham shulardan kelib chiqqan edi, chunki faqat mulohaza qilish yo‘li bilan dinning ba’zi qonun-qoidalarini– ruhning abadiyligi, odamning kelib chiqishi, narigi dunyodagi hayot va hakozolarni asoslash mumkin edi. Binobarin, ilmiy metodlarning kelib chiqishi mukammalashuvi tufayli sxolastik falsafa bilan birga ratsionalistik psixologiya ham o‘z o‘rni va ahamiyatini yo‘qotgan. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling