2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
Demokrit (er.av.460–370 yillar)
ning ta’limotida “olovli atom”larga aylandi. Demokrit va uning ustozi Levkipp (er.av.500—440) atomik materializm nazariyasini ilgari surdilar. Unga ko‘ra, barcha narsalar 2 ta asosdan - bo‘linmas xarakatchan, sharsimon yengil atomlardan va bo‘shliqlardan paydo bo‘ladi. Bu atomning eng harakatchanlari, ya’ni olov atomlari ruhni hosil qiladi. Bitta ilmiy isbotu dalilni qo‘lga kiritish men uchun fors saltanatiga hokimlik qilishdan a’loroqdir,- degandi Demokrit. Yana bir grek mutafakkiri Anaksagor (er.av.500-428) ning barcha narsalar gameomeriy nomli mayda moddalardan tashkil topganligi va ularning aql bilan va ya’ni ruh bilan boshqarilishi to‘g‘risidagi fikr ham Demokritning atomik qarashlariga o‘xshaydi. Sochilib ketishidan iborat fizik qonuni tana uchun ham, taalluqli deb hisoblab, Demokrit ruhni abadiyligini inkor etadi. Demokrit ruhning tana harakatining sababi deb biladi. Uning yozishicha ruh og‘ir tanaga kirib harakatga keltiradi. Tana o‘lgandan keyin esa u fazoda tarqalib ketadi. Biz nafas olganimizda ruhni tashkil etuvchi atomlarni yutib nafas chiqarganda ruhimizni bir qismini tashqariga chiqarib yuboramiz. Shu tariqa ruhimiz doimo yengillashib turadi, deb hisoblaydi Demokrit. Uning fikricha, hamma narsaning hatto o‘likning ham ruhi bor, faqat juda kam. Demokritning bunday fikri panpsixizmga yaqinlashib qoldi. Tanadan tashqari ruh bo‘lishi mumkin emas, degan umumiy hukm chiqardi. U nafaqat tana va ruh birligi balki ruhning o‘zi tana ekanligini ta’kidlaydi. “Agar ruh tanani harakatlantirsa, demak, uning o‘zi tana qismi” deb yozadi Demokrit. Epikur, Lukresiy, va boshqalar Demokritning ruh xaqidagi tasavvurlarini rivojlanishini davom ettirdilar. Lekin Epikur ta’limotiga ko‘ra, ruh atomlardan emas, o‘zgarmas 4 elementlardan: olov - issiqlik asosi, bug‘ – harakat asosi, shamol – sovish asosi, nomsiz 4-element - ruhning ruhidan iborat. Epikurning nomsiz elementini Lukresiy “A”, deb atadi. Shuningdek, Epikurning fikricha, faqat sezish xususiyatiga ega narsalardagina ruh bo‘ladi. “Anaksagor olov va quyosh ayni bir narsadir, deb hisoblaganda qattiq yanglishgandi, - deydi Suqrot – chunki odamlar olovga bemalol qaray olishlarini, Quyoshga esa hech qachon tik boqolmasliklarini nazardan qochirgan. Shuningdek, Anaksagor inson terisi quyosh nuri ta’sirida qorayishini, olov esa bunday qudratga ega emasligini, o‘simliklar Quyosh haroratisiz yashay olmasliklari, olov taftidan esa halok bo‘lishlarini unutgan. Anaksagor quyoshni olovda toblangan tosh, deb ta’riflagan. Ammo tosh qancha qizdirilmasin, hech qachon Quyosh kabi yog‘du tarata olmasligi kundek ravshandir. Quyosh esa doimo eng porloq yoritgich bo‘lib, qolajak”. Suqrot g‘oyalari: “Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga o‘xshatish yo‘lida o‘lib tiriladilar-u, ammo o‘zlarning toshga o‘xshab qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar”. “Men bu odamdan donoroqman. Sababi, har ikkimiz ham ba’zi bir joiz va zarur narsalarni bilmasakda, u manmanlik qiladi, men esa manmanlikdan o‘zimni tiyaman”. “O‘zini anglagan inson o‘zi uchun nima foydaliligi va nimalarga qodir ekanligini yaxshi tushunadi. U qo‘lidan keladigan ish bilan shug‘ullanish asnosida o‘z ehtiyojini qondiradi va saodatga erishadi. Har qanday xato va baxtsizliklardan xoli bo‘ladi. Buning natijasi o‘laroq, u o‘zga odamlarni qadrlay oladi va ulardan ezgulik yo‘lida foydalana biladi. Oqibatda o‘zini kulfatlardan asraydi”. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling