2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
Fales hayoti: Bizning eng qadimgi grek faylasuflari va ularning ta’limotlari
to‘g‘risidagi bilimimiz g‘oyat kam. Bizda ular haqidagi ishonchli axborotlar ko‘p emas, ularning o‘z asarlari bizga ko‘proq parchalar holida yetib kelgan. Shuning uchun, ular to‘g‘risida aytiladigan ma’lumotlar taxminlar va ularning ta’limotlari haqida boshqa faylasuflar hikoya qilib ketgan xotiralarga asoslanadi. Fales miloddan avvalgi 624 yil bilan 546 yil oralig‘ida yashab o‘tgan, deb hisoblanadi. Bunday taxmin qisman Falesning miloddan ilgarigi 585 yildagi quyosh tutilishini oldindan aytib berganligi haqida yozgan Gerodot (miloddan avvalgi 484-430/420 yillar atrofida yashagan) fikriga asoslanadi. Boshqa manbalar Falesning Misr bo‘ylab sayohati to‘g‘risida ma’lumot beradi, bunday sayohat o‘sha paytdagi greklar uchun ayniqsa noodatiy hol bo‘lgan. Yana shunday ma’lumotlar borki, Fales ehromlarning balandligini hisoblash masalasini uning o‘z soyasi o‘zining bo‘yi o‘lchamiga tenglashgan paytda ehromdan tushgan soyaning uzunligini o‘lchash yo‘li bilan hal qilgan. Miletlik Fales o‘z zamonasidagi yetti donishmandning biri bo‘lgan. Aytishlaricha, Fales shu yetti donishmandning ichida yetakchilik qilgan. U birinchilardan bo‘lib tabiat haqida fikr yuritgan. Quyosh tutilishi uning oy bilan to‘silishi tufayli yuz berishini birinchi bo‘lib Fales anglagan, diametr aylanani teng ikkiga bo‘lishini isbotlab bergan. Fales falakiyotshunoslik bilan ham shug‘ullanib, quyosh tutilishini oldindan aytib bergan. Fales Misr ehromlarining balandligini ularning soyasiga qarab o‘lchagan. U yolg‘izlikda hayot kechirib, davlat ishlariga aralashmagan. Falesning quyosh tutilishini oldindan aytib berganligi haqidagi hikoya uning ehtimol, Bobildan o‘tib kelgan astronomiyaga oid bilimlarni bilganligini ko‘rsatadi. U shuningdek, matematikaning greklar tomonidan rivojlantirilgan sohasi geometriyaga doir bilimlarni ham egallagan. (Arifmetika va nol bizga arablardan yetib kelgan. Bizning raqamlarimiz greklar yoki rimliklarniki emas, balki arablarnikidir). Matematik fikrlarning universalligi greklarda nazariya va nazariy tekshirish haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam bergan. Darhaqiqat, matematik fikrlar alohida xususiy voqea-hodisalar haqidagi fikrlarga nisbatan boshqacha ma’noda haqiqiy bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun matematikaga doir universal fikrlar nomatematik fikrlarga nisbatan qo‘llaniladiganidan boshqacha usulda tanqid qilinishi kerak. Bularning hammasi dallillash uslublari va idrok etiladigan haqiqatga asoslanmaydigan fikrlarning rivojlanishini zarur qilib qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, Fales Miletning siyosiy hayotida ishtirok etgan. U navigatsiya uskunalarini yaxshilash uchun o‘zining matematik bilimlarini qo‘llagan. U birinchi bo‘lib, quyosh soati bo‘yicha vaqtni aniq belgilab bergan edi. Va nihoyat, Fales qurg‘oqchilik tufayli hosil bo‘lmaydigan yilni oldindan aytib berib, uning arafasida zaytun moyini shaylab qo‘yish va keyinchalik uni foydasiga sotish yo‘li bilan boyib ketgan. Uning asarlari haqida ko‘p ma’lumot berish qiyin, chunki bunday asarlar bizga faqat boshqa kishilarning takroriy bayonlari orqali kelgan. Shuning uchun biz ularni bayon qilishda boshqa mualliflarning bu asarlar to‘g‘risida bildirgan ma’lumotlariga tayanib ish ko‘rishga majburmiz. Arastu Metafizika asarida Fales jami mavjudot, ya’ni mavjud bo‘ladigan narsalar kelib chiqadigan va yana qaytib borib joylashadigan ibtido haqidagi masalalarni qo‘yadigan falsafa turini asoschisi bo‘lgan, deydi. Arastu yana shuningdek, Fales bunday ibtido suvdan (yoki suyuqlikdan) iboratdir deb faraz qilgan deydi. Biroq, agar hatto Fales haqiqatan ham shunday deb ta’kidlagan bo‘lsada uning bunda nimani nazarda tutganligi aniq ma’lum emas. Bunday izohni hisobga olgan holda biz “Fales falsafasi”ni rekonstruktiv tarzda talqin etishga harakat qilamiz. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling