2-mavzu: antik davr psixologiyasi reja: 1
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klavdiy Galen
Gippokrat (er. av. 460-
377 yillar) Likseon kabi tafakkur va sezgi organi miya ekanini ta’kidlaydi. Uning yozishicha, mana shu qism bilan biz fikrlaymiz, yaxshi va yomonni ajratamiz, tanamizning mana shu qismi bilan ko‘ramiz. Miya sog‘ holatda bo‘lgandagina biz sog‘lom fikrlaymiz”. Gippokratning ishlari orasida eng katta shuhrat keltirgani temperament haqidagi ta’limotdir. Unga ko‘ra, inson temperamentini organizmdagi 4 xil suyuqlik: miyadagi shilimshiq modda, yurakdagi jigardagi safro, qora taloqdagi qora safroning nisbatini belgilab beradi. Qonning ustunligi – sangvinik temperamentiga, shilimshiq modda ustunligi-flegmatik temperamentiga, safro ustunligi-xolerik temperamentiga, qora safro ustunligi melanxolik temperamentiga to‘g‘ri keladi. I.P.Pavlovning fikricha, Gippokrat son-sanoqsiz variantlar ichida inson xulqini tushuntiruvchi nazariyaga asos solgan. Aleksandriyada ma’lum vaqtgacha o‘liklarni yorib o‘rganishga ruxsat berilishi Aleksandriyadagi ikkita yirik tabib olim Gerofil va Erazistrantning yangi kashfiyotlariga sabab bo‘ldi. Ptolemeyning shaxsiy tabibi Gerofil birinchi bo‘lib, nervlar, paylar va bog‘lamlar o‘rtasidagi farqni aniqladi, ko‘zning tuzilishini batafsil ta’riflab berdi. Erazistrat bosh miyaning tuzilishini ta’riflab, katta yarim sharlardagi egri va bugriliklarning ko‘pligidan odam aqliy jihatdan hayvonlardan ustun turadi degan fikrga keldi. Bu barcha anatomo-fiziologik ma’lumotlarni rimlik tabib Klavdiy Galen (er .av. II asr) umumlashtirdi va yangilari bilan boyitdi. Uning asarlaridan XVII asrgacha keng foydalanildi. Har xil muskullarga boruvchi nervlarni kesish bilan K.Galen xulosaga keldiki, tananing nervsiz birorta qismi yo‘q, birorta harakat, birorta hissiyot ularning ishtirokisiz kechmaydi. Eksperimentlar orqali K.Galen orqa miyaning funksiyalarini ham aniqladi. Agar orqa miyani ko‘ndalang kessa, kesilgan joydan pastda joylashgan barcha tana qismlari harakatchanligi va sezuvchanligini yo‘qotadi, degan xulosani olim asoslab berdi. K.Galen Gippokratning temperament ta’limotini yanada rivojlantirdi. U barcha narsalarning 4 xil holati – iliq, sovuq, quruq, nam va 4 xil suyuqlik 13 ta temperamentni keltirib chiqaradi, degan fikrda edi. Shu temperamentlarning bittasi normada bo‘lib, 12 tasida normadan chetga chiqish mavjudligini K.Galen tushuntirmoqchi bo‘ldi. Antik mutafakkirlar tomonidan to‘plangan ruh haqidagi ta’limot keyinchalik fanning shakllanishi uchun zamin yaratdi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling