Ijtimoiy muhofaza mazmunini aniqlashga bunday yondashilganda quyidagi kafolatlar uning tarkibiy qismlariga aylanadi: - mehnatga layoqatlilar uchun ish (ishsizlikdan muhofaza qilish);
- mehnatga layoqatsiz bo`lib qolganlar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy zaif guruhlarini nafaqalar bilan ta`minlash;
- mehnat faoliyatidan olingan daromad yoki nafaqa asosida normal turmush darajasini ta`minlash (bunga asosiy moddiy boyliklar, avvalo, oziq-ovqat mahsuloti iste’moli ham kiritiladi);
- turarjoy, madaniy-maishiy xizmatlar, ta`lim va sog`liqni saqlash xizmatlarini minimal teng me’yorda ta`minlash;
- zamonaviy malakali ishchi kuchini shakllantirish uchun zarur bo`ladigan ma`lumotni olish.
12.3. Ijtimoiy muhofaza shakllari va mexanizmlarini amalga oshirishda davlatning roli Ijtimoiy muhofazalashning ikki ko`rinishi quyidagi shakllarda qo`llaniladi: davlatning ijtimoiy (bepul) yordami va ijtimoiy sug`urtalash (ijtimoiy muhofazaning pulli shakli). Bunda sug`urtalashning quyidagi turlari mavjud: - - shaxsiy (hayotni, pensiya ta`minotini) sug`urtalash, bunda nogiron shaxsan javobgar bo`ladi;
- - ijtimoiy sug`urtalash, u ommaviy-huquqiy maqomga ega bo`ladi, bu esa iqtisodiy nuqtai nazardan shaxsiy, shuningdek jamoa-guruh va ijtimoiy javobgarlikni qo`shib olib borishni bildiradi;
- - ijtimoiy-kasbiy sug`urtalash, uning xususiyati jamoa-guruh (kasbiy) hamjihatlik va shaxsiy javobgarlikni qo`shib olib borishdan iborat.
Shvesiyalik olim Esping-Andersen 1991 yilda ijtimoiy muhofaza tizimlarini davlat qurilishining «mafkurasi» turi bilan bog`lagan holda guruhlashni taklif qildi: Liberal tur. Ijtimoiy yordam berish mezoni - muhtojlikni tekshirish, davlatning ijtimoiy-ijtimoiy yordamini erkin bozordan ajratish, «manzilli» yordamga intilishi bilan ajralib turadi. Asosiy maqsadi- kambag`allikni yo`qotish. Mamlakatlar - Buyuk Britaniya va Yaponiya; Konservativ tur Mezoni – belgilangan vazifalarning bajarilishini tekshirish, ijtimoiy sug`urtalashning klassik bismarkcha tizimlarini qo`llash va avvalgi xizmatlari uchun yordamning kompensatsiya sifatida bo`lishiga intilishi bilan ajralib turadi. Maqsadi – ishga layoqatli davrda erishilgan turmush darajasini saqlab qolish. Mamlakatlar – Germaniyaga qarab ish tutadigan g`arbiy YEvropa mamlakatlarining aksariyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |