12-Mavzu: O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishda Harakatlar strategiyasining tutgan o’rni. Reja


Download 187.5 Kb.
bet1/5
Sana16.04.2023
Hajmi187.5 Kb.
#1358691
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-МАВЗУ.МАЪРУЗА


12-Mavzu: O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishda Harakatlar strategiyasining tutgan o’rni.


Reja:

1.O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning strategik maqsadlari va taraqqiyotining yangi bosqichi.


2.Agrar sektorni modernizatsiyalash va intensiv rivojlantirish va qishloq xo‘jaligida eksportbop mahsulotlar etishtirish tizimining yo‘lga qo‘yilishi.
3.Arzon uy joylar barpo etishning maqsadli dasturlarini amalga oshirishning muhim jihatlari va yoshlarga oid siyosatni ro‘yobga chiqarishning davlat dasturi.


Tayanch iboralar:
Agrar sektor, Arzon uy joylar, yoshlarga oid davlat siyosatni, pul-kredit siyosati, tadbirkorlik sub’ektlari, Savdo-sanoat palatasi, xususiylashtirilgan korxonalar, xorijiy investitsiya, raqamli iqtisodiyot.


1.O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning strategik maqsadlari va taraqqiyotining yangi bosqichi.
2017 yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy sur’ati tubdan o‘zgardi.Harakatlar strategiyasiga muvofiq, iqtisodiy rivojlanish, avvalo, aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichga o‘tdi. Amalga oshirilgan barcha islohotlar “Inson manfaatlari va farovonligi hamma narsadan ustun” degan tamoyilga asoslandi.Bu borada, eng avvalo, mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, qat’iy pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash, soliq-byudjet islohotlarini olib borishga asosiy e’tibor qaratildi.
Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi va 2017 yil 5 sentyabrdan milliy valyutamiz – so‘mning erkin ayirboshlanishi ta’minlandi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘z valyuta resurslarini erkin tasarruf etishlari yo‘lidagi barcha sun’iy to‘siqlar bartaraf etildi va ular tomonidan valyuta tushumlarini sotish majburiyatlari bekor qilindi.Yuridik shaxslar uchun mahsulotlarni import qilishda chet el valyutasini erkin xarid qilish va chet el investorlarining foydani erkin olib chiqish imkoniyati yaratildi. Fuqarolarga chet elda ta’lim olish yoki davolanish, turizm, biznes va boshqa maqsadlar uchun valyuta mablag‘larini hech qanday to‘siqlarsiz qonuniy sotib olishi va sotish imkoniyati yaratildi.Mazkur islohotlar dunyoning etakchi moliya institutlari, shu jumladan, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va Osiyo tarraqiyot banki tomonidan e’tirof etildi. Inflyasiya darajasi hamda ichki bozorda iste’mol tovarlar narxlarining barqarorligini nazorat qilish kuchaytirildi. Ushbu maqsadda, resurs bazasi 100 million dollarga teng ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirish jamg‘armasi tashkil etildi.Hayot uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlarni sotib olish uchun qo‘shimcha 70 million dollar ajratildi. Tashqi savdoni liberallashtirish va samarador bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida bojxona to‘lovlari stavkalari ikki baravar pasaytirildi. Ichki bozor uchun zarur bo‘lgan 8 ming turdan ziyod import tovarlari uchun bojxona to‘lovlari keskin pasaytirildi, jumladan, import boji bo‘yicha 3 550 ta va aksiz solig‘i bo‘yicha 1 122 ta mahsulotlarga nisbatan nol darajali stavkalar belgilandi.Xalqaro andozalarga mos ravishda, hukumat, barcha vazirlik va idoralar hamda Markaziy bank tomonidan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, davlat byudjeti ijrosi, pul muomalasi va oltin-valyuta zaxiralari holati to‘g‘risidagi barcha statistik va tahliliy ma’lumotlarni doimiy ravishda ochiq chop etib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida hammaga yaxshi ma’lum bo‘lgan “Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi” tamoyiliga asoslanildi. Bunda: birinchidan, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirish bekor qilindi. Tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish ko‘rinishida jazo qo‘llash taqiqlandi. O‘zbekistonning Jahon bankining “Doing Business 2018” ma’ruzasida biznes yuritish uchun eng qulay sharoit yaratgan “top 10” talik islohotchi mamlakatlar ro‘yxatiga kirishi ham olib borilgan islohotlarning natijasidir; ikkinchidan, tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibotlari tubdan qayta ko‘rib chiqilib, ular soni va ro‘yxatdan o‘tish uchun ketadigan vaqt esa qisqardi; uchinchidan, Savdo-sanoat palatasi faoliyati to‘liq qayta isloh qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti (ombudsman) ta’sis etildi.Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash Davlat jamg‘armasi tashkil etildi; to‘rtinchidan, joriy yilda tijorat banklari va ularning filiallari biznes bilan ishlash, har bir mahallada aholini, avvalo, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha o‘z yondashuvlarini tubdan o‘zgartirdi1.
Iqtisodiyotni isloh qilishning yana bir o‘ziga xos ustuvor yo‘nalishi, bu davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning o‘rni va ahamiyatini oshirishdir. Bunda, eng avvalo, xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat mulkini boshqarish uslublari tamoman o‘zgartirilib, quyidagi ijobiy natijalarga erishildi: birinchidan, korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi qo‘llab-quvvatlashning yangi amaliyoti joriy etildi, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda davlat tomonidan ko‘maklashish yo‘lga qo‘yildi.Tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyat yuritmayotgan va to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar maydonlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish imkoniyati berildi. Bu esa, yuqori qiymatdagi investitsiyalarni o‘zlashtirish va minglab ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatini berdi. Ushbu loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish maxsus jamg‘armasi tashkil etildi va ushbu jamg‘arma tomonidan tegishli kredit liniyalari ochildi2.
“Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida o‘z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9 trillion so‘m kreditlar ajratildi.Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar kamaytirildi.Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko‘paydi3.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o‘tgan yili soliq to‘lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‘m qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‘ qolishi, albatta, ularga o‘z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, biznesni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‘rinni egalladi va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy olindi.
ikkinchidan, tadbirkorlik sub’ektlariga investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlarini yaratish majburiyati bilan davlat mulkini “nol” xarid qiymatida berish amaliyoti sezilarli kengaytirildi. 2017 yilda tadbirkorlarga 509 ta ob’ekt “nol” xarid qiymatida investitsiyalar kiritish majburiyati bilan xususiy mulk sifatida berildi. Bu esa, minglab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatini bermoqda.
Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan – mana shu raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdiInvestitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga etdi.
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi.
Energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo‘l qurilishi, qishloq va suv xo‘jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta etakchi tarmog‘ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga ko‘paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga etdi4.
uchinchidan, faoliyat yuritmayotgan, bo‘shab yotgan va samarali foydalanilmayotgan yirik ob’ektlar va er uchastkalarida yil davomida 45 ta yangi kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ularning umumiy soni 75 taga etkazildi. Ularda yuqori talabga ega bo‘lgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi.Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat o‘zgartirildi, bunda ish o‘rinlarini tashkil etish va odamlar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish ustuvor maqsad etib belgilandi.
2017 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, alohida tuman va shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha qirqdan ortiq dasturlar qabul qilindi. Dasturlar ijrosini ta’minlash, shu jumladan, hududlar iqtisodiy o‘sishini tezlashtirish va doimiy ish o‘rinlarini yaratish maqsadida 2017‒2018 yillarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasida har bir tuman uchun istiqbolli yangi 2 077 ta yirik loyihalar tasdiqlandi. qoraqalpog‘iston respublikasi va xorazm viloyati hududlaridagi tumanlarda sanoat sohasida 1 619 ta yangi korxonalar tashkil etildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,2 marta ko‘pdir. yangidan tashkil etiladigan korxonalarga soliq to‘lovi bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha imtiyozlar, shu jumladan, mulk, er va obodonlashtirish soliqlari hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi yig‘imlaridan ozod etish kabi imtiyozlar qo‘llanilib kelinmoqda.47 ta uzoq va chekka tumanlarda yangi tashkil etilgan va mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 6 oy muddatga qat’iy belgilangan soliq to‘lovidan ozod etildi. Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga yondashuv tubdan o‘zgartirilib, aholining ehtiyojlari ko‘proq inobatga olinadigan bo‘ldi. Xususan, so‘nggi yillarda birinchi marta 2 700 km avtomobil yo‘llari va 5,1 ming km past kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish va kapital ta’mirlashga davlat mablag‘lari yo‘naltirildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlariga biriktirilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlariga bo‘linishini nazarda tutuvchi ish tashkil etishning yangi tizimi joriy etildi5.
Jamoatchilik oldida hisobot berish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish vazifalarini so‘zsiz amalga oshirish maqsadida joylarda ishlarni tashkil etishning “mahalla – tuman (shahar) – viloyat – respublika” tamoyili asosidagi yangi tizimi joriy etildi. Ijro etuvchi va vakillik hokimiyati markaziy organlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligining darajasi hududlarda echimini kutayotgan muammolarni hal qilish bo‘yicha uyg‘un faoliyatni ta’minlab berdi. SHuningdek, sektorlar tomonidan uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar asosida mahalladagi dolzarb muammolarni aniqlash – tuman (shahar)ni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarga takliflar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat hududlarining tashkil qilinishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish, yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil qilish, hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishning asosiy omili bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturlarni qabul qilish maqsadida 2017 yilning o‘tgan davri mobaynida respublikaning barcha mintaqalariga, ayrimlariga esa takror tashrif buyurdilar.Har bir tashrif natijasi bo‘yicha har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Milliy valyutaning tezkor o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalariga moliyaviy yordam berish bo‘yicha tegishli qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, neft va gaz, kimyo va energetika tarmoqlari korxonalarining yillar mobaynida to‘planib qolgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari kamaytirildi, neft mahsulotlari bo‘yicha hisoblangan aksiz solig‘i neftni qayta ishlash zavodlariga qoldirildi, O‘zbekiston tiklanish va tarraqiyot jamg‘armasi tomonidan imtiyozli kreditlar ajratish choralari ko‘rildi. Yangi tashkil etilgan sanoat korxonalarida etti mingdan ortiq ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirildi, yuzdan ortiq yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Natijada qayta ishlash sanoatining jami sanoatdagi ulushi 80 foizdan ortiqni tashkil etdi, mehnat unumdorligi qariyb 6 foizga oshdi. Mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan yirik investitsion loyihalarning amalga oshirilishi qariyb 67,4 trillion so‘mlik kapital qo‘yilmalarni o‘zlartirish imkonini berdi.
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish mamlakat eksport hajmini baoqarorligini oshirish va uning tarkibida ijobiy o‘zgarishlarga erishish muhim omilga aylanib, eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha dasturda “Sanoatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yangicha yondashuv” chora tadbirlari belgilab berilgan6.
Birinchidan, hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv o‘zgartirildi. Oliy darajadagi tashriflar chog‘ida, Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya, AQSH, Koreya, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama davlatlararo shartnomalar imzolandi. Evropa tiklanish va tarraqqiyot banki bilan to‘laqonli munosabatlar tiklandi, bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 190 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ajratildi. Turli yo‘nalishlarda 20 dan ortiq loyihalar ishlab chiqildi. Evropa investitsiya banki, Fransiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlik o‘rnatildi. O‘zbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli a’zosiga aylandi.
Ikkinchidan, tashqi savdo faoliyatidagi barcha sun’iy to‘siqlar olib tashlandi. Xususan, oldindan to‘lovlarsiz va kafolat majburiyatlarisiz eksport qilish tartibi joriy etildi. Ortiqcha va eskirgan ruxsat beruvchi talablar bekor qilindi.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish mexanizmlari soddalashtirildi.Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida eksport hajmi 11,3 milliard AQSH dollarini tashkil etdi va oldingi yil shu davr ko‘rsatkichiga nisbatan 126 foizga oshdi. Tashqi savdo saldosi 519,5 million dollarni tashkil etdi. MDH davlatlari ichida mahsulot eksport qilinadigan eng yirik davlatlar qatoriga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hamda uzoq xorijiy mamlakatlar – Xitoy, Turkiya, Afg‘oniston, Eron, Koreya Respublikasi va Fransiya davlatlarini kiritish mumkin. Barcha qayd etib o‘tilgan mamlakatlar bo‘yicha eksportning o‘sish dinamikasiga erishildi.
Mahsulot turlari bo‘yicha eksportning eng yuqori o‘sish sur’atlari mashina va asbob-uskuna, rangli metall, oziq-ovqat mahsulotlari hamda tekstil mahsulotlariga to‘g‘ri keldi. Bunda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti ham mablag‘ jihatidan (592,6 million dollar), ham miqdor jihatidan (831,7 ming tonna) o‘sishiga erishildi. Bugungi kunda eksport tarkibining qariyb 78 foizini qayta ishlash tarmog‘i mahsulotlari tashkil etmoqda. Jumladan, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportining ulushi 28,5 foizdan 34,5 foizgacha ortdi, elektr maishiy texnika 2,4 baravarga, avtomobil eksporti 3 baravarga, to‘qimachilik mahsulotlari 1,3 baravarga va charm-poyabzal mahsulotlari eksporti 14,2 foizga o‘sdi.



Download 187.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling