12-mavzu: Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 314.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana10.05.2023
Hajmi314.67 Kb.
#1449811
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
12-mavzu (2)

Bosh pudratchi tashkilot – bu buyurtmachi bilan qurilish, qurilish-montaj va 
boshqa ishlarni olib borish bo‘yicha asosiy shartnomani tuzgan hamda uning 
bajarilishini to‘liq o‘z zimmasiga olgan qurilish tashkiloti.
Subpudratchi tashkilot – bu bosh pudratchining buyurtmachiga bajarib 
berishi lozim bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarning bir qismini 
bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bajarib beruvchi tashkilot. 
Buyurtmachi – bu bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlar tomonidan 
shartnomalar asosida bajariladigan qurilish, qurilish-montaj, kengaytirish
rekonstruksiya, modernizatsiya, obodonlashtirish, ta’mirlash va boshqa ishlarning 
xaridori.
Pudrat shartnomasi - bu bosh pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida qurilish, 
qurilish-montaj, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya, obodonlashtirish, 
ta’mirlash va boshqa ishlarni bajarish shartlari, talablari, o‘zaro hisob-kitoblar va 
jihatlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi yuridik hujjat.
Injiniring kompaniyasi – davlatning xududiy boshqaruv organlari xuzurida 
davlat byudjetidan markazlashtirilgan tarzda moliyalashtiriladigan qurilish 
ob’ektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy qismlar, shifoxonalar va 
boshqalar) bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzishda «yagona buyurtmachi 
xizmati» funksiyasini bajaruvchi maxsus davlat tashkiloti. 
Tender (tanlov) – bu «yagona buyurtmachi xizmati» injiniring 
kompaniyalari 
orqali 
davlat 
byudjetidan 
markazlashtirilgan 
tarzda 
moliyalashtiriladigan qurilish ob’ektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy 
qismlar, shifoxonalar va boshqalar)ni qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya 
qilish, kengaytirish, ta’mirlash kabi ishlarni bajarish borasida pudrat tashkilotlarni 
aniqlash uchun o‘tkaziladigan tanlov savdolari. 
Oferta qurilish loyihasi - injiniring kompaniyalariga tanlov savdosida 
qatnashish bo‘yicha takliflarni o‘zida mujassamlashtiruvchi tanlov hujjati.  

Download 314.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling