12-mavzu: Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 314.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana10.05.2023
Hajmi314.67 Kb.
#1449811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu (2)

Modernizatsiya 
qilish 
deganda 
pudrat 
shartnomasiga 
ko‘ra 
buyurtmachilarning xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi 
ob’ektlarini, texnika va texnologik liniyalarini eng zamonaviy ilmiy va texnik 
yutuqlar asosida yangilash hamda almashtirish tushuniladi. Modernizatsiya 
qilishning asosiy maqsadi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
 ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish, uning texnik-iqtisodiy darajasini 
ilmiy-texnika progressi yutuqlari asosida yuksaltirish; 


 harakatdagi eski ishlab chiqarish ob’ektlarini yangilash va shu asosda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish; 
 ishlab chiqarish quvvatlari unumdorligini oshirish, texnik va texnologik 
liniyalarda ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini keskin oshirish; 
Modernizatsiya qilish ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi 
tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati 
to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat 
imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng modernizatsiya qilish ishlari pudratchi 
tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi 
Obodonlashtirish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga 
ularda foydalanishda bo‘lgan er maydonchalarining ko‘rinishini yaxshilash, er osti 
o‘tkazmalarini qurish, transport vositalarini to‘xtab turish joylarini tashkil qilish, er 
maydonchalarini temir panjaralar bilan o‘rash, yurish yo‘lkalarini qurish kabi 
ishlar tushuniladi. Obodonlashtirish ishlari boshqa ishlar singari loyihadagi barcha 
ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar 
(qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida 
topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng obodonlashtirish 
ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.

Download 314.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling