12-mavzu: Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Download 314.67 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kengaytirish
- Rekonstruksiya
Jihozlarni o‘rnatish ishlari deganda jihozlar, uskunalar va boshqa
konstruksiyalarni yig‘ish, o‘rnatish va foydalanishga tushirish bilan bog‘liq ishlar majmuasi tushuniladi. CHunonchi, bino va inshoatlarni qurishda bajariladigan jihozlarni o‘rnatish ishlari tarkibiga ko‘tarish-tushirish qurilmalari (lift, eskalator va boshqalar)ni, isitish, sovutish, yoritish, suv berish, havoni almashtirish, sanitariya-gigiena texnikasi qurilmalarini o‘rnatish, yig‘ish, o‘tkazish, izolatsiya qilish va shu kabi boshqa ishlar kiritiladi. Kengaytirish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning xarakatdagi bino va inshoatlariga qo‘shimcha ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi sexlarning maydonchalarini ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida kengaytirish bilan bog‘liq ishlar tushuniladi. Kengaytirish ishlariga shuningdek buyurtmachilar uzoq muddatli aktivlari tarkibiga kiritiladigan va alohida balansga ajratilmaydigan filiallari va ishlab chiqarish bo‘linmalarini qurish ham kiritiladi. Kengaytirish ishlari xuddi yangi qurilish singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng kengaytirishga doir ishlar pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi. Rekonstruksiya deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarini dastlabki xolatini kengaytirmasdan qayta o‘zgartirib chiqish tushuniladi. Rekonstruksiyadan asosiy maqsad bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy darajasini ilmiy-texnika progressi yutuqlari asosida ko‘tarish; harakatdagi ishlab chiqarish ob’ektlari quvvatini oshirish; ishchi xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning mehnat unumdorligini oshirish; texnik bo‘g‘inlardagi disproporsiyalarni yo‘qotish. Rekonstruksiya ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng rekonstruksiya ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi. Download 314.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling