12-mavzu: Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 314.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana10.05.2023
Hajmi314.67 Kb.
#1449811
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
12-mavzu (2)

 
MAVZUGA OID TAYANCH IBORALAR
 
Qurilish ishlari - bu yangi bino va inshoatlarni yaratilishi bilan bog‘liq 
jarayonlar majmuasi.
Jihozlarni o‘rnatish ishlari - bu jihozlar, uskunalar va boshqa 
konstruksiyalarni yig‘ish, o‘rnatish va foydalanishga tushirish bilan bog‘liq ishlar 
majmuasi. 
Kengaytirish - bu pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning 
xarakatdagi bino va inshoatlariga qo‘shimcha ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, 
asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi sexlarning maydonchalarini ishlab 
chiqarish quvvatini oshirish maqsadida kengaytirish bilan bog‘liq ishlar.
Rekonstruksiya – bu pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning 
xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarini dastlabki 
xolatini kengaytirmasdan qayta o‘zgartirib chiqish. 
Modernizatsiya – bu pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning 
xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarini yangilash
mashina va mexanizmlar hamda texnik vositalarning foydalanish muddatlari va 
mehnat unumdorligini oshirishga imkon beruvchi qismlarini almashtirish. 


Obodonlashtirish - bu pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga ularda
foydalanishda bo‘lgan er maydonchalarining ko‘rinishini yaxshilash, er osti 
o‘tkazmalarini qurish, transport vositalarini to‘xtab turish joylarini tashkil qilish, er 
maydonchalarini temir panjaralar bilan o‘rash, yurish yo‘lkalarini qurish kabi 
ishlar. 
Ta’mirlash – bu pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga asosiy
yordamchi va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ob’ektlarni texnik-ishlab 
chiqarish holatini ishchi holatda ushlab turish, ularning texnik-iqtisodiy darajasini 
saqlash maqsadlarida bajarilgan ishlar. 
Qurilish tashkiloti - bu o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida yurituvchi 
yuridik shaxs. 

Download 314.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling