12-mavzu: Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 314.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana10.05.2023
Hajmi314.67 Kb.
#1449811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu (2)



12-mavzu: Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish 
asoslari 
 
1. Qurilish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi sub’ekti sifatidagi tavsifi va 
ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari 
 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishida qurilish tarmog‘i muhim o‘rini 
tutadi. Aynan ushbu tarmoqqa kiruvchi qurilish tashkilotlari orqali iqtisodiyotning 
barcha sohasiga real investitsiyalar kiritiladi. Qurilish tarmog‘i mamlakatimiz 
iqtisodiyotining barcha sohasida yangi quvvatlarni qurish, ishga tushirish, mavjud 
quvvatlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, ta’mirlash va 
boshqa shu kabi ishlarni amalga oshirishning bosh ijrochisi hisoblanadi.
Mamlakatimizda qurilishga qilinayotgan investitsiyalar yildan yilga oshib 
bormoqda. CHunonchi, 2009 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 
umumiy hajmi 12531,9 mlrd.so‘mni yoki 2008 yilda qilingan investitsiya hajmiga 
nisbatan 124,8 foizni tashkil qildi. Kiritilgan investitsiyalarning 75,7 foizi ishlab 
chiqarish sohasiga, qolgan 24,3 foizi esa noishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri keldi
1
.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan xalq 
xo‘jaligi tarmoqlari klassifikatoriga muvofiq qurilish tashkilotlarining alohida 
turlariga quyidagi tarmoq kodlari ajratilgan: 
 60000 -Qurilish
 61000 -Pudrat va xo‘jalik usulida qurilish, montaj va boshqa
ishlarni olib boruvchi umumqurilish va ixtisoslashgan
tashkilotlar; 
 62000 -Ishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni kapital
ta’mirlashni bajaruvchi tashkilotlar; 
 63000 - Noishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni
ta’mirlash, aholi buyurtmasiga ko‘ra yashash joylarini
ta’mirlash va qurish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar; 
 65000 - Burg‘ulash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar; 
 66000 - Loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari; 
 69000 - Qurilish xo‘jalik boshqarmalari 
Qurilish tashkilotlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sifatida turli belgilari 
bo‘yicha tasniflash mumkin.
Mulkiy shakli va yuridik maqomiga ko‘ra qurilish tashkilotlari ochiq 
aksiyadorlik jamiyatlari (OAJ), mac’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), 
xususiy korxonalar (firmalar) va davlat unitar korxonalari bo‘lishi mumkin. Ushbu 
maqomdagi qurilish 
tashkilotlarini tuzish 
va 
ular 
faoliyatini 
yuritish 
respublikamizda bu turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar to‘g‘risidagi qonunlar va 
qonun osti hujjatlari, shuningdek ushbu tashkilotlarning ta’sis hujjatlari asosida 
amalga oshiriladi. 
Nomlanishiga ko‘ra ham qurilish tashkilotlari turlichadir. CHunonchi, 
ularning eng keng tarqalgan nomi bo‘lib harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan 
1
Статистическое обозрение Узбекистана за 2009 год.- Ташкент, 2010 . 


kolonna (XMK–PMK) hisoblanadi. Qurilish tashkilotlariga bundayin nomni 
berilishi negizida ularning qurilish, qurilish montaj va boshqa ishlarga doir o‘z 
faoliyatini bevosita buyurtma berilgan joylarda maxsus xarakatlanuvchi texnik 
vositalar, mashina va mexanizlar yordamida amalga oshirishlari yotadi. Bundan 
tashqari qurilish tarmog‘ida xususiy qurilish firmasi, sho‘‘ba qurilish korxonasi
qurilish kompaniyasi, qurilish tresti kabi nomlardagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 
ham mavjud. 
Faoliyat yuritish doirasiga ko‘ra qurilish tashkilotlari tarmoq va tarmoqlararo 
qurilish tashkilotlariga bo‘linadi. Tarmoq qurilish tashkilotlari xalq xo‘jaligining 
alohida olingan tarmoqlarida o‘z faoliyatini yuritadilar.
Ixtisoslashganligiga ko‘ra qurilish tashkilotlari maxsus va universal 
tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qurilish tashkilotlarining metro qurilishi, 
uy qurilishi, yo‘l qurilishi, ko‘prik qurilishi va boshqa shu kabi maxsus 
ixtisoslashgan turlari mavjud. Ayrim qurilish kompaniyalari (trestlari) ko‘p 
tarmoqli, ya’ni universal tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi. 
Xodimlarining soniga ko‘ra qurilish tashkilotlari mikrofirmalar, kichik 
korxonalar, o‘rta va yirik korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizning qonun 
hujjatlariga ko‘ra qurilish tarmog‘ida mikrofirmalar bo‘lib xodimlarining soni 20 
tagacha, kichik korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 50 tagacha bo‘lgan 
korxonalar hisoblanadi. 
Ta’sischilarining tarkibiga ko‘ra qurilish tashkilotlarini mahalliy va xorijiy 
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga bo‘lish mumkin. Xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi qurilish tashkilotlari ustav kapitalining miqdori eng kamida 150000 
AQSH dollari miqdorida bo‘lishi lozim. Ushbu ustav kapitali miqdori mahalliy va 
xorijiy ta’sischilar mablag‘laridan tashkil topadi. 
Qurilish ishlarini bajarishdagi o‘rniga ko‘ra qurilish tashkilotlari bosh 
pudratchi va subpudratchi tashkilotlarga bo‘linadi. 

Download 314.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling