12-mavzu: Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 314.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana10.05.2023
Hajmi314.67 Kb.
#1449811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu (2)

Ta’mirlash ishlari deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga 
asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ob’ektlarni texnik-ishlab 
chiqarish holatini ishchi holatda ushlab turish, ularning texnik-iqtisodiy darajasini 
saqlash maqsadlarida bajarilgan ishlar tushiniladi. Bu ishlar, odatda, 
buyurtmachilar bino va inshoatlarining miqdoriy hajmini kengaytirmaydi. Biroq, 
ta’mirlash ishlari buyurtmachilarda mehnat sharoitlarini, atrof muhit muhofazani
yaxshilashga imkon beradi. Ta’mirlash ishlari boshqa ishlar singari shartnoma 
nazarda tutilgan barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga 
«Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-
faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng 
ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi. 
SHunday qilib, qurilish tashkilotlari tomonidan xalq xo‘jaligining barcha 
tarmoqlari uchun bajariladigan qurilish ishlari tarkibi juda ham turli-tumandir. 
Ularning asosiylariga
2
quyidagilar kiradi: 
 qurilish titul ro‘yxatiga kiritilgan bino va inshootlarni qurishga doir barcha 
ishlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan temir-beton metalllar, yog‘och va boshqa qurilish 
konstruksiyalarini o‘rnatish va montaj ishlari, minorali va boshqa kranlar uchun 
kran osti yo‘llari qurish va buzish ishlari; 
 gaz, suv, elektr energiyasi, issiqlik, kanalizatsiya, havoni tozalash 
ta’minotiga doir ishlar; 
 neft va gaz quvurlarini yotqizish, elektr quvvati va aloqa liniyalari 
kabellarini yotqizish va o‘tkazish ishlari;
 ko‘prik, yo‘l, suv osti-texnik tonnellarini qurish va o‘tqazish ishlari; 
 sanitariya-gigiena texnikasi va jihozlarini o‘rnatish ishlari; 
2
Изоҳ: қурилиш ишларининг тўлиқ рўйхати қурилиш нормалари ва тартибига оид ҳужжатлар, 
шунингдек қурилишга оид махсус адабиётларда келтирилган.


 bino, inshoat va uskunalarga asos (fundament) va tayanch konstruksiyalarini 
o‘rnatish, qozon pech va boshqa agregatlar atrofiga qoplamalar yasash ishlari;
 qurish uchun er maydonlarini tayyorlash, tozalash, eski buta va daraxtlarni 
kesish va olib tashlash, kovlash, erni quritish va loyihada belgilangan ko‘rinishga 
etkazish ishlari; 
 shahar va qishloq joylari xududlarini ko‘kalamzorlashtirish hamda 
obodonlashtirishga doir qurilish ishlari; 
 suv chiqarish, ularni oqish quvurlarini o‘rnatish ishlari; 
 eroziya, sel ko‘chmalariga qarshi va boshqa tabiatni muhofaza qilish 
inshootlarini qurish, qirg‘oqlarni mustahkamlash va botqoqlarni quritish ishlari;
 qurilishiga aloqador parmalash, shurflash, suvni tortib olish va shu kabi 
boshqa geologik va gidrogeologik ishlar. 
Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatiga kiruvchi ushbu ishlar ularning 
xususiyatlariga ko‘ra litsenziyalashtiriladigan va litsenziyalash-tirilmaydigan 
turlarga bo‘linadi. Masalan, mudofaa ob’ektlarini, ko‘prik va tonnellarni, magistral 
gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini, balandliklarda 
joylashgan 
ob’ektlarni 
loyihalashtirish, 
qurish 
va 
ta’mirlash 
ishlari 
litsenziyalashtiriladigan faoliyat hisoblanadi. Bunday qurilish ishlari bilan 
shug‘ullanish uchun litsenziya faqat maxsus ixtisoslashgan qurilish tashkilotlariga 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladi. Maxsus 
loyihalashtirishni talab qilmaydigan va litsenziya olish lozim bo‘lmagan qurilish, 
qurilish-montaj, obodonlashtirish, kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya 
qilish, kapital va joriy ta’mirlash ishlari bilan barcha turdagi qurilish tashkilotlari 
shug‘ullanishlari mumkin. 
Qurilish tashkilotlari va buyurtmachilar o‘rtasida qurilish ishlariga doir 
pudrat shartnomalarini tuzishda hozirgi paytda tender (tanlov) usuli keng 
tarqalgan. 
CHunonchi, 
davlat 
byudjetidan 
markazlashtirilgan 
tarzda 
moliyalashtiriladigan qurilish ob’ektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy 
qismlar, shifoxonalar va boshqalar) bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzish maxsus 
«YAgona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari 
asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu tanlov savdolarida barcha mulkiy va 
tashkiliy-huquqiy turdagi qurilish tashkilotlari qatnashish huquqiga egadirlar. 
Buning uchun ular injiniring kompaniyalariga tanlov savdosida qatnashish 
bo‘yicha ofertalar (takliflar)ni kiritishlari hamda tegishli tanlov hujjatlarini taqdim 
etishlari lozim. Tanlov savdosida qatnashish uchun qurilish tashkilotlari «YAgona 
buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari tomonidan qo‘yilayotgan quyidagi 
talablarga mos kelishlari lozim: 
 ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari va 
mutaxassislarga ega bo‘lishlari; 
 tanlovga qo‘yilgan ob’ektga o‘xshash inshoatlarda ishlash tajribasi va 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari; 
 shartnoma tuzish yuzasidan fuqoralik-muomala, huquqiy layoqat va 
vakolatlarga, o‘zaro ishonchga ega bo‘lishlari; 


 tanlovga 
qo‘yilgan 
ob’ekt 
qurilishini 
olib 
borish 
uchun 
markazlashtiriladigan mablag‘lardan tashqari o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishlari; 
 byudjet oldida boqimanda qarzlarga ega bo‘lmasligi; 
 joriy majmuriyatlar bo‘yicha to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishligi va boshqalar. 
«YAgona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov 
savdolari asosida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalari 
qurilish ishlari rejalariga kiritilgan hamda ular uchun belgilangan tartibda 
tasdiqlangan titul ro‘yxatlariga muvofiq holda tuziladi. 
Bosh pudratchi qurilish ishlarining hajmi va xususiyatlariga ko‘ra injiniring 
kompaniyalari roziligi bilan alohida ishlarni amalga oshirishlari uchun o‘zlarining 
subpudratchilarini belgilashlari ham mumkin. Ushbu holda bosh pudratchi va 
subpudratchilar o‘rtasidagi munosabatlar tuzilgan subpudrat shartnomalari asosida 
belgilanadi. 
Quriladigan ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari (titul ro‘yxati, uskuna, 
material va buyumlarni etkazib berish jadvali, moliyalashtirish grafigi va 
boshqalar) tuzilgan pudrat shartnomasining tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi. 
Ushbu hujjatlarga amal qilish va ularda ko‘rsatilgan shartlarni bekamu-ko‘st 
bajarilishini ta’minlash buyurtmachilar hamda qurilish tashkilotlarining bevosita 
majburiyatlari hisoblanadi. 

Download 314.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling