12-mavzu: Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 314.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana10.05.2023
Hajmi314.67 Kb.
#1449811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu (2)

Jihozlarni o‘rnatish ishlari deganda jihozlar, uskunalar va boshqa 
konstruksiyalarni yig‘ish, o‘rnatish va foydalanishga tushirish bilan bog‘liq ishlar 
majmuasi tushuniladi. CHunonchi, bino va inshoatlarni qurishda bajariladigan 
jihozlarni o‘rnatish ishlari tarkibiga ko‘tarish-tushirish qurilmalari (lift, eskalator 
va boshqalar)ni, isitish, sovutish, yoritish, suv berish, havoni almashtirish
sanitariya-gigiena texnikasi qurilmalarini o‘rnatish, yig‘ish, o‘tkazish, izolatsiya 
qilish va shu kabi boshqa ishlar kiritiladi. 
Kengaytirish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning 
xarakatdagi bino va inshoatlariga qo‘shimcha ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, 
asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi sexlarning maydonchalarini ishlab 
chiqarish quvvatini oshirish maqsadida kengaytirish bilan bog‘liq ishlar 
tushuniladi. Kengaytirish ishlariga shuningdek buyurtmachilar uzoq muddatli 
aktivlari tarkibiga kiritiladigan va alohida balansga ajratilmaydigan filiallari va 
ishlab chiqarish bo‘linmalarini qurish ham kiritiladi. Kengaytirish ishlari xuddi 
yangi qurilish singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan 
buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida 
ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va 
tasdiqlangandan so‘ng kengaytirishga doir ishlar pudratchi tashkilot uchun 
bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Rekonstruksiya deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning 
xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarini dastlabki 
xolatini kengaytirmasdan qayta o‘zgartirib chiqish tushuniladi. Rekonstruksiyadan 
asosiy maqsad bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
 ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy darajasini 
ilmiy-texnika progressi yutuqlari asosida ko‘tarish; 
 harakatdagi ishlab chiqarish ob’ektlari quvvatini oshirish; 
 ishchi xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning mehnat 
unumdorligini oshirish; 
 texnik bo‘g‘inlardagi disproporsiyalarni yo‘qotish. 
Rekonstruksiya ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi 
tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati 
to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat 
imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng rekonstruksiya ishlari pudratchi tashkilot 
uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi. 

Download 314.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling