12-mavzu: Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 314.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana10.05.2023
Hajmi314.67 Kb.
#1449811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu (2)

Bosh pudratchi tashkilot – bu buyurtmachi bilan qurilish, qurilish-montaj va 
boshqa ishlarni olib borish bo‘yicha asosiy shartnomani tuzgan hamda uning 
bajarilishini to‘liq o‘z zimmasiga olgan qurilish tashkiloti.
Subpudratchi tashkilot – bu bosh pudratchining buyurtmachiga bajarib 
berishi lozim bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarning bir qismini 
bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bajarib beruvchi tashkilot. 
Tanlagan soliq rejimiga ko‘ra qurilish tashkilotlari umumbelgilangan va 
ixchamlashtirilgan 
soliq 
rejimlarida 
ishlovchi 
korxonalarga 
bo‘linadi. 
Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq mikrofirma va kichik 
korxonalar hisoblangan qurilish tashkilotlari ixchamlashtirilgan soliq to‘lovlari 
rejimida ishlari mumkin. Yirik va o‘rta qurilish tashkilotlari, odatda, 
umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar. 
Qurilish tashkilotlari faoliyati respublikamizning amaldagi me’yoriy-huquqiy 
hujjatlariga muvofiq asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlariga bo‘linadi. 
Asosiy faoliyatga buyurtmachilar uchun bajarilgan qurilish, qurilish-montaj 
ishlari, jihozlarni o‘rnatish, rekonstruksiya, kengaytirish, modernizatsiya qilish, 
obodonlashtirish, kapital va joriy ta’mirlash ishlari, shuningdek o‘z maqsadlarida 
foydalanish va sotish uchun mo‘ljallangan qurilish materiallari va moslamalarini 


ishlab chiqish va shu kabi boshqa ishlar kiradi. Asosiy bo‘lmagan faoliyatga 
qurilish tashkilotlarining moliyaviy, investitsiya va boshqa faoliyat turlari kiradi.
Qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatiga kiruvchi ishlarning har biri o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega.
Qurilish ishlari deganda yangi bino va inshoatlarni yaratilishi bilan bog‘liq 
jarayonlar majmuasi tushuniladi. YAngi bino va inshoatlarni yaratilishi o‘z ichiga 
loyihalashtirish, qurishga tayyorgarlik, ta’minot, qurish, foydalanishga topshirish 
kabi jarayonlarni oladi. Har bir jarayon qurilishga doir ma’lum ishlardan tashkil 
topadi va o‘zining pirovard natijasiga ega bo‘ladi.
Qurilishning loyihalashtirish jarayonida yangi bino va inshoatlarni 
qurishning texnik, texnologik, geodezik, topografik va barcha boshqa jihatlari 
o‘rganiladi, ularning aniq parametrlari va o‘lchamlari belgilanadi. Qurilish 
loyihasi, odatda, maxsus loyihalashtirish muassasalari (institutlar) tomonidan 
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan 
loyiha quriladigan ob’ekt joylashgan xududning shaharsozlik bosh loyihasi 
talablariga zid bo‘lmasligi lozim. SHu bois ham yangi ob’ektlarni qurishdan oldin 
ularning loyihalari O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasining 
joylardagi boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi. 
Loyihalashtirish jarayonining natijasi bo‘lib yangi quriladigan ob’ektning barcha 
texnik-iqtisodiy parametrlarini ifodalovchi loyihasi va qurish smetasi hisoblanadi. 
Qurish smetasida ob’ektni qurish bilan bog‘liq barcha ishlarning hajmi, ularning 
belgilangan me’yor va tartiblarga muvofiq hisoblangan qiymati ko‘rsatiladi. 
Loyiha qiymati pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma 
qiymatini belgilashga asos bo‘ladi. 
Qurishga tayyorgarlik va uning ta’minot jarayoni buyurtmachi va pudratchi 
tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum ishlardan tashkil topadi. Bu ishlarni 
bajarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari tuzilgan shartnomada o‘z aksini 
topadi. Masalan, buyurtmachi bu jarayonda o‘z zimmasiga qurish uchun kerakli 
bo‘lgan materiallarni pudratchiga etkazib berish, oldindan to‘lov summasining 
kelishilgan qiymatini (loyiha qiymatining 15 foizdan kam bo‘lmagan qismini) 
quruvchi tashkilotning hisob raqamiga o‘tkazib berish kabilarni oladi. Pudratchi 
tashkilot qurish uchun kerakli texnika va jihozlarni qurilish maydonchasiga 
etkazish, ularni qurish ishlari uchun tayyorlash va shu kabi majburiyatlarni o‘z 
zimmasiga oladi. 
Ob’ektni qurish jarayoni qurilishning titul ro‘yxatida ko‘rsatilgan ishlarni 
bosqichma-bosqich loyihani bajarish jadvaliga (grafigiga) muvofiq amalga 
oshirishdan iborat bo‘ladi. Qurilish ob’ektlarining bitkazilgan, lekin buyurtmachiga 
hali topshirilmagan qismi tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish ishlari) 
hisoblanadi.
Qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish qurilishning yakuniy jarayonidir. 
Bu jarayon qurilishga doir loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, tuzilgan maxsus 
komissiya tomonidan amalga oshiriladi va mos ravishda «Bajarilgan ishlar 
(qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» bilan 
rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng qurilgan 
ob’ekt pudratchi uchun bajarilgan (sotilgan) ish, deb hisoblanadi. 


Qurilish ishlari o‘z ichiga montaj ishlarini ham oladi. SHu bois ushbu ishlar 
qurilish-montaj ishlari ham deb ataladi. 

Download 314.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling