12-Mavzu. Sanoat korxonalari menejmentining boshqaruv usullari. Reja
Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari
Download 241.61 Kb. Pdf ko'rish
|
12-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment
3.
Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari. Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usullari. Boshqarishning bu usuli yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va ma’suliyatga asoslanadi. Tashkiliy- ma’muriy ta’sir ko‘rsatish — bu boshqaruvning aniq boshqarilayotgan ob’ektga yoki shaxslarga qaratilgan majburiy tavsifidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy ko‘rsatmalaridir. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning raxbari o‘ziga bo‘ysunuvchi sex raxbarlariga, sex raxbarlari shu sexdagi ishlab chiqarish uchastkalarining ustalariga bevosita bajarilishi zarur bo‘lgan ko‘rsatmalarni berishi mumkin va bu ko‘rsatmalarni bajarishlari lozim. Bunday ko‘rsatmalar jumlasiga mahsulot turlarini rejaga asosan bir maromda ishlab chiqarishni yuqori darajada tashkil qilish. mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat normalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mehnat intizomini mustahkamlash va boshqa tez hal qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar kiradi. Quyi pog‘onadagi raxbarlarning yuqori pog‘onadagi raxbarlarga bo‘ysunishi quyidagi tartibda bo‘ladi. Masalan, usta — katta ustaga — katta usta — sex raxbarining muoviniga — sex raxbarining muovini — sex raxbariga bo‘ysunadi va hokazo. Quyi pog‘ona raxbarlari bajarishi shart bo‘lgan farmoyish va ko‘rsatmalarni berish, ularning bajarilishini nazorat qilish, normalarini ishlab chiqish, xodimlarni to‘g‘ri tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ishchilarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish, taqdirlash yoki jazolash yuqori pog‘ona raxbarlarining vazifasiga kiradi. Davlat xodimlarni ularning ishchanlik xislatlari va qobiliyatlariga ko‘ra tanlaydi va joy-joyiga qo‘yadi. Raxbarlarni tanlash va tayyorlash maqsadida sanoat sohasida va birlashmalarda barcha tabaqadagi raxbar kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi ham tashkil qilingan. Respublikamiz bozor iqtisodiga o‘tishi munosabati bilan kadrlar masalasini yaxshilash davr talabi bo‘lib qoldi. Respublikada kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirish ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish borasida bir qator ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. Respublika Prezidentining tashabbusi bilan 1991 — 93 yillar mobaynida respublika shaxarlaridagi qator zavodlar rahbarlari malakasini oshirish uchun xorijiy mamlakatlarga yuborildi. Bu ko‘rilgan tadbirlar respublikamiz korxonalarida bozor munosabatlariga javob beradigan rahbarlarni tayyorlashga imkon yaratdi. Respublikadagi o‘rta qobiliyatli talabalarning AQSh va boshqa xorijiy davlat oliy ilmgohlariga o‘qishga yo‘llash ham shu tadbirlardan biridir. Download 241.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling