Korxonani boshqarishning samaradorligi, maqsadlarni
shakllantirish va
amalga oshirishga qanchalik kam vaqt sarflansa, shunchalik yuqori bo‘ladi. Bunga
korxona rahbari (menedjeri) va boshqaruv funksiyalarini bajarishga mas’ulbo‘lgan
boshqa shaxslarning tajribasi va malakasidan tashqari, boshqaruv amaliyoti va ish
tartibiga
sarflanuvchi
vaqtning
qisqartirilishi,
boshqaruv
jarayonlarini
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va
amalga oshirishni oqilona tashkil qilish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy chora-
tadbirlar majmuasini qo‘llash hisobiga erishiladi.
Ijobiy natijaga erishishga qaratilgan qarorni to‘g‘ri
qabul qilish uchun bu
qarorni qabul qilish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan natijalarni oldindan
ko‘ra bilish, rivojlanish istiqbollarining turli variantlariga to‘g‘ri baho berish zarur.
Bu esa korxonani boshqarishning asosiy strategik vazifalarini belgilab beradi. Ular
qatoriga nafaqat maksimal daromad olishni, balki
ishlab chiqarishni qayta
ta’mirlash va modernizatsiyalashtirish, iste’molchilar
talabiga javob beruvchi
zamonaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish, faoliyat yo‘nalishlarini bugungi kun va
kelajakdagi istiqbolarini e’tiborga olib belgilash ham kiritiladi. Sanab
o‘tilganlarning oxirgisi o‘z navbatida ijodiy
yondashuvni va boshqaruv
qarorlarining yangi yo‘nalishlarini izlashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: