12-Mavzu. Sanoat korxonalari menejmentining boshqaruv usullari. Reja


  Boshqarishning ijtimoiy-psixologik usullari


Download 241.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi241.61 Kb.
#1490852
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment

4. 
Boshqarishning ijtimoiy-psixologik usullari.  
Ijtimoiy-psixologik boshqaruv usullari. Bu usul mexnatkashlarning ishlab 
chiqarishni boshqarishda keng miqyosda ishtirok etishiga asoslangan bo‘lib, bu 
usulni qo‘llashdan asosiy maqsad jamoalarda sog‘lom ijtimoiy psixologik iqlim 
yaratishdir. Mehnat jamoalarida ijtimoiy ruhiy iqlimning holati chiqqan nizolar 
soni bilan belgilanadi. Nizo — bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida 
muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela 
olmaganligini bildiradi. Jamoa a’zolari orasidagi nizolarning ko‘pchiligi ishlab 
chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, raxbarlarning ish jarayonida o‘ziga 
bo‘ysunuvchi jamoa a’zolarining ruxiy holatlarini hisobga olmaganligi, zarur ish 
sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. 
Nizolar qanchalik ko‘p bo‘lsa, mehnat jamoalarida ijtimoiy-psixologik iqlim 
shunchalik yomonlashadi. Mehnat jamoalarida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar 
bo‘lishi turgan gan. Bunday shaxslar ish paytida boshqalarni ishdan chalg‘itib, 
ishlashiga halaqit beradilar. Bunday hol ikki shaxsning kurash jarayoni, ularning 
nizolari rahbar xodimlari yoki jamoat o‘rtoqlik sudi kengashi ko‘rib chiqib, kim 
nohaq, kim haqligini aniqlab, shu masala yuzasidan chiqarilgan hukm natijalarini 
tushuntirib, ularning shu hukmlarning to‘g‘riligiga iqror bo‘lguncha davom etadi. 
Bunday nosog‘lom vaziyat jamoa a’zolarining barchasiga yetib boradi. Bundan 
ayrim ishchi xodimlar vaqtincha manfaatdor bo‘lib, ularning ichidan o‘zlariga 
yoqmagan shaxslar ustidan g‘iybat uyushtirib vaziyatni jiddiylashtirishga harakat 
qiladilar. Bularning hammasi mehnatkashlar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, ularni 
asabiylashtiradi, natijada ijtimoiy-ruxiy vaziyat yomonlashadi. Bu esa o‘z-o‘zidan 
ishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, turg‘unlik davrida rahbarlik jamoalarning 
ijtimoiy-ruhiy imijini yaxshilashga yetarli darajada e’tibor bermas edi. U yillarda 
ma’muriy buyruqbozlik boshqarish usuli hukm surar edi. Bunday boshqaruv 
usuliga ishchilar ko‘nikib, o‘zlariga nisbatan rahbarlarning qo‘pol gaplariga 
ahamiyat bermas edilar. Buni o‘sha zamon talabi taqozo etar edi.
Demokratiyalash, oshkoralik sharoitida barcha eski ish uslublariga chek qo‘yiladi. 
Hozirgi sharoitda rahbar faqat o‘z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi 
tashkilotchi, ruxiyatchi (psixolog), tarbiyachi va ijtimoiy yetakchi bo‘lmog‘i 


lazim. Buning uchun har bir rahbar xodim: sotsiologiya, psixologiya, pedagogika 
fanlarini mustaqil egallashi kerak. Buni hayotimizdagi jiddiy o‘zgarishlar, inson 
omilining faollashuvi, jamoalarning o‘z-o‘zini boshqarish sharoitida ular bilan 
ishlash taqozo qiladi. Jamoaga a’zo bo‘lgan har bir shaxsning qalbiga yo‘l topa 
bilish rahbarning ish faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Buni bilgan rahbar o‘z 
jamoasi ichida mehnat jarayonida vujudga keladigan har xil nizolarni jamoada, 
jamoat tashkilotlari bilan birgalikda, yuqori tashkilotlarga chiqarmasdan o‘zida 
hal qilishga qodir bo‘ladi. Bunday rahbar o‘z ishini to‘g‘ri tashkil qilgan bo‘lib, 
jamoa oldiga qo‘yilgan maqsad va reja topshiriqlarini o‘z vaqtida muvaffaqiyatli 
bajaradi. Jamoalarda cog‘lom ruhiy iqlim yaratish uchun rahbar quyidagilarga: har 
bir ishchi xizmatchi xodimlarning shaxsiy fazilatlarini, yoshini, qobiliyatini 
inobatga olishga, ishchilar o‘rtasidagi xamkorlikni va o‘zaro yordamni bir-biri 
bilan chambarchas bog‘laydigan ijtimoiy aloqa maromini, iqtisodiy musobaqani 
tashkil etishga, mehnat jamoalarida ish faoliyatining pirovard natijalari uchun har 
bir ishchining mas’uliyat sezish tuyg‘usini mustahkamlashga, jamoa a’zolarining 
yuqori unumli mehnat qilishi, uning ijodiy g‘ayratini kuchaytirish uchun qulay 
ijtimoiy sharoitlarni yaratishga e’tibor berishi zarur.
Nazorat savollari:  
1. 
Boshqaruv usullari deganda nimani tushunasiz?
2. 
Boshqarishning iqtisodiy usullarining mohiyati nimadan iborat?
3. 
Biznes – rejaning mohiyati nimadan iborat?
4. 
Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usulini ta’riflab bering.
5. 
Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usulining asosiy maqsadi 
nimadan iborat?
6. 
Ta’sir etishning farmoyish usullari qanday maqsadda qo‘llaniladi?
7. 
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usuliga ta’rif bering.
8. 
Kasbiy tanlashning moxiyati nimadan iborat?

Download 241.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling