12-Mavzu. Sanoat korxonalari menejmentining boshqaruv usullari. Reja
Boshqarishning iqtisodiy-usullari
Download 241.61 Kb. Pdf ko'rish
|
12-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik mexanizmi negizini uchta asosiy masala: ishlab chikarishni boshkarish, rejalashtirish va rag‘batlantirish tashkil etadi
2.
Boshqarishning iqtisodiy-usullari. Iqtisodiy usullar. Boshqarishning bu usuli xodimlar va mehnat jamoalarining moddiy manfaatlariga asoslangan bo‘lib, davlat jamoat va har bir xodimning manfaatlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lanishiga imkon yaratadi. Ishlab chikarishning iqtisodiy usullariga tannarx, narx, foyda, rentabellik, xo‘jalik hisobi, moddiy rag‘batlantirish fondi kiradi. Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan harajatlar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini vujudga keltirish va undan samarali foydalanishdir. Xo‘jalik mexanizmi negizini uchta asosiy masala: ishlab chikarishni boshkarish, rejalashtirish va rag‘batlantirish tashkil etadi. Ular xo‘jalik mexanizmida umumiy qilib birlashtirilganda davlat iqtisodini tutib turadi. Xo‘jalik mexanizmi o‘z ichiga boshqaruvning asosi bo‘lgan rejalashtirishni, xo‘jalikni boshqarishda amaliyotda qo‘llaniladigan iqtisodiy dastaklarni, xo‘jalik tashkilotlarining tashkiliy tuzumini, ularning ish usullarini, mehnat jamoalarining ishlab chiqarishni boshqarishda qatnashishini oladi. Ishlab chiqarishda yangi xo‘jalik mexanizmidan samarali foydalanish mehnat jamoalari va har bir xodimdan fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan foydalanishning yangi yullarini qidirib topishga undaydi. Bunda xodimlar va mehnat jamoalari o‘z manfaatlarini qondirish uchun butun bilim va kuchlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga safarbar qiladilar va xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish usullarini qidiradilar. Masalan, ish haqi fondlarini oldindan rejalashtirish o‘rniga ish haqi normativlarini qo‘llash jamoaning maxsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishidan manfaatdor qiladi, imtiyozli shartlar asosida karz berish bilan xalk iste’moli mollarini ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini yaratishga qiziqtiradi. Mazkur usuldan ishlab chiqarishda shunday foydalanish kerakki, bunda har bir xodim va jamoaning moddiy manfaatlarini qondirish darajasi ularning umumiy pirovard natijalariga erishishga qo‘shgan xissasi bilan belgilanishi lozim. Korxonaning ishchi va xodimlarini yuksak pirovard natijalarga erishganligi uchun moddiy rag‘batlantirish mehnat jamoasining xo‘jalik hisobi daromadidan hosil qilingan iqtisodiy rag‘batlantirish fondidan amalga oshiriladi. Iktisodiy rag‘batlantirish fondiga moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy rivojlanish, ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari kiradi. Xodimlar, mehnat jamoalari qanchalik unumli mehnat qilsalar ularning xo‘jalik daromadi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bu xodimlarning ijtimoiy va moddiy talablarini qondirishga keng yo‘l ochib beradi. Iqtisodiy qonunlarni chuqur bilish va ulardan har tomonlama foydalanish davlat tuzumining afzalliklarini ruyobga chiqarish, mamlakat iktisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini jadallashtirishning zarur shartidir. Download 241.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling