12-mavzu: startap marketingi reja


Download 252.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana28.12.2022
Hajmi252.02 Kb.
#1016261
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-MAVZU STARTAP MARKETINGI

 
4.Taqsimot kanallari. 
Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi - mahsulotni
sotish va taqismlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng 
murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga etkazish hal etiladi. 
Sotish kanallarining iqtisodiy roli. Sotish tarmog‘i yakka iste’molchilar yoki 
foydalanuvchilar ixtiyoriga tovarlar yoki xizmatlarni taqdim etish maqsadida 
raqobatli ayirboshlash jarayonida ishtirok etayotgan hamkorlar tomonidan 
shakllantirilgan tuzilma sifatida aniqlanishi mumkin. Bu hamkorlar ishlab 
chiqaruvchilar, vositachilar va pirovard foydalanuvchilar-xaridorlardir. Har
qanday sotish kanali ayirboshlash uchun zarur bo‘lgan ma’lum bir funksiyalar 
to‘plamini bajaradi.


Sotish funksiyalari quyidagi olti xil amalning bajarilishini ko‘zda tutadi:
-tashish: tovarlarning ishlab chiqarilgan joydan iste’mol qilish joylariga 
ko‘chirish bilan bog‘liq har qanday amallar;
-taqsimla»: tovarlarning foydalanuvchilar ehtiyojiga mos keladigan miqdor va 
shakllarda mavjud bo‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq har qanday amallar;
-saqlash: tovarlarning ularni xarid qilish yoki ulardan foydalanish paytida 
mavjud bo‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq har qanday amallar;
-saralash: tovarlarning iste’mol vaziyatlariga moslashtirilgan maxsus va yoki bir-
birini to‘ldiruvchi to‘plamini tashkil qilish bilan bog‘liq har qanday amallar;
-aloqa o‘rnatish: xaridorlarning ko‘psonli va uzoqda joylashgan guruhlari bilan 
murojaat qilishni engillashtiruvchi har qanday amallar;
-axborot: bozor ehtiyojlari va raqobatli ayirboshlash shartlari haqidagi 
bilimlarni oshiruchi har qanday amallar. 
Taqsimot kanalining vertikal strukturasi yakuniy iste’molchidan ishlab 
chikaruvchini ajratuvchi darajalar soni bilan belgilanadi. Ushbu mezon 
buyicha tugri va tugri bulmagan kanallarga ajratish mumkin: 
- tug`ri kanalda tovarga egalik huquqini o`ziga oluvchi vositachilar yuq
bo`lib, ishlab chiqaruvchi tovarni bevosita iste’molchiga yoki yakuniy 
foydalanuvchiga sotadi. 
- Tug`ri bo`lmagan kanalda bir yoki bir necha vositachilar mavjuddir.
Yakuniy foydalanuvchilar va ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi vositachilarning
sonidan kelib bunday kanal «uzun» yoki «qisqa» deb ataladi. 
Ishlab chiqaruvchi nuqtai nazaridan kelib chiqib, sotish kanali qanchalik 
uzun bulsa shuncha uni nazorat qilish qiyinlashadi. 

Download 252.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling