Tarkibiy elementlar. Tarkibiy elementlarni kirishdan maqsad-bu tuzilmani qisqartirishdan iborat. Qoidaga ko’ra tarkibiy elementlar oddiy elementlarning birin-ketin joylashishi (kaskadlari) hisoblanadi [1].
Tarkibiy elementlarning foydaliligiga misol sifatida summatorlardan foydalanish hisoblanadi. Ko’pchilik [8-14] ishlarda neyronlari chiziqlimas kiruvchi summatorlarni saqlovchi tarmoqdan samarali foydalanadilar. Chiziqlimas kiruvchi summatorlar sifatida ko’p hollarda neyronning kirish signallarining barcha juft-juft ko’paytmasining muallaq (взвешенную) yig’indisini hisoblovchi summatorlarning kvadratikli summatorlari tushuniladi.
12.13-rasmda eng k’op foydalaniladigan tarkibiy elementlar va ularning belgilanishlari keltirilgan. Ta’kidlash joizki, summatorlar turli tipda bo’ladi, masalan tarmoqni tuzish jarayonida birjinslimas summatorlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Birjinslimas summator bir jinsli summatordan qiymati birga teng bo’lgan yana bitta kirish signali bilan farq qiladi. 12.13г-rasmda birjinslimas adaptivli summatorning belgilanishi va sxemasi keltirilgan.
12.1-jadvalda birjinsli va ularga mos birjinslimas summatorlar bilan hisoblanadigan qiymatlar keltirilgan [1].
12.1-jadval. Birjinsli va birjinslimas summatorlar.
Nomi
|
Birjinsli summator
|
Birjinslimas summator
|
Belgilanishi
|
Qiymati
|
Belgilanishi
|
Qiymati
|
Odatdagi
|
S
|
|
S+
|
|
Adaptivli
|
A
|
|
A+
|
|
Kvadratikli
|
Q
|
|
Q+
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |