12 mavzu. Sun’iy neyron tarmoqlariga kirish. Bir va ko’p sathli neyron tarmoqlari va ularning turlari


Download 1.67 Mb.
bet7/24
Sana04.04.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1328848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
12-mavzu (SNTga kirish)

To’labog’langan tarmoq [8-14]. Har bir neyron o’zi bilan birgalikda chiquvchi signallarini qolgan neyronlarga uzatadi. Tarmoqning chiquvchi signallari-barcha signallar yoki tarmoqning bir nechta taktlarining ishlashi
natijasida hosil bo’lgan ba’zi bir chiquvchi signallardan iborat bo’lishi mumkin. Bunda barcha kirish signallari barcha neyronlarga uzatiladi.
Qatlamli va to’labo’g’langan tarmoqning elementlari turlicha ajratilishi mumkin. Bunda kirishda adaptivli birjinslimas chiziqli summatordan iborat neyronni standartli tanlash uslubi mavjud (12.11-rasm).
To’labo’g’langan tarmoq uchun neyronning kirish summatori ikkiga tarqaladi: birinchisi-tarmoqning kirish signallarining chiziqli funksiyasini hisoblaydi, ikkinchisi esa-oldingi qadamda olingan boshqa neyronlarning chiquvchi signallarining chiziqli funksiyasini hisoblaydi.
Summatorning chiquvchi signalini almashtiruvchi - chiziqlimas ozgartkichning neyronlarni faollashtiruvchi funksiyasi (xarakteristikali funksiyasi) tarmoqning barcha neyronlari uchun bir xil bo’lishi mumkin (12.11-rasmga qarang). Bu holda tarmoq birjinsli (gomogenli) deyiladi. Agarda - chiziqlimas o’zgartkich qiymatlari neyrondan neyronga o’tganda o’zgaradigan yana bitta yoki bir nechta parametrlardan bog’liq bo’lsa, u holda bunday tarmoq birjinslimas (гетерогенli) tarmoq deb ataladi.
Agar to’labog’langan tarmoq berilgan k taktlar soni bo’yicha javobni olguncha ishlasa, u holda uni k-qatlamli tarmoqning xususiy holi sifatida tasvirlash mumkin. Bu holda to’labog’langan tarmoqda barcha qatlamlar bir xil bo’ladi va ularning har biri to’labog’langan tarmoqning taktiga mos keladi.
To’labog’langan va qatlamli tarmoq o’rtasidagi muhim farq mavjud boladi, qachonki taktlar sonining ishlashi oldindan chegaralanmagan bo’lsa. Qatlamli tarmoqda taktlar sonining ishlashi oldindan chegaralangan, to’labog’langan tarmoqda esa - chegaralanmagan bo’ladi. Shuning uchun qatlamli tarmoq to’labog’langan tarmoqning xususiy xoli hisoblanadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling