12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (2 soat)


Download 110.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana31.01.2024
Hajmi110.88 Kb.
#1833036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12 mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni

Birinchi. Bugungi real voqelik Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikning 
yangi modelini shakllantirish yo„lida qat‟iy qadamlar tashlashni talab qilmoqda. 
Uzoq muddatli istiqbolda yangi o„sish nuqtalari va taraqqiyotimizning yangi 
drayverlarini belgilab olish g„oyat muhimdir. 
Hududlararo savdo-sotiqni yanada kengaytirish zarur. Erkin savdo tartibiga 
to„liq o„tish maqsadida mavjud to„siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish 
orqali mustahkam qo„shimcha qiymat zanjirlarini yaratish mumkin bo„ladi. Buning 
uchun mintaqa tadbirkorlari va hududlari o„rtasida to„g„ridan-to„g„ri biznes 
munosabatlarini o„rnatishni rag„batlantirish hamda muntazam ravishda investitsion 
va iqtisodiy forumlar o„tkazishni yo„lga qo„yish zarur. 
Bu sohada ilgari surilgan muhim tashabbus va takliflarni inobatga olgan holda
Mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikning umumiy yo„nalishlari to„g„risidagi bitimni 
qabul qilish maqsadga muvofiq. 
Ikkinchi. Markaziy Osiyo davlatlarining mushtarak strategik manfaatlarini 
hisobga olgan holda, mintaqaning transport va tranzit salohiyatidan samarali 
foydalanish bo„yicha tashabbuslarni ilgari surish zarur. 
Markaziy Osiyo davlatlaridagi rivojlangan va bir-biriga integratsiyalashgan 
transport tizimlari mintaqani Yevroosiyo qit‟asining muhim transport xabiga 
aylantirish bo„yicha ishlarni davom ettirish kerak. 
Shu nuqtai nazardan, mavjud transport yo„laklari va infratuzilmalaridan, 
jumladan, Kaspiy dengizi portlari, yirik transchegaraviy logistika markazlaridan to„liq 
foydalanish yuzasidan aniq takliflarni ilgari surish bilan birga kelajakda Termiz – 
Mozori Sharif – Kobul – Peshovar transafg„on koridori, Xitoy – Qirg„iziston – 
O„zbekiston avtomobil va temir yo„llarining imkoniyatlaridan foydalanish 
rejalashtirilmoqda. 
Shuningdek, sanitariya talablariga amal qilgan holda, Markaziy Osiyo 
mamlakatlari o„rtasida to„laqonli transport qatnovlarini tiklash ham muhimdir. 
Uchinchi. Milliy iqtisodiyotlar va aholi nufusining o„sishini hisobga olsak
mintaqaning energetik xavfsizligi masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etib 
bormoqda. 
Shu munosabat bilan, “yashil” energetika va energiya sohasidagi samarador 
texnologiyalarni joriy etishga alohida e‟tibor qaratib, bu borada Markaziy Osiyo 
davlatlari bilan o„zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo„yicha sa‟y-harakatlarni 
davom ettirish kerak. Buning uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari elektr 
energiyasini 
muvofiqlashtirish 
kengashining 
faoliyatini 
kuchaytirish, uning 


mandat va vakolatlarini kengaytirish, shuningdek, mintaqa davlatlarining ushbu 
tuzilmadagi vakillik darajasini oshirish ishlari amalga oshiriladi. 
To„rtinchi. Pandemiya sharoitida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ta‟minlash muammolari keskin tus olmoqda. Jahonning ma‟lum bir mintaqalarida 
asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oshishi va ularning yetishmovchiligi 
kuzatilmoqda. 
Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xo„jaligi vazirlarining 
uchrashuvlarini doimiy ravishda o„tkazib borish haqidagi tashabbus ilgari surilgan. 
Bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va ularning sifatini 
nazorat qilish, jumladan, xalqaro bozorlarga yetkazib berish bo„yicha aniq 
yo„nalishlar va qo„shma dasturlarni belgilab olishga xizmat qiladi. 

Download 110.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling