O„zbekiston va Qirg„iziston o„rtasidagi o„zaro tovar ayirboshlash hajmi 2016 yil
oxiriga kelib 23 foiz o„sgan holda, 2017 yilning birinchi yarmida bu ko„rsatkich
qariyb 70 foiz oshib, 112 million AQSH dollarini tashkil qildi.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko„ra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida
iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo„yicha hamkorlikning
kengayishi mintaqa yalpi
ichki mahsulotini yaqin 10 yilda kamida ikki barobar oshirish imkonini beradi.
Aynan shuning uchun ham mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlash barcha
mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim omildir.
Oxirgi to„rt yilda O„zbekistonning qo„shni davlatlar bilan o„zaro
savdo hajmi
salkam besh barobar o„sdi. 2016 yilgacha O„zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari
bilan yillik tovar aylanmasi hajmi o„rtacha 100-150 million AQSH dollarini tashkil
etgan bo„lsa, 2020 yil yakuni bo„yicha ushbu ko„rsatkich o„rtacha 53 foizga ko„paydi.
Tovar aylanmasi Qirg„iziston bilan 8 barobar, Tojikiston
va Turkmaniston bilan
5 barobar, Qozog„iston bilan esa 1 milliard dollarga o„sdi.
Ikkinchidan, mintaqaning tranzit-logistika salohiyatidan yanada samarali
foydalanish va transport infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta‟minlash lozim.
So„nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarini bog„lab
turgan eng muhim
transport yo„llari qayta tiklandi va modernizatsiya qilindi,
yangi yer usti va havo
yo„llari ochildi. Joriy qilingan o„zaro chegirmalar natijasida yuk tashish, avvalo,
tranzit hajmi ortdi.
“O„zbekiston – Turkmaniston – Eron – O„mon” transport yo„lagining uchastkasi
qurilishi muhim ahamiyatga ega ishlar sirasiga kiradi.
Amudaryo orqali
“Turkmanobod – Forob” temir yo„l va avtomobil ko„priklari ochildi.
Shu asnoda “O„zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Janubiy Kavkaz”
yo„nalishi bo„yicha Boku – Tbilisi – Kars hamda Gruziya, Turkiya,
Ruminiya va
boshqa davlatlarning Qora dengiz portlariga chiqish yo„llari bilan oraliq transport-
kommunikatsiya magistralini barpo etish uchun qulay imkoniyat yaratildi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: