12-mavzu. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (2 soat)


Download 110.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana31.01.2024
Hajmi110.88 Kb.
#1833036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12 mavzu Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni

Beshinchi. Afsuski, pandemiya hamon aholi salomatligiga jiddiy zarar yetkazib, 
iqtisodiyotga salbiy ta‟sir ko„rsatmoqda. 
Jahon Sog„liqni saqlash tashkiloti prognozlariga ko„ra, uning oqibatlarini yaqin 
yillarda ham his qilinadi. Bularning barchasi Markaziy Osiyo davlatlaridan yaqin 
mintaqaviy hamkorlikni va bir- biriga o„zaro yordam ko„rsatib borishni talab qiladi. 
Buning uchun vaksinatsiya sertifikatlari va test natijalarini tan olish maqsadida 
yagona axborot tizimini ishga tushirishni, yuqumli kasalliklarning oldini olish
tashxis qo„yish va davolashda tajriba almashishni hamda tibbiyot xodimlarini 
tayyorlashni kengaytirishni, hayotiy muhim dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun 
farmakologiya va kooperatsiya sohasida ilmiy hamkorlikni yo„lga qo„yish zarur. 
Oltinchi. Mintaqadagi ekologik muammolar doimo mintaqa davlatlarining 
diqqat-e‟tibori markazida bo„lib kelmoqda. 
Orol dengizining halokati oqibatlarini yumshatish uchun barcha zarur choralarni 
ko„rish, hamkorlik ko„lamini kengaytirish lozim. 
Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqlim o„zgarishlariga moslashuvi, shu bilan 
birga, 
resurslarni 
tejaydigan 
texnologiyalarni 
kengroq 
tatbiq 
etishga 
ko„maklashadigan “Markaziy Osiyo uchun “Yashil kun tartibi” mintaqaviy dasturini 
ishlab chiqish borasida ishlar olib boriladi. 
Yettinchi. Mintaqa aholisining katta qismini tashkil etadigan yoshlarning 
Markaziy Osiyo mamlakatlari rivojlanishida qanchalik muhim o„rin tutishi barcha 
uchun ayon. 
Butun dunyoda yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash davom etayotgan 
bugungi kunda biz Markaziy Osiyoning kelajagi bo„lgan yoshlarimizni 
vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashimiz 
lozim. 
Shu maqsadda Markaziy Osiyo yoshlari o„rtasida doimiy muloqot maydonini 
tashkil etish, qardosh xalqlarning yuksak axloqiy qadriyatlari va beqiyos ma‟naviy 
merosini asrab-avaylash, ularni yanada boyitish va kelgusi avlodlarga bezavol 


yetkazishga ko„maklashadi. 

Download 110.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling