12-тема. Ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishni strategik rejalashtirish tajribasi
Uchinchi yo’nalish rejalashtirish jarayoniga tegishli
Download 275.5 Kb.
|
ïѬµ¿´ ßÔÓáÔÑú¿´ 12
Uchinchi yo’nalish rejalashtirish jarayoniga tegishli.
Iqtisodiy rejalashtirishda foydalilikni aniqlaydigan ikki uslub mavjud. Bu uslublarning birinchisi, iqtisodiy o’sishni rejalashtirish natijalaridan foydalanishga qanday baho bera oladi hamda iqtisodiy natijalarga diqqatni qaratishdan iborat. Bu holatlarning boshqa yo’nalishi: iqtisodiy dasturlarni yaratish jarayoniga uzliksiz baho berishdir. Yaponiyaning iqtisodiy rejalashtirish loyihasi iqtisodiy dasturni ishlab chiqish va shakllantirishda ma’lum ma’noga ega. Rejalashtirish jarayoni yordamida, barcha iqtisodiy sektorlar, davlat, xususiy sektorlar halq xo’jaligi sohasini tashkil etib, bu boradagi axborotlardan foydalanish huquqiga ega. 1960 yilda qabul qilingan Milliy daromadni shakllantirish rejasida demografiya istiqboli, YaMM ishlab chiqarish kompanetlari va talab, sanoatdagi bandlik, uning tuzilishi, jamg’arma va investitsiyalar o’rtasidagi balans, byudjet daromadi va xarajatlari, mehnat unumdorligi va to’lov balansi qismlari mujassamlangan. Iqtisodni rejalashtirishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish faoliyati uchun asos yaratib, yuqori darajadagi iqtisodiy o’sishga erishishdan iborat. Iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo’lgan talab va taklifni miqdoriy jihatdan tahlil etib, quyilgan maqsadga erishish uchun kerakli faoliyat yo’nalishlari yaratiladi. 1970 yillardan boshlab iqtisodiy o’sish rejasidagi loyihalar miqdor jihatdan kamayib bordi. «Yangi iqtisodiy va sotsial rivojlanishning 7-yillik rejasi» (1979) bir qancha loyihalardan, chunonchi, YaMM dagi talab va daromad, davlat moliyasi ko’rsatkichlaridan iborat edi. 1983 yilda qabul qilingan «1980 yillardagi jamiyat va iqtisod normativlari va istiqboli» nomli rejada ba’zi ko’rsatkichlar, ya’ni YaMM ning o’sishi, ishsizlik, inflyatsiya darajasi ko’rsatkichlari o’rin olgandi. Kichik loyihalarni tuzishda rivojlanishning bir qancha kichik sabablari mavjud: birinchidan, rejalashtirish maqsadi iqtisodiy o’sishdan kelib chiqib, ijtimoiy masalalarni tahlil etayapti. ikkinchidan, iqtisodiy iqlim tufayli iqtisodiy istiqbolni ko’rsatish birmuncha kiyinlashdi, halqaro munosabatdagi o’lchov birliklari bo’limi, neft’ bahosi, valyuta kursi ko’rsatkichlari tebranib turibdi. uchinchidan, hokimiyat iqtisodiy istiqbolni ifodalovsi alohida ko’rsatkichlarni ko’rsata olmaydi, bu ko’rsatkichlar Dastur bilan bir xil ko’rinishda tuzilgan edi. 1980 yilgi (1983) «Iqtisodiyot va jamiyat normativlari va istiqboli rejasi» da oldingi davr talabiga asoslanib, iqtisodiy o’sishni amalga oshirish, tashqi balans kamomadini korriktirovka qilish, moliyaviy kamomadni bartaraf etish maqsadida davlat obligatsiyalarini chiqarishdan halos bo’lishni hokimiyat o’z oldiga vazifa qilib qo’ygan edi. Shu bilan birga hokimiyat o’z maqsadiga erishishda barcha harakat va loyihalarning albatta, bajarilishiga ko’zi etmasdi. Iqtisodiy holatlarni aniqlash, ba’zi iqtisodiy maqsadlarga erishish uchun hokimiyat va savdo o’zro hamkorlikda ish olib bordi. Chunonchi, iqtisodiy o’sishning rejasi institutsional tuzilishga ega bo’lib, o’zaro hamkorlikni maqsadga muvofiq biladi. Lekin tadqiqot olib borayotgan iqtisodchining fikriga ko’ra, iqtisodiyotni rejalashtirish mo’ljallangan maqsadga karaganda kam ta’sirli edi. Taajjublanarlisi shundaki, iqtisodiyot iqtisodiy loyihalarda ko’rsatilganidek ishlamayotgandi. Talab va taklif esa, bozordagi iste’molchi hamda ishlab chiqaruvchilarning munosabatiga qarab o’rnatilayotgandi. Hisobga olinmagan iqtisodiy o’zgarishlar iqtisodiyotga o’z ta’sirini o’tkazmayotgandi. Shu holatlardan kelib chiqib, aytish mumkinki, iqtisodiy rejalashtirishda ko’rsatilgan iqtisodiy loyihalar haqiqatdagi iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan muvofiq kelmayotgandi. Iqtisodiy dasturlarda ko’rsatilgan maroiqtisodiy loyihalar xususiy sektor uchun normativ vazifasini o’tab, bunda hokimiyat dasturda ko’rsatilgan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishga javobgar hisoblanadi. Lekin, ular har doim ham amalga oshavermasdi. Bu esa Yaponiya iqtisodiy loyihasini «dekoratsiya» sifatida ko’rsatiladi, degan fikrni quvvatlaydi. Rejalashtirilgan iqtisodiy siyosat amalga oshirilishini qiyinlashtirayotgan bir qancha sabablar mavjud: Birinchidan, iqtisodiy loyihani amalga oshirish uchun markazdan turib boshqarishning yo’qligi. Loyihani yaratishda Iqtisodiyotni rejalashtirish agentligi markaziy o’rinni egallasa ham uni bajarish har bir javobgar vazirlik yoki agentlik zimmasiga yuklatilgan. Iqtisodiyotni rejalashtirish agentligi vazirliklarning iqtisodiy o’sish dasturida ko’rsatilganidek iqtisodiy siyosat olib borish uchun majbur qila olmaydi. Ikkinchidan, byudjet tizimi «Uzoq muddatli iqtisodiyotni rejalashtirish» da ko’rsatilgan loyihalarga bo’ysunmaydi. Shu bilan birga, har yili byudjet Parlament tomonidan tasdiqlanadi. Byudjetda cheklanishlar mavjudligi tufayli uzoq muddatli davlat kapital qo’yilmalarini rejalashtirish iqtisodiy loyihasining hayotga tatbiq etilishi kafolatlanmagan. Shunday bo’lsa ham xarajatlar bo’yicha hokimiyat majburiyatlari yilda bir marta hisobga olib turiladi. Dunyodagi barcha mamlakatlar iqtisodining ham o’ziga xos xususiyatlari mavjud. AQSh iqtisodi aynan shunday xususiyatlar tufayli cho’qqiga chiqqanligi sir emas. Chunonchi: fuqaro o’z iqtisodiy mayillarini bevosita bozorda va bilvosita ovoz berish orqali ifodalashi erkin bo’lganligi tufayli, iqtisod muntazam ravishda o’zgarib turadi; amerikaliklar har doim «Vaqt - pul» degan shior bilan o’z foydasini ko’zlab ish tutadilar, qisqasi, ular pulni, foydani juda sevadilar. har bir yangi fikr, ixtiro yoki falsafa sinovdan o’tkazilib, uning kanchalik ahamiyatga egaligi tekshirib ko’riladi; Amerika xalqning omilkorligi ularning xatti-harakatlarida aniq-ravshan nomoyondir, ya’ni, erkin ishbilarmonlik tashabbusi asoslariga mustahkam tayangan iqtisodni ta’sis etib, uni qo’llab - quvvatlaydilar; ayni paytda, amerikaliklar shaxsiy qulay imkoniyatlar, iqtisodiy ravnaq va taraqqiyot uchun madadkor muhitni yaratish borasida hukumatning muhim o’rnini tan oladilar; AQSh iqtisodining o’ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritganda shuni ham ta’kidlash kerakki, u o’zining tabiiy boyliklari: mineral qazilmalari, serunum ziroatli erlari va mo’’tadil iqlimi, iqtisodni sobitlashtirishda eng zarur ko’makchi - ishi kuchi, texnologiya, ishbilarmonlik va iste’dodli boshqaruvchilariga ega. Deyarli barcha amerikaliklar tan olgan hukumatning iqtisodiyotdagi o’rni haqida to’xtalib o’tamiz. Chunki yuqorida ko’rib o’tilgan barcha xususiyatlarni amalda qo’llash avvalo bosh hukumatga bog’liq va uning tuzilishi quyidagicha: Download 275.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling