12-тема. Ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishni strategik rejalashtirish tajribasi
Download 275.5 Kb.
|
ïѬµ¿´ ßÔÓáÔÑú¿´ 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4)Bevosita yordam
3)Muvozanatlashuv va ravnaq – hukumat tarmoqlari, shu jumladan, AQSh Kongressi va Federal Rezerv (mablag’) Tizimi kabi qurilmalar, betartib shovqin - suron asoratini nazorat etish va inflyatsiya bilan iqtisodiy tushkunlikni soliq solish mezonalarini tartiblashtirish, pul zarb etish va qarz berish yordamida bartaraf etishga urinadi. Shuningdek, hukumatning o’zi sarf etuvchi davlat mablag’ini o’zgartirish orqali ham ular iqtisodga ta’sir etishlari mumkin. Odatda, bunday faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsad – federal byudjetni muvozanatga keltirishdir.
4)Bevosita yordam - iqtisod sohasida hukumatning o’rni yana biznes vakillari va ayrim shaslarga yordam ko’rsatish bilan ham belgilanadi. Misol uchun, importga soliq tariflari ayrim mahsulot turlariga nisbatan olganda, xorijiy raqobatdan xoli turishni ta’minlaydi; import mahsulotlar ba’zan qiymati jihatidan shu qadar yuqori soliqlarga tortiladi yoki ularning hajmi chegaralanadiki, natijada Amerika mahsulotlari xorijiy raqiblari bilan yaxshiroq raqobat kuchiga erishadi. Jumladan, Mitsubishi, Toyota, Honda va boshqa shu kabi ulkan Yaponiya mashina ishlab chiqarish firmalari AQSh bozorlariga o’z mahsulotlarini olib kirish uchun boshqa firmalarga nisbatan katta tarif (bozorga tovarni olib kirish boji) to’lashadi. Bu esa, AQSh hukumatining mahalliy mashina ishlab chiqaruvchi korxonalariga qilgan iqtisodiy yordami hisoblanadi, chunki ular Yaponiya kompaniyalariga o’xshab bozorda katta xarajat qilmasdan tovarini bemalol, xohlagancha namoyish eta oladilar. Etishtirilgan xosil evaziga beriladigan tannarxga qo’shimcha mablag’ ajratish orqali, hukumat fermerlarga ham yordam beradi. Past daromadli oilalarga mablag’ ajratish, kariyalar va mohojirlarga tibbiy yordam ko’rsatish, ishsizlar va nafaqaxo’rlarga ijtimoiy sug’urta dasturlari va o’zga turli vositalar yordamida madad berish orqali munosib hayot darajasini o’zlari ta’minlay olmaydigan shaxslarni hukumat qo’llab-quvvatlaydi. Hukumat shuningdek, kambag’allarga nafaqa berib, nogironlarga ham yordam ko’rsatadi. Download 275.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling