129 o’rta asrlarda sharq falsafasi? Sharq falsafasi
Download 73.33 Kb.
|
129-154Falsafa javoblari Ozoda
Antropogenez (antropo ... va ... genez) – inson jismoniy qiyofasining shakllanishi, mehnat faoliyati, tili, shuningdek jamiyatning dastlabki rivojlanish jarayoni. A. haqidagi ta’limot – antropologiya tarmogʻi.
145.Mafkuraviy bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmasligi.Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirilishi va fuqarolar ongiga singdirilishi usullari va imkoniyatlari. .G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar.Diniy va dunyoviy g’oyalarning o’zaro bir-birini boyitib borishi mafkuraviy yuksaklikka erishishda g’oyat muhim ahamiyat kasb etishini tarixiy misollar orqali ko’rish mumkin. Xususan, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Burhoniddin Marg’inoniy, Najmiddin Kubro, shuningdek, Ahmad Farg’oniy, Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy singari buyuk ajdodlarimiz yashab, ijod etgan davrlar shundan dalolat beradi.G’oya va mafkura o’zaro dialektik aloqadorlikda mavjud bo’ladi: g’oya mafkuraga asos bo’lsa, mafkura esa, o’z navbatida, muayyan g’oyani amalga oshirishga xizmat qiladi.G’oya safarbar etuvchi ulug’vor fikr bo’lsa, mafkura esa ana shu ulug’vor g’oyalarni bir butun, yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi, uyushtiruvchi, harakatga keltiruvchi, boshqaruvchi g’oyalar tizimidir.G’oya va mafkura: tarixiy shakllari va ko’rinishlari. Mafkuradan ko’zlangan maqsadlar.Diniy va dunyoviy g’oyalarning o’zaro bir-birini boyitib borishi mafkuraviy yuksaklikka erishishda g’oyat muhim ahamiyat kasb etishini tarixiy misollar orqali ko’rish mumkin. Xususan, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Burhoniddin Marg’inoniy, Najmiddin Kubro, shuningdek, Ahmad Farg’oniy, Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy singari buyuk ajdodlarimiz yashab, ijod etgan davrlar shundan dalolat beradi. G’oya va mafkura o’zaro dialektik aloqadorlikda mavjud bo’ladi: g’oya mafkuraga asos bo’lsa, mafkura esa, o’z navbatida, muayyan g’oyani amalga oshirishga xizmat qiladi.
2-masala. Tarixiy tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, 40 ming yillar muqaddam qadimgi ajdodlarimiz olamning, hayotning vujudga kelishi, mazmun-mohiyati to’g’risida mifologik (afsona, rivoyatlarga asoslangan) sodda dunyoqarashga ega bo’lganlar. Insoniyatning ibtidoiy davriga xos bo’lgan totemizm (o’simlik va hayvon turlariga sig’inish), animizm (ruh va jonlarga sig’inish), fetishizm (narsa, buyumlarga sig’inish) kabi mafkuraning ilk shakllari shundan dalolat beradi («Dinshunoslik» fani bu haqda batafsil ma’lumot beradi). Milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfutsiylik, sintoizm singari diniy mafkuralar taraqqiyotning keyingi davrlarida paydo bo’ldi. Ular yuz yillar davomida davlat dini va mafkurasi sifatida yuqori mavqega ega bo’lib keldi. Davrlar o’tishi bilan ularning ayrimlari o’z mavqeini yo’qotgan bo’lsa-da, insoniyat ma’naviy taraqqiyotida chuqur iz qoldirdi. Miloddan avvalgi ming yillik davomida olamning paydo bo’lishi, inson va uning mavjudligi, rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy talqin qilish kuchaydi. Buning natijasida falsafiy ta’limotlar muayyan tizim shaklini oldi. Tarixda g’oya va mafkuralar mazmun-mohiyatiga ko’ra ezgulik va yovuzlikka, bunyodkorlik va vayronkorlikka xizmat qilib keldi. Milliy g’oya - millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g’oya shakli. Milliy mafkura - millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo’lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g’oyaviy asrash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishidir. 146.XXI asrda o’zbekistonning sivilizatsiyalashgan taraqqiyotining muhum xususyati.O’zbekistonda bunyod etilayotgan jamiyat uning asosiy tamoyillariva ustuvor yunalishlari. Mustaqil taraqqiyot yo`liga o`tgan halqlarning jahon hamjamiyatiga qo`shilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e'tirof etish, xalqaro huquq mе'yorlariga amal qilish, inson huquqlarini himoya etish, dеmokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon bo`ladi. Jahon sivilizatsiyasiga qo`shilish natijasida nafaqat iqtisodiy sohada balki xalqlar ma'naviyati, siyosati va dunyoqarashida ham muhim ijobiy o`zgarishlar ro`y bеradi. Bunday jarayonga tushgan xalqlar o`rtasida bir- biriga ishonch, o`zaro hurmat, hamkorlik hamda sodir bo`ladigan ziddiyat va ixtiloflarni o`zaro kеlishuv, konsеnsus asosida hal qilishga intilish vujudga kеladi. Bir - birining madaniy yutuqlari, qadriyatlaridan, tajribalaridan bahramand bo`lish xohish – istagi shakllanadi. Xalqlarning bir- biri bilan jipslashish tеndеntsiyasi yaxlit, bir butun sivilizatsiyani, insoniyatni e'zozlash kabi sayyoraviy ongni shakllantiradi. Mustaqillik tufayli O`zbеkiston o`z taraqqiyot yo`lini erkin tanlash, milliy davlatchilik asoslarini yaratish va jahon tsivilizatsiyasiga qo`shilish imkoniga ega bo`ldi. Mamlakatimiz o`z mustaqilligining dastlabki yillaridanoq jahon tsivilizatsiyasiga qo`shilish yo`lini tanladi. Mustaqillik milliy falsafaning nеgizi, uning umumjahon falsafiy jarayoni bilan qo`shilishi va uy`unlashuvining eng asosiy shartidir. Mustaqillikka erishmagan xalq milliyligini, o`ziga xos qadriyatlari, urf- odatlari, ruhiyati va dunyoqarashini o`z falsafasida to`la - to`kis aks ettira olmaydiO`zbеkistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar nеgizida kishilarning mеhnatga, mulkka, mеhnat mahsuliga bo`lgan munosabatini o`zgartirish `oyasi yotadi. Uzoq yillar davomida mеhnatga bo`lgan qarashlarda biryoqlamalik hukm surib kеldi. Ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan ijtimoiy mulkchilik - kishilar mеhnat faolligining asosi barcha ijtimoiy illatlarning bosh sababchisi- xususiy mulkchilik dеgan noto``ri qarash o`zini oqlamaydi. Shaxsiy manfaatdorlikni inkor etish, jamoa, jamiyat uchungina faol mеhnat qilish, iqtisodiyotni mafkuraviy maqsadlarga bo`ysundirish, mеhnat raqobati o`rniga soxta musobaqani joriy etish insonning mеhnatdan, o`z-o`zidan va jamiyatdan bеgonalashuviga, boqimandalik kayfiyatining shakllanishiga olib kеldi. Bunday xolat jamiyat inqirozini tеzlashtirishga sabab bo`lganligini talabalar va magistrlar atroflicha bilishlari uchun aniq hayotiy misollar kеltirilsa o`rinli bo`ladi. O`zbеkiston sharoitida bozor munosabatlarini shakllantirishda mеhnatga, mulkka va insonning o`z - o`ziga bo`lgan munosabatini tubdan o`zgartirishning nazariy- falsafiy asoslarini ishlab chiqish zaruriyati ujudga kеldi va bu I.A. Karimov asralarida o`z ifodasini topdi. Bozor munosabatlariga o`tish davrida davlat xususiy mulkni qo`llab quvvatlaydi, mulkchilikning turli shakllarini rivojlantiradi, xususiy mulk daxlsizligini huquqiy kafolatlaydi, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun imtiyozli krеditlar bеrishni yo`lga qo`yadi. 147.Aksiologiya qadriyatlar haqidagi fan.Uning rivojlanish imkoniyatlari Qadriyatlarni qaysi fan o’rganadi? Qadriyatlar tug’risidagi fan — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos fan, ta`limot ma`nosini anglatadi) falsafaning shu masalani o’rganadigan va u bilan shug’ullanadigan sohasi hisoblanadi. Sobiq Ittifoq davrida bu tug’rida nihoyatda kam ma`lumotlar bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar tug’risidagi qarashlarimiz shitob bilan o’zgardi. Sobiq Ittifoqning ilgari ulug’langan partiyaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi, zamona realliklari talablariga javob bera olmay, o’tgan o’n yilliklardan iborat tarix sahifalari bilan birga yopilib ketdi. O’zbekistonda qadriyatlarga e`tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutahassislar tomonidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — Aksiologiyaning ko’pdan-ko’p mavzulari mutahassislarimizning ilmiy izlanishlarida o’ziga xos o’rin tutmoqda. «Moziyga qaytib ish qo’rmoq hayrlidir», deb yozgan edi Abdulla Qodiriy «O’tgan kunlar» romanida. Huddi shunday, «Qadriyat o’zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning tarixini, qisqa bo’lsa-da, o’rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo’lmaydi. Qadriyatlar mavzusining tarixi, ildizlari va insoniyatga hos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq o’tmishga ega. G’arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy merosi va g’oyalariga tayanadilar, ko’plab allomalarning nomlarini tilga oladilar. G’arbda qadriyatlar bilan shug’ullanadigan falsafiy soha — Aksiologiya (aksio — qadriyat, logos — ta`limot) fanining shakllangani ham ularning bunday qarashlari uchun muayyan asos bo’ladi. Biz Suqrot va Aflotun, Arastu va Hegellar katta e`tibor bergan bu mavzuning G’arb falsafasida o’z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz. Sobiq Ittifoqda qadriyatlarga munosabat qanday edi? Dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan mamlakatda qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtai nazaridan tadqiqotlar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat asrimizning 60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba`zi mutahassislar tomonidan tahlil qilina boshlagan bo’lsa-da, 90-yillargacha falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida o’z o’rniga ega bo’lmadi. Hukmron mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan mahsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya nomi bilan sobiq Ittifoqda birorta ham darslik yoki o’quv qo’llanmasi chop etilmagan, hatto universitetlarning faylasuf, jamiyatshunos, tarihchi va boshqa ijtimoiy mutahassislar tayyorlaydigan gumanitar bo’limlarida ham bu sohaga oid mahsus bilimlar berilmas edi. Qadriyatlar tug’risidagi Qarbda keng tarqalgan aksiologiya fani rivojlangan mamlakatlarda inson qadri va haq-huquqlariga doir ko’pgina tamoyillarning amaliyoti uchun nazariy asoslardan biri bo’lgan ilmiy sohalar qatoriga kiradi. Mustaqillik va qadriyatlar mavzusi. Istiqlol yillarida O’zbekistonda bu mavzuga umuminsoniy tamoyillar asosida yondashish shakllandi. Bunday qarashning vujudga kelishi, qadriyatlarning ijtimoiy va ma`naviy yangilanishi, jamiyat a`zolarining kamoloti hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati masalalariga davlat miqyosida yuksak e`tibor ko’rsatilayotganligi mazkur soha rivojining bosh yo’nalishidir. Qadriyatlarni mustaqillikni mustahkamlashning ma`naviy omillaridan biri sifatida qadrlanishi borasidagi ijobiy jarayonlar tadqiqotlarni ko’paytirish, ularga nisbatan mas`uliyatni yanada oshirishni taqozo qilmoqda. 148.Yosh avlodda ijtimoiy faslafiy bilimlarni shakllantirish va taraqqiyotimizning tamoyillari to’g’risida ilmiy xulosalalar hosil qilish zarurati. Ne-ne buyuk mutafakkir ajdodlarimiz yashab o’tgan shonli tariximizning qaysi davrini olmaylik, yurtimizda ilmu ma’rifat va ma’naviyatga, yuksak huquqiy ong va madaniyatga intilish hech qachon to’xtamaganini, bu buyuk insoniy sifatlar xalqimiz dahosining o’lmas timsoli sifatida eng og’ir va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin. Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan o’zbek xalqi ko’p ming yillik boy huquq va huquqiy madaniyat tarixiga ega. Payg’ambarimiz vafotlaridan keyin islom olamida yangi qonun va qoidalarni paydo bo’lish jarayonini to’xtadi. Ana shu davrdan boshlab barcha huquqiy muammomalar Qur`oni Karimda va Payg’ambar alayhissalom sunnatlarida korsatilib berilgan vaqonun qoidalar hal etilib xuquqiy tarbiya beriladigan boldi. Islom huquqshunosligi asosan Qur`oni Karim va sunnati nabaviya asosida shakllandi va sunnatning negizini tashkil etuvchi hadislarni jamlab kelajak avlodni huquqiy tarbiyalash ehtieji vujudga keldi. Dastlabki urinishlar natijasida Zayd ibn al-Xasanning «Majma` ul-fiqh», Malik ibn Anasning «al Muvatga» nomli vaAhmad ibn Hanbaning «al-Musnad» nomli hadislar toplamlari vujudga keldi. Lekin ushbu hadislarning mualliflari mavjud hadislarni saralab toplashni ozlariga vazifa qilib qoymasdan, muayan huquqiy tarbiyaga javob beradigan zarur hadislarni toplash bilan chegaralangan. keyinchalik bu hadis ilmi bilan shug’ullanadigan olimlar tomonidan davom ettirildi.Ulardan butun islom olamida e`tirof etiladigan «Olti ishonchli toplam» ( kutub assahih assitta) deb yuritiladigan toplamlar alohida orin tutadi. Bular Imom al-Buxoriy va imom Muslimlarning «Jome` as-sahih» (ishonchli toplam) an Nasoiy, Abu Dovud, atTermiziy va ibn Mohjalarning «As sunnan» nomli hadislar toplamlaridir. Buyuk islom olimi, faqih burhoniddin al-Marg’inoniy Qur`on va Hadisni mukammal egallab, fiqh-islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bolgan va huquqiy tarbiya sohasida beqies durdonalar yaratgan. U ta`limni dastlab Marg’ilonda, keyinchalik Samarqandga kochib borib, butun islom olamida mashhur «Al hidoya» asarini 573 yili (1170) ezgan.Bu asar ovrupo xalqlari tillariga tarjima qilinib, katta qiziqish bilan organilganligidan uning kopgina mamlakatlarda hun`un` ilmi rivojiga sezilarli ta`sir korsatganligiga shubha yoq. Jumlada «Al hidoya»ning ingliz tilidan Vishnegorskiy tarjima qilib, N.M.Grodakov tahriri ostida 1893 yili Toshkentda rus tilida nashr etilishi fikrimizning dalilidir. « Al hidoya» bir necha asrlar davomida kop musulmon mamlakatlarida, jumladan, markaziy Osieda huquqiy tarbiyaga doir eng yirik asosiy manbalardan bolib keldi. 1917 yilgi tontarishdan keyin ham, to 1930 yillargacha shariat qonun-qoidalari bekor qilinib, shoro huquq tizimi joriy qilingunga qadar u amalda boldi. 100 Chor Rossiyasi tomonidan Markaziy Osieni zabt etishdan to Oktyabr tontarishgacha mustamlakachilik zulmini otkazishda yaxshi ish bergan hujjatlar 1865 yilgi «Turkiston viloyatini boshqarish haqidagi muvaqqat Nizom», 1867 yilgi « Ettisuv vaSirdare viloyatlaridagi boshqaruv haqidagi Nizom», 1886 yilgi G` Turkiston olkasini boshqarish haqidagi Nizom», Chor Rossiyasi bilan Buxoro amirligi va Hiva xonligi ortasidagi tuzilgan shartnomalar, Turkiston generalgubernatori tomonidan tasdiqlanib, xonlik va amirlik hududidagi rus fuqarolarining huquqlarini, mulklarini, shaxsini ximoya qilish haqidagi huquqiy tarbiyaga oid hujjatlarni organish oquvchilarda katta qizig’ish uyg’otadi. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyalari fuqarolarni Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, huquqiy madaniyatini qaror topgan. 149.Tushuncha borliqni aks ettirish shakli sifatida.Tushunca va til.Terminlar va tushunchalar.Tushuncaning turlari va o’rtasidagi munosabat. Inson tushunchalar vositasida fikrlaydi va o‘zaro munosabatda aynan shu tushunchalar orqali bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dunyo va dunyo qonunlarining mohiyatini bilishi kundalik ong darajasidagi tushunchalar va ilmiy tushunchalar – kategoriyalar shaklida namoyon bo‘ladi. Tushuncha moddiy dunyodagi narsa, hodisalarning umumiy va muhim belgilari hamda xususiyatlarining inson miyasida aks ettirilishi asosida paydo bo‘ladi. Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida insonning oddiy hissiy bilish shakllari – sezgi, idrok va tasavvurdan farq qiladi. Sezgi – predmetlardagi ayrim jihatlar (rang, ta’m, hid va boshqalar)ning inson ongidagi aksidir, idrok esa predmetlarning inson miyasida to‘la, yaxlit holda in’ikos etishidir. Tasavvurda inson oldindan idrok qilgan holatlarning obrazlarini ko‘z oldida tiklaydi. Demak, ko‘rib turganimizdek sezgi, idrok, tasavvur kabi hissiy bilishning shakllari bevosita hamda ko‘rgazmalikka asoslanar ekan. Tushunchada esa muayyan bir guruh predmetlarga xos bo‘lgan muhim va zaruriy belgilar umumlashtiriladi, natijada insonning tafakkurida alohida bir xususiyatga, ya’ni shakl, rang va boshqa belgilarga ega bo‘lgan aniq bir predmet – stol yoki stul emas, balki ularning umumiy obrazi shakllanadi. Tushuncha bir-biriga o‘xshash narsa va hodisalarning umumiy hamda muhim tomonlarini ongimizda aks ettiradi. Chunki shu belgilar predmetning mohiyatini ko‘rsatadi. Tushunchaning belgilari deganda nima tushuniladi? Agar narsa-hodisalar biron jihati bilan bir-biriga o‘xshash yoki farqli bo‘lsa, shu o‘xshashlik yoki tafovut narsa va hodisalarning belgisi deb aytiladi. Biz ongimizda aks etgan narsa va hodisalarning belgisini «tushunchaning belgisi» deb ataymiz. Narsa va hodisalarning belgilari juda ko‘p. Ular predmetga bo‘lgan ahamiyati nuqtai nazaridan muhim va nomuhim belgilarga bo‘linadi. Narsa va hodisalarning ma’lum nisbatda olinganida tub xususiyatlarini ifodalovchi belgi «muhim belgi» deb ataladi. Predmetlarning mavjudlik mohiyatiga ta’sir qilmaydigan xususiyatlarini ifodalovchi belgi «nomuhim belgi» deb ataladi. Belgilarni muhim va nomuhim belgilarga ajratish nisbiydir. Chunki bu holat insonning faoliyati va tajribasiga bog‘liq hamda o‘zgaruvchandir. Inson bilim doirasiga binoan o‘zgarib boradi. Muhim belgi nomuhimga, nomuhimdan muhimga o‘tib boradi. Demak, tushunchada narsa va hodisalarning birinchidan, eng umumiy va ikkinchidan, muhim belgilari ifodalanar ekan. Narsa va hodisalarning umumiy, muhim, o‘ziga xos belgilarini insonning ongida yaxlit aks ettiruvchi tafakkur shakli «tushuncha» deyiladi. Tushunchaning turlari haqida gapirishdan oldin ularni turlarga bo‘lishning eng asosiy mezoni bo‘lmish tushunchalarning hajmi va mazmuni haqida tasavvur hosil qilishimiz lozim. Tushunchaning hajmi va mazmuni uning mantiqiy tarkibini tashkil qiladi. Tushunchaning hajmi deb, uning mohiyatini tashkil etuvchi predmetlarning yig‘indisiga aytiladi. Tushuncha o‘zida bir turkumga mansub narsa va hodisalarni birlashtiradi. Masalan, «inson», «yulduz», «jinoyat» tushunchalari. Bularning har biridan o‘z hajmiga bog‘liq bo‘lgan boshqa tushunchalar doirasida ham foydalanish mumkin. Jumladan, «inson» tushunchasida o‘tgan, hozir va kelajakda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha odamlar haqidagi bilimlar mujassamlashtiriladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tushunchaning mantiqiy tuzilishi bir tomondan uning hajmi bilan ifodalansa, ikkinchi tomondan mazmuni bilan ifodalanadi. Narsa va hodisalarning tushunchada aks etgan muhim belgilarining yig‘indisiga tushunchaning mazmuni deyiladi. Ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, tushunchaning mazmuni, unda ifodalanishi mumkin bo‘lgan barcha muhim belgilarni aks ettirar ekan. Masalan, «ziyoli o‘qituvchi». «Ziyoli» tushunchasi o‘zida madaniyat, ilm, ma’naviyat sohibini gavdalantiradi. Tushuncha hajm va mazmun birligidan iborat. Shuning uchun hajmsiz mazmunli, mazmunsiz hajmli tushunchalar bo‘lmaydi. 150.Bilishda mantiqning ahamiyati. Har qanday fikr tilda ifodalanadi: tushunchalar so’z va so’z birikmalari bilan, hukmlar gap, xulosa chiqarish esa bir necha o’zaro aloqador gaplar bilan. Til – axborotlarni uzatish uchun xizmat qiluvchi belgilar sistemasidir. Til vositasida kishilar o’z fikrlarini ifodalaydi, o’zaro axborotlarni almashadi, saqlaydi hamda atrof olamni anglaydi. Til va tafakkur uzviy bog’liq, lekin aynan mos kelmaydi. Fikrlar ideal bo’lib, real mavjud predmetlarni, ularning xususiyat va munosabatlarini obrazlar shaklida ifodalaydi. Til – fikrning og’zaki nutq va yozma nutq belgilarida moddiy ifodalanishidir. Tilni mantiqiy tahlil qilishda biz uni belgilar sistemasi deb atadik. Belgi – bilish jarayonida ma'lum bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi moddiy ob'ektdir. Belgilarning qo’yidagi uch tipini ajratish mumkin: belgi – indekslar; belgi – obrazlar; Belgi– indekslar o’zi ifodalayotgan ob'ekt bilan sabab-oqibat sifatida bog’liq. Masalan: inson tanasi haroratining ko’tarilishi kasallikni bildiradi. Belgi – obrazlar o’zi ifodalayotgan predmet haqida bevosita axborot tashiydi. Masalan: predmetlarning surati. Belgi – simvollar o’zi ifodalayotgan ob'ekt bilan oqibat va moslik munosabatida bo’lmaydi. Mantiqda mana shu belgilar? Ya’ni til belgilari o’rganiladi. Belgilar o’z ma'no va mazmuniga ega. Til belgisining ma'nosini u ifoda qilayotgan predmetning xarakteristikasi tashkil etadi. Til belgisining mazmunini u ifoda qilayotgan predmetlar yig’indisi tashkil etadi. Ba'zi belgilar o’z mazmuniga ega bo’lmaydi. Masalan, doirasimon kvadrat. Ba'zi belgilar esa o’z ma'nosiga ega emas. Belgilarning bilish jarayonidagi rolini dastlab Aristotel tadqiq qilgan. Keyinchalik bu muammo bilan Leybnits va boshqa olimlar shug’ullanishgan. Belgilar haqidagi ta'limot ayniqsa XIX asrda lingvistika va simvolik mantiq talablarini oshishi bilan rivojlandi. Belgilar haqidagi fan – semiotikaga amerikalik faylasuf Charlz Pirs (1839-1914) asos soldi. Bu fan tilning uch jihatini o’rganuvchi uch bo’limga bo’linadi. Belgi– indekslar o’zi ifodalayotgan ob'ekt bilan sabab-oqibat sifatida bog’liq. Masalan: inson tanasi haroratining ko’tarilishi kasallikni bildiradi. Belgi – obrazlar o’zi ifodalayotgan predmet haqida bevosita axborot tashiydi. Masalan: predmetlarning surati. Belgi – simvollar o’zi ifodalayotgan ob'ekt bilan oqibat va moslik munosabatida bo’lmaydi. Mantiqda mana shu belgilar? Ya’ni til belgilari o’rganiladi. Belgilar o’z ma'no va mazmuniga ega. Til belgisining ma'nosini u ifoda qilayotgan predmetning xarakteristikasi tashkil etadi. Til belgisining mazmunini u ifoda qilayotgan predmetlar yig’indisi tashkil etadi. Ba'zi belgilar o’z mazmuniga ega bo’lmaydi. Masalan, doirasimon kvadrat. Ba'zi belgilar esa o’z ma'nosiga ega emas. Belgilarning bilish jarayonidagi rolini dastlab Aristotel tadqiq qilgan. Keyinchalik bu muammo bilan Leybnits va boshqa olimlar shug’ullanishgan. Belgilar haqidagi ta'limot ayniqsa XIX asrda lingvistika va simvolik mantiq talablarini oshishi bilan rivojlandi. Belgilar haqidagi fan – semiotikaga amerikalik faylasuf Charlz Pirs (1839-1914) asos soldi. Bu fan tilning uch jihatini o’rganuvchi uch bo’limga bo’linadi. 151.Xalq bilan muloqot kasbiy soha xodimlarining axloqiy va estetik tafakkurini rivojlantirish vositasi. Muloqot - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir. Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot aslida juda murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: «Muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi: a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni; b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni». Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o`rni Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo`lish imkoniyatidan mahrum bo`lgan odam o`zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo`lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funkqiyalarini tahlil qilamiz. Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o`zaro bir - birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o`zbeklarda samimiy salom - alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O`zbek xalqining eng nodir va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko`rishadi, so`rashadi, xol - ahvol so`raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog`da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o`ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o`g`rilanib ketilishi, so`ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo`lishi faktlari shuni ko`rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini ham cheklashi ko`plab psixologik eksperimentlarda o`z isbotini topdi. Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo`li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o`zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko`plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni odamni yolg`izlatib qo`yishning uning ruhiyatiga ta’siri o`rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo`lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan yolg`izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o`zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o`zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o`rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg`izlik va muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, xadiksirash, xavotirlanish, o`ziga ishonchsizlik, qayg`u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg`izlikka mahkum bo`lganlar ma’lum vaqt o`tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko`rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo`lsa, keyinchalik nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo`lar ekan. Masalan, bir M.Sifr degan olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g`or ichida yashagan ekan. Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o`tgach, u turgan yerda bir o`rgimchakni ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u shu hayotsiz g`or ichidagi tanho tirik mavjudotlar edik. Men o`rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri uchun qayg`ura boshladim...» Shaxsning muloqotga bo`lgan ehtiyojining to`la qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko`rsatadi. 152.Tushunchani izohlang. Inson tushunchalar vositasida fikrlaydi va o‘zaro munosabatda aynan shu tushunchalar orqali bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Insonning dunyo va dunyo qonunlarining mohiyatini bilishi kundalik ong darajasidagi tushunchalar va ilmiy tushunchalar – kategoriyalar shaklida namoyon bo‘ladi. Tushuncha moddiy dunyodagi narsa, hodisalarning umumiy va muhim belgilari hamda xususiyatlarining inson miyasida aks ettirilishi asosida paydo bo‘ladi. Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida insonning oddiy hissiy bilish shakllari – sezgi, idrok va tasavvurdan farq qiladi. Sezgi – predmetlardagi ayrim jihatlar (rang, ta’m, hid va boshqalar)ning inson ongidagi aksidir, idrok esa predmetlarning inson miyasida to‘la, yaxlit holda in’ikos etishidir. Tasavvurda inson oldindan idrok qilgan holatlarning obrazlarini ko‘z oldida tiklaydi. Demak, ko‘rib turganimizdek sezgi, idrok, tasavvur kabi hissiy bilishning shakllari bevosita hamda ko‘rgazmalikka asoslaar ekan. Tushunchada esa muayyan bir guruh predmetlarga xos bo‘lgan muhim va zaruriy belgilar umumlashtiriladi, natijada insonning tafakkurida alohida bir xususiyatga, ya’ni shakl, rang va boshqa belgilarga ega bo‘lgan aniq bir predmet – stol yoki stul emas, balki ularning umumiy obrazi shakllanadi. Tushuncha bir-biriga o‘xshash narsa va hodisalarning umumiy hamda muhim tomonlarini ongimizda aks ettiradi. Chunki shu belgilar predmetning mohiyatini ko‘rsatadi. Tushunchaning belgilari deganda nima tushuniladi? Agar narsa-hodisalar biron jihati bilan bir-biriga o‘xshash yoki farqli bo‘lsa, shu o‘xshashlik yoki tafovut narsa va hodisalarning belgisi deb aytiladi. Biz ongimizda aks etgan narsa va hodisalarning belgisini «tushunchaning belgisi» deb ataymiz. Narsa va hodisalarning belgilari juda ko‘p. Ular predmetga bo‘lgan ahamiyati nuqtai nazaridan muhim va nomuhim belgilarga bo‘linadi. Narsa va hodisalarning ma’lum nisbatda olinganida tub xususiyatlarini ifodalovchi belgi «muhim belgi» deb ataladi. Predmetlarning mavjudlik mohiyatiga ta’sir qilmaydigan xususiyatlarini ifodalovchi belgi «nomuhim belgi» deb ataladi. Belgilarni muhim va nomuhim belgilarga ajratish nisbiydir. Chunki bu holat insonning faoliyati va tajribasiga bog‘liq hamda o‘zgaruvchandir. Inson bilim doirasiga binoan o‘zgarib boradi. Muhim belgi nomuhimga, nomuhimdan muhimga o‘tib boradi. Demak, tushunchada narsa va hodisalarning birinchidan, eng umumiy va ikkinchidan, muhim belgilari ifodalanar ekan. Narsa va hodisalarning umumiy, muhim, o‘ziga xos belgilarini insonning ongida yaxlit aks ettiruvchi tafakkur shakli «tushuncha» deyiladi. Tushuncha haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘lganimizdan so‘ng uning shakllanishi asoslarini, boshqacha aytganda, tushuncha shakllanishining mantiqiy usullarini bilishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tushunchaning shakllanishida taqqoslash, analiz, sintez, mavhumlashtirish va umumlashtirish kabi mantiqiy usullar muhim rol o‘ynaydi. Muayyan narsa haqida tushuncha hosil qilish uchun dastlab ushbu predmetning boshqalar bilan o‘xshashligi yoki farqini aniqlash lozim. Aynan shu vazifani bajaruvchi mantiqiy usul «taqqoslash» hisoblanadi. Tushunchani hosil qilishda foydalaniladigan yana bir muhim mantiqiy usul bu analiz va sintez. Tafakkurda analiz va sintez mavhum tushunchalar yordamida amalga oshiriladi va bunday tushunchalarni vujudga keltirishda asosiy usullardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bilishda u – taqqoslash, mavhumlashtirish va umumiylashtirish usullari bilan bog‘lab qo‘llaniladi. Mantiqiy analiz – tadqiq etuvchi obyektni tarkibiy qismlarga ajratib o‘rganish. Ma’lumki, obyektiv voqelik nihoyatda murakkab bo‘lib, u aniq narsa va hodisalardan tashkil topadi. Ular esa o‘z navbatida xilma-xil xususiyat va sifatlarga ega. Bunday hodisa va narsalarni bilish va ular to‘g‘risidagi bilimlarimizni chuqurlashtirish uchun bu murakkab narsalarni tarkibiy qism, element hamda bo‘laklarga fikran ajratish, ya’ni analiz qilish zarur. Masalan, tergovchi jinoyatning mohiyatiga yetish uchun uni turli xil versiya (taxmin)lar asosida tahlil qilib ko‘radi. Jinoyat joyini ko‘zdan kechiradi, guvohlar bilan ishlaydi, har bir harakatni o‘z fikrlarida qaytadan tiklaydi. Bunda fikriy tahlil amaliy tahlil bilan bog‘liq bo‘ladi. Lekin analiz fikrlash jarayonida alohida uchramaydi, u har doim sintez bilan birgalikda, u bilan bog‘liq holda keladi. Sintez – analiz yordamida butunning bo‘laklarga ajratilgan qismlari, elementlarini yana fikran to‘plab, yaxlit holda o‘rganish. Bir obyektni o‘rganish jarayonida uni avvalo bo‘laklarga ajratib, so‘ng bu bo‘laklarni yana bir butunga to‘playmiz. Bunda sintez bevosita amaliy sintez bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Masalan, tergovchi jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirayotganda, dastlab turli xil dalillarni guruhlarga ajratadi (tahlil qiladi), so‘ng bu ma’lumotlarni yig‘ib, sintez qiladi. Sintezlashtirish jarayonida fikr yakkadan umumiyga, qismdan butunga, konkretdan abstraktga boradi. Sintez analiz (tahlil)ga asoslanadi va bilishda tushunchalarning vujudga kelishini yakunlaydi. Tushunchaning vujudga kelishi, umuman obyektiv reallikdagi narsa va hodisalar hamda ularning xususiyatlarini tafakkurda aks ettirishning eng muhim xususiyatlaridan biri bu abstraksiyalash, ya’ni mavhumlashtirishdir. Mavhumlashtirish – obyektiv reallikdagi narsa-hodisalarni ikkinchi darajali, muhim bo‘lmagan alohida xususiyatlaridan uzoqlashib, mavhumlashtirish yordamida ularning eng muhim, asosiy va umumiy tomonlarini aniqlash. Olamni ilmiy o‘rganishda hodisalarning ichki mohiyatini ochish va ular haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarish uchun mavhumlashtirishning ahamiyati juda katta. Mavhumlashtirish bu fikrlash qobiliyatidir. O‘quvchini mavhumlashtirishga o‘rgatish uning ilm-fanni egallash, konkret hodisalarning umumiy tomonlarini bila olishi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Ilmiy mavhumlashtirish predmetlarning konkret belgilaridan uzoqlashgan holda ularni chuqurroq bilishga xizmat qiladi. 153.tushunchaning mazmuni nima? Tushuncha – bu predmetlarning zaruriy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Mantiqda predmet tafakkur predmeti sifatida nazarda tutiladi. Unga buyumlar (kitob, qalam), buyumlarning xossalari (issiq, sovuq), buyumlar munosabati (yaqin, uzoq), jarayonlar (o’qimoq, yozmoq) kiradi. Fikr predmetida nafaqat real mavjud bo’lgan buyumlar, balki xossa va munosabat hamda inson ongidagi g’oya, nazariya kabilar ham tushuniladi. Predmet belgilari deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o’xshashligini ifoda qiluvchi tomonlar, munosabatlar va xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olamdagi boshqa predmetlar bilan aloqada bo’lganligi uchun o’zining ko’pgina belgilariga ega bo’ladi. Bu belgilar: 1) yakka va umumiy, 2) muhim va nomuhim, 3) zaruriy va tasodifiy, 4) ijobiy va salbiyga bo’linadi. Belgining faqat bir predmetga xos bo’lganlari yakka, bir qancha predmetlarga xos bo’lganlari umumiy belgilar hisoblanadi. Masalan: Xitoyning dunyoda aholisi soniga ko’ra eng katta davlat ekanligi yakka belgi, Osiyoda joylashgan davlat ekanligi umumiy belgi hisoblanadi.Tushunchada predmet o’zining muhim belgilari orqali fikr qilinadi, nomuhim belgilar predmetda mavjud bo’ladi, lekin uning mohiyatini ochib bermaydi. Masalan: o’simliklarning bir yillik yoki ko’p yillik ekanligi muhim belgi, kim tomonidan ekilganligi nomuhim belgi hisoblanadi. Ba'zi hollarda muhim belgilar nomuhimga, nomuhim belgilar esa muhimga aylanadi. Zaruriy belgilar predmetning mavjudligi bilan uzviy bog’liqdir va uning yo’qolishidan predmet ham mavjud bo’lmaydi. Tasodifiy belgilarning yo’qolishidan predmet o’z mohiyatini yo’qotmaydi. Avtomobilning rangi tasodifiy belgi, uning dvigatelining mavjudligi zaruriy belgi. Ma'lum xossalarning mavjud va mavjud emasligiga qarab belgilar ijobiy va salbiy belgilarga bo’linadi. Masalan: talabalarni qobiliyatli(ijobiy) va qobiliyatsizlarga (salbiy) ajratish mumkin. Tushuncha tafakkur shakli bo’lganligi uchun yuqorida aytilganidek sezgi, idrok va tasavvurdan farqli o’laroq unda predmetning yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazi aks etadi. Tushuncha predmetlarning muhim belgilarini in'ikos qilishi, mohiyatini aks ettirishi bilan hissiy bilish shakllariga ko’ra borliqni chuqurroq, to’laroq ifodalaydi. Tushuncha inson miyasida to’g’ridan-to’g’ri aks etmasdan, ma'lum bir mantiqiy usullardan foydalanish orqali hosil bo’ladi. Bu usullarga taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish kiradi: a) taqqoslash yordamida predmetlarni boshqalari bilan o’zaro solishtirilib, ularning o’xshash va umumiy belgilari hamda boshqalaridan ajratib turuvchi yakka belgilari aniqlanadi; b) analiz yordamida predmetni fikran tashkil qiluvchi muhim belgilar alohida ajratilib, har qaysisi o’rganiladi. Sintez analizga teskari jarayon bo’lib, unda fikran ajratilgan predmetning belgilari birlashtirilib, bir butun holga ketiriladi. Sintez yordamida predmet haqida yaxlit fikr hosil qilinadi; c) abstraktsiyalash yordamida predmetning umumiy va yakka belgilaridan uning mohiyatini tashkil etuvchi muhim tomonlarlariga o’tiladi hamda nomuhimlaridan chetlashiladi; d) umumlashtirishda predmetlarning ayrim umumiy o’xshash, muhim xususiyatlariga ko’ra bitta umumiy tushunchaga birlashtiriladi va shu yordamida umumiy belgiga ega predmetlarning sinfi haqida fikr yuritiladi. Tushunchalar so’z va so’z birikmalari orqali ifodalanadi. Masalan: “kitob”, “kompyuter”, “Navoiy shahri”, “Birlashgan millatlar tashkiloti” va hakozo. Tushuncha va so’zning aloqadorligi tafakkur bilan tilning bog’liqligidan kelib chiqadi. Tushuncha va so’z aynan bir xil bo’lmasdan bir tushuncha turli xil tillarda turlicha ifodalanadi yoki ba'zi so’zlar (bog’lovchilar) tushunchalarni ifodalamaydi. Turli fan sohalarga oid tushunchalarni tushunchalarni mazmunini aniq ifodalash uchun maxsus terminlardan foydalaniladi. Tushunchaning mazmuni va hajmiga ko’ra turlari. Tushunchalar o’zining mazmuni va hajmiga ega. Tushunchaning mazmuni unda fikr qilinayotgan predmet va hodisalarning muhim belgilari yig’indisini tashkil etadi. Masalan: “jinoyat” tushunchasining mazmunini ijtimoiy xavfli, qonunga zid bo’lgan hatti-harakatlar tashkil etadi, hajmiga esa o’g’irlik, jonga qasd qilish, ta'magirlik va hakozalar kiradi. O’z hajmiga ko’ra ikki yoki undan ortiq predmetlardan tashkil topgan tushunchalar mantiqiy sinf deyiladi. Sinflar uni hajmini tashkil etgan kichik sinflardan va yakka predmetlarni ifodalovchi sinf elementlaridan tashkil topadi. Masalan: o’simlik – sinf, daraxt – kichik sinf, archa daraxti – sinf elementi hisoblanadi. Mantiqda tushunchalar hajmiga ko’ra universal sinf (Osiyo mamlakatlari), yakka sinf (O’zbekiston Respublikasi) va bo’sh sinflar (aylana kvadrat)ga ajratiladi. Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog’liq bo’lib, u tushunchaning mazmuni va hajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Unga muvofiq tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha. 154.Bilish metodologiyasi nima? • Insonning o‘zini qurshagan dunyoda mo‘ljal olish funksiyasini bilim bajaradi. • Bilim – inson ong yordamida oladigan dunyo haqidagi ma’lumotlarning eng • oliy • darajasidir. Bilish va bilim to‘g‘risida so‘z yuritganda o‘rta asrlardagi kabi • bilim va e’tiqodni qaramaqarshi qo‘yish yaramaydi. E’tiqod – moddiy va • ma’naviy dunyo narsalari, jarayonlari va hodisalarini dalil-isbotsiz bilish • demak. «Men Xudoning borligiga ishonaman»; «men yaqinda bahor • kelishiga ishonaman»; «men o‘z ishimning muvaffaqiyatiga ishonaman» va • h.k. va sh.k. E’tiqod – bu insonning ishonchi. Bilim bizga aniq-ravshan • ko‘rinib turadigan narsalarni kashf • etish imkonini bersa, e’tiqod, ishonch insonga hozircha ko‘rinmaydigan sirli • narsalarni aniqlashga yordam beradi. Shu tariqa e’tiqod bilish jarayonida • faol ishtirok etadi va uning muhim unsuri hisoblanadi. Biroq, shu bilan bir • vaqtda, zamirida aqlning so‘qirligi, mutaassiblik va insonning kuchsizligi • yotuvchi soxta e’tiqod ham mavjudligini qayd etib o‘tish lozim. • Bilish – inson qo‘lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi. Bu axborotni • u bilish muammolari va vazifalarini qo‘yish va echish yo‘li bilan, izchil • anglab etadi. Axborot miyaning mvhumlashtiruvchi faoliyati yordamida • belgi shaklini (2 2 4) kasb etadiki, bu unga ishlov berish, saqlash va • keyinchalik undan foydalanish uchun qulaydir. • Bilish inson izchil va ijodiy faoliyatining ijtimoiy jarayoni bo‘lib, unda tashqi • dunyoning ideal obrazlari yuzaga keladi va bilish maqsadi bo‘lgan bilim • shakllanadi. • Bilish predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o‘rin olgan • muayyan jihatlar. Masalan, inson juda ko‘p fanlar – biologiya, tibbiyot, • psixologiya, sotsiologiya, falsafa va hokazolarning tadqiqot ob’ekti • hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o‘rganishga o‘z nuqtai nazaridan • yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq- • atvorini, tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini • o‘rganadi va h.k. Binobarin, tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim • mo‘ljali kiradi, ya’ni u tadqiqot vazifasi nuqtai nazaridan shakllanadi. • Ma’lumki, inson tarix yaratuvchisi, sub’ekti hisoblanadi, o‘z tarixiy • mavjudligining zarur shart-sharoitlari va asoslarini o‘zi yaratadi. Ijtimoiy- • tarixiy bilish ob’ekti odamlar tomonidan nafaqat o‘rganiladi, balki yaratiladi • ham, demak, ob’ektga aylanishdan oldin u yaratilishi, shakllantirilishi lozim. • GNOSEOLOGIYANING MOHIYATI VA MAZMUNI. «Gnoseologiya» - sof • falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – • ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi - «bilish • haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Download 73.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling