13- AMALIY MASHG’ULOT. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlag‘ich sinflarda o‘qitish mazmuni.(4soat)
Mashg’ulot maqsadi:Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlag‘ich sinflarda o‘qitish mazmuni o’rganish bo’yicha ma’lumotga ega bo’lish, tajribada sinash.
Mashg’ulot jihozi: darslik daftar, tarqatma materiallar, doska, bo’r, marker va visual tarqatmalar va boshqalar.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar.
Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
Keys uchun vaziyat.
1.Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
Tanlab olib o’qitiladigan ixtisoslashgan sinfdagi o’quvchilar, nisbatan zukkoligi, o’zlashtirish sur’atining tezligi, qobiliyati, umuman, o’qishga munosabati yuqoriligi bilan boshqalardan ajralib turgani sababli bu sinflar uchun tuzuladigan matematika dasturi ham ma’lum darajada yuqoriroq saviyada bo’ladi. Umuman, har ikkala sinfda ham o’quv ma’lumotlari birdek uzviy qiziqarli bo’lsa ham ixtisoslashgan sinflar dasturi murakkabroq, chuqurroq va kengroq bo’lib hajmi ham kattaroqdir.
Yuqoridagi mulohazalarga ko’ra umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida matematika o’qitish haftasiga 5 soat va ixtisoslashgan maktablarda haftasiga 6 soat deb belgilanishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Har qaysi turdagi maktablar uchun o’quv ma’lumotlari sinflar bo’yicha alohida taqsimlanadi.
2.Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
Matematik ixtisoslashtirilgan sinflarda o`qitishning qulayligi.
Matematik ixtisoslashtirilgan sinflarda o`qituvchi qanday usullardan foydalanib dars o`tishi kerak.
1. Qisqa sharti bo‘yicha masala tuzing va yeching.
Bir to‘pda – 45 m. Ikkinchisida – 20 m. Ishlatildi – 44 m.
Qoldi - m ?
2. Masalani yeching.
Sotuvchi tushgacha 36 kg va tushdan so‘ng 42 kg kartoshka sotdi. Sotuvchi bir kunda qancha kartoshka sotgan?
3. Qisqa sharti bo‘yicha masala tuzing va yeching.
Bor edi - ?
Ishlatildi – 8 kg va 5 kg Qoldi – 42 kg
Javob:_____________________
4. Masalani yeching.
Sotuvchi tushgacha 26 kg va tushdan keyin 22 kg sabzi sotdi. Sotuvchi bir kunda qancha sabzi sotgan?
Javob:_____________________
SONLI IFODALAR
27 + 3 – bu 27 va 3 sonlar yig‘indisi u 30 ga tеng.
42 – 8 – bu 42 va 8 sonlar ayirmasi. U 4 ga tеng.
27 + 3 va 42 – 8 – bular sonli ifodalar, yoki qisqacha ifodalardir.
5. Ifodani taqqoslang va ma’nosini tushuntiring:
45 + 5 va 45 – 5
14 + 5 va 14 – 5
54 + 2 va 54 – 2;
Ikkita sonni taqqoslash dеganda ulardan qaysi biri katta va qaysi biri kichik ekanini aniqlab tushuniladi. Taqqoslash eng yuqori xona birligidan boshlanadi.
6. Sonlarni taqqoslang:
62 va 60 85 va 74 43 va 76 98 va 89
21 va 32 77 va 43 67 va 76 90 va 85
7. Asal idish bilan 58 kg. Agar idish 8 kg bo‘lsa, idishda qancha asal bor?
8. Ifoda yozing va uning qiymatini toping:
1) 2 va 9; 5 va 6; 7 va 7 sonlar yig‘indisi.
2) 16 va 7; 14 va 6; 12 va 4 sonlar ayirmasi.
9. Taqqoslang.
45 – 10 * 45 – 8 23 + 5 * 27 + 5
18 + 40 * 18 + 30 56 – 4 * 52 – 4
Keys uchun vaziyat
Matematika darsi. O’qituvchi o’quvchilardan o’tilgan bob yuzasidan takrorlash darsini boshladi. O’qituvchi ko’paytirish jadvalini o’quvchilardan so’ray boshladi. Shu sinfda o’quvchi Alisher ismli bola yiqilib oyog’i shikastlanganligi uchun shu vaqt mobaynidagi darslarni o’zlashtira ololmay qoldi. O ‘qituvchi Alisherga savol berdi. Alisher savolga javob bera olmay yerga qarab qoldi. O’qituvchi unga ikki baho qo’ydi. Alisher savolga javob bera olmaganini sababini tushuntirmoqchi bo’ldi. Ammo o’qituvchi unga “qoldirgan darslaringni o’zing mustaqil o’zlashtirishing kerak edi” dedi.
Tahlil uchun savollar:
Bu vaziyatga baho bering.
Sizningcha o’qituvchining qilgan harakatlari o’rinlimi?
Bu holatning davom etishi qanday oqibatlarga olib keladi?
Sizning bu vaziyatdagi yechimingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |