13 – laboratoriya ishi Mavzu: Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish. Ishni bajarishdan maqsad


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1165960
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Laboratoriya 13-18

18-laboratoriya ishi 
Mavzu:
IMS kuchaytirgichni parametrlarini tadqiq etish
 
Ishni bajarishdan maqsad: IMS larning tayanch elementlarining 
ishlash prinsiplarini o‘rganish
Boshlang‘ich ma’lumotlar 
KMOP-seriyali IMS larning tayanch elementlarini ko‘rib chiqaylik. 
KMOP-invertor bunday elementlarning eng soddasi bo‘lib hisoblanadi. 


KMOP-invertor har xil turdagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita 
KMOP-tranzistordan tashkil topgan, n-turdagi tranzistorning istoki nol 
potensialga ega bo‘lgan shinaga va r-turdagi tranzistorning istoki esa 
ta’minlash manbasining musbat shinasiga ulanadi. Sxema EMAS 
mantiqiy amalini amalga oshiradi.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
1. 
Multisim-2001 
dasturida 
KMOP-invertorning 
o‘tkazish 
xarakteristikasini olish sxemasini tuzing (1-rasm).
18.1-rasm. KMOP-invertorning o‘tkazish xarakteristikasini olish sxemasi 
2. Xarakteristikasini olish uchun Multisim-2001 dasturining Simulate 
menyusidan avval Analyses va keyin DC Sweep bo‘limlari tanlanadi (2-
rasm). 
18.2-rasm. Multisim-2001 dasturining Simulate menyusi 
3. Hosil bo‘ladigan oynaning Analysis Parameters bo‘limida 
o‘zgartirilishi 
zarur 
bo‘lgan 
parametrning 
(masalan, 
kirish 


kuchlanishining) boshlang‘ich Start value va so‘nggi Stop value 
qiymatlari hamda o‘zgarish qadami Increment ko‘rsating (18.3-rasm). 
18.3-rasm. Multisim-2001 dasturining Analysis Parameters bo‘limi 
4. Oynaning Output variables bo‘limi tanlang va uning zanjirdagi 
o‘zgaruvchilar Variables in circuit bo‘limida xarakteristikani qurishda 
zarur bo‘ladigan o‘zgaruvchilar belgilab modellash davomidagi grafiklar 
Plot during simulation knopkasini bosish yo‘li bilan oynaning tahlil uchun 
tanlangan o‘zgaruvchilar Selected variables for analysis bo‘limiga 
o‘tkazing (18.4-rasm).
18.4-rasm. Xarakteristikani qurishda zarur bo‘ladigan o‘zgaruvchilarni 
tanlash 
5. Xarakteristikani olish uchun oynadagi Simulate knopkasi bosing. 
Ekranda 5-rasmdagiga o‘xshash xarakteristika hosil bo‘ladi. 


18.5-rasm. KMOP-invertorning o‘tkazish xarakteristikasi 
6. YOKI-EMAS funksiyasini amalga oshirish uchun n-turdagi MOP-
tranzistorlarni parallel va r-turdagi MOP-tranzistorlarni ketma-ket ulang 
(6-rasm). Bundan tashqari har bir kirishda n-turdagi va r-turdagi 
tranzistorlarning zatvorlari mos ravishda o‘zaro birlashtiring.
7. YOKI-EMAS sxemaning X1 kirishiga yuqori sathli signal bering va 
VT1 tranzistorning ochilishi hamda VT4 tranzistorning yopilishiga 
e’tibor bering.
8. Sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling.
9. Sxemaning ikkala kirishiga ham (X1 va X2) past sathli signal bering 
(7-rasm) va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling. 
10. Sxemaning ikkala kirishiga ham yuqori sathli signal bering (8-
rasm) va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling. 
18.6-rasm. YOKI-EMAS funksiyasini amalga oshirish


18.7-rasm. YOKI-EMAS sxemaning ishlashi 
18.8-rasm. YOKI-EMAS sxemaning ishlashi 
11. VA-EMAS funksiyasini amalga oshirish uchun (9-rasm) n-turdagi
MOP-tranzistorlarni ketma-ket va r-turdagi MOP-tranzistorlarni parallel 
ulang.
12. Sxemaning kirishlaridan biriga past va ikkinchisiga yuqori sathli 
signal bering va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling. 
13. Sxemaning ikkala kirishiga ham (X1 va X2) past sathli signal 
bering va sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling. 
14. Sxemaning ikkala kirishiga ham yuqori sathli signal bering va 
sxemaning chiqishidagi signalni yozib oling. 


18.9-rasm.VA-EMAS funksiyasini amalga oshirish 
 
 
Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot 
Hisobotda quyidagilar keltiriladi. 
1. Ishni bajarishdan maqsad. 
2. Tajribalarni o‘tkazishda foydalanilgan sxemalar. 
3. Olingan natijalar jadval va grafiklar ko‘rinishida. 
4. Olingan natijalarning tahlili. 
4. Bajarilgan ish bo‘yicha xulosalar. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling