13 – laboratoriya ishi Mavzu: Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish. Ishni bajarishdan maqsad
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya 13-18
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq
13 – laboratoriya ishi Mavzu: Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish. Ishni bajarishdan maqsad: Emitter qaytargich sxemasini tadqiq etish usullarini o’rganish Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha qurish uchun sxema 13.1-rasmda keltirilgan. Tranzistorning kirish xarakteristikasi kolektor-emitter kuchlanishining ma’lum qiymatlarida baza-emitter kuchlanishi va baza toki orasidagi bog‘lanish sifatida olinadi, ya’ni I B = f(U BE ), U KE =const. 13.1-rasm. Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha qurish uchun sxema 1.Sxemada funksional generator GEN, qarshiligi 10 kOm bo‘lgan rezistor, ampermetr, voltmetr,tranzistor, probel klavishasi bilan boshqariluvchi kalit SS va ikkita o‘zgarmas kuchlanish manbasi mavjud. SS kalit yordamida tranzistorning kolektor-emitter kuchlanishi 0V dan 12V ga yoki aksincha o‘zgartiriladi. Tranzistorning bazasiga rezistor orqali beriladigan kuchlanish GEN generatorning Offset parametrini o‘zgartirish yo‘li bilan 0V dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartiriladi. Ampermetr baza tokini, voltmetr esa baza- emitter kuchlanishini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq: 1. Tranzistorning kirish xarakteristikasini nuqtalar bo‘yicha olish uchun 1-rasmda ko‘rsatilgan sxemani yig‘ing. 2. SS kalitni tranzistorning kollektoridagi potensial nol bo‘ladigan (U KE =0) holatga o‘tkazing. 3. Ekranning o‘ng yuqori burchagidagi tugmani bosib sxemani ishga tushiring. 4. Funksional generator Offset parametrining qiymatini 0 dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartirib ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishlarini yozib oling. Olingan natijalarni 1-jadvalga yozing. 13.1-jadval. UE sxemasi bo‘yicha ulangan tranzistorning kirish xarakteristikalari U KE , V V 0 1 2 3 4 8 12 0 U, V I, mkA 12 U, V I, mkA 5. SS kalitni tranzistorning kollektoridagi potensial 12V bo‘ladigan (U KE =12V) holatga o‘tkazing. 6. Funksional generator Offset parametrining qiymatini 0 dan 12V gacha 1V qadam bilan o‘zgartirib ampermetr va voltmetrning ko‘rsatishlarini yozib oling va ularni 1-jadvalda keltiring. 7. Olingan natijalarga asosan umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorning statik volt-amper xarakteristikalarini U KE =0V va U KE =12V uchun quring. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling