13- ma’ruza. Pardoz qoplamalari ishlarini bajarish texnologiyasi. Ma’ruza rejasi


Download 1.65 Mb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1015702
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-Ma\'ruza


13- MA’RUZA. PARDOZ QOPLAMALARI ISHLARINI BAJARISH TEXNOLOGIYASI.
Ma’ruza rejasi:
1. Yuzalarni koshinlash jarayonlari texnologiyasi. Devorlarni koshinlashni konstruktiv elementlari va turlari. Koshinlash ishlari uchun materiallar. Koshinlash plitkalari. Sintetik koshinlash materiallari.
2. Yuzalarni keramik, shisha va glazurlangan plitkalar bilan koshinlash. Yuzalarni listli materiallar bilan koshinlash. Yuzalarni «KNAUF» materiallari bilan pardozlash.

  1. Yuzalarni koshinlash jarayonlari texnologiyasi. Devorlarni koshinlashni konstruktiv elementlari va turlari. Koshinlash

ishlari uchun materiallar. Koshinlash plitkalari.
Sintetik koshinlash materiallari.

Bino va inshootlar konstruksiyalarini atmosfera, mexanik va kimyoviy ta’sirlardan himoya qilish, shovqinni kamaytirish. Hamda ichki va tashqi devorlarni bezash uchun ularning ustiga turli materiallar qoplanadi.


Ichki va tashqi devorlarga, sun’iy plitalar, bezakli g‘isht, tabiiy tosh metallar qoplanadi. Binoning turli qismlaridagi devorlarga tabiiy tosh – granit, marmar,ohaktosh, tizf va boshqalar qoplanadi. Bunday tabiiy toshlar ko‘pgina afzalliklarga ega – mustahkamlik, umrboqiylik bu toshlarga turli fak-tura, bezak va shaklbera olish imkoniyatini shular jumlasidandir.
Bino va inshootlar fasadlari uchun qoplama plita va detallar qo‘llaniladi. Sun’iy plitalar qoplab bino fasadini bezash qoplash ishlarini ancha engillashtiradi va arzonlashtiradi. Bunda bino tashqi ko‘rinishi deyarli o‘zgarmaydi. Keng qo‘llaniladigan sun’iy qoplamalar – manzarali beton va sopol plitalaridir. Bino fasadlari, vaskibollar, zinapoyalar devorlariga g‘isht va tosh qo‘llaniladi. Turli rang vashakldagi sopol fasad plitkalari tashqi g‘ishtli devorlar, panel va yirik blokli binolar, lodjiya, erker, deraza va eshik g‘ishtlari uchun muljallangan. Fasadlarni bezash uchun toblangan varaqli turli rangdagi shisha qo‘llaniladi.
Ichki tomonni bezashda sopol qoplama materiallar bilan bir qatorda devor va shiftlar uchun akustik va issiqlik ximoya qoplamalar qo‘llaniladi. Bunday qoplamalar tarkibiga mineral paxtali donalar va bog‘lovchilar kiradigan manzarali plitalar yordamida bajariladi. Devor terilgan paytda tashqi tomondan Yuza g‘isht terib ketiladi, qurilish ishlari tugaganidan so‘ng sopol plitkalar o‘rnatiladi.
Yuzalarga material qoplash texnologik jarayoni tarkibiga qo‘yidagi operatsiyalar kiradi:

  • qoplash maxsulotlarini saralash, tozalash va tayyorlash;

  • qorishma, elimli tarkib va maxkamlash furniturasini tayyorlash;

  • Yuzalarni tayyorlash va belgilash;

  • mayoqli qatorlarni o‘rnatish;

  • ankerlar uchun tirqishlar tayyorlash;

  • qoplash, Yuzaga yakuniy ishlov berish, tozalash.

Qo‘llanilidgan bezak materiali turiga qarab, yuqorida sanab o‘tilgan operatsiyalarning ayrimlari istesno etilishi mumkin.
Qoplama konstruksiyasi 3 qatlamdan iborat: asos, qorishma va bezakli qoplama. Har qanday qoplamaga mustaxkamlik va umrboqiylik xos bo‘lishi zarur, bunday xossalarga ega bo‘lish uchun tayyorlash ishlari sifatli bajarilishi lozim. Ekspluatatsiya sharoitlari va qoplama vazifasiga ko‘ra tayyorgarlik jarayonlariga metall karaksi yoki to‘rini montaj qilish, tekislovchi yoki suvoq qatlamini o‘rnatish, gidroizolyasiya qilish yoki loyiha bo‘yicha talab qilingan qo‘shimcha qatlamlar o‘rnatish kiradi.
Tayyorlash qatlami – qoplama materiallarni maxkamlash uchun qattiq Yuza xosil qiluvchi tekislash qatlami.
Qorishmali qatlam – oraliq qatlam (qorishma, mastika, elim yoki boshqa maxkamlash materiali) tayyorlash qatlamini bezakli qoplama bilan bog‘layli.
Bezakli qoplama – qoplama tashqi elementi, yuk ko‘taruvchi konstruksiyani atrof-muxit zararli ta’sirlaridan himoya qiladi, hamda unga manzaralilik va sanitar-gigienik xossalar beradi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling