13- ma’ruza. Pardoz qoplamalari ishlarini bajarish texnologiyasi. Ma’ruza rejasi


Download 1.65 Mb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1015702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-Ma\'ruza

Sintetik qoplama materiallar
Materiallar nomenklaturasi juda keng. Bunday materiallarga istalgan mustaxkamlikka ega bo‘lgan tlitalar, egiluvchan materiallar sirasiga kiruvchi varaqsimon va rulonli materiallar kiradi. Qoplama materiallarga gipsokarton varaqlari, Yog‘och tolali plitalar, qatlam-qog‘ozli plastik va b.kiradi.
Plitali qoplama materiallari shakliga ko‘ra kvadrat, to‘g‘riburchakli, tasmasimon va figurali bo‘lishi mumkin. Rulonli materiallar zaruriy kenglikda tayyorlanadi. Sintetik materiallar bir yoki xar xil rangda bo‘ladi, Yuzasi ko‘rinishiga ko‘ra – silliq, zichlangan, tukli va chiziqli bo‘ladi. Xonalarni bezash uchun sintetik qoplama materiallari ekspluatatsiya sharoitlari, me’moriy – qurilish talablar va texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligiga ko‘ra tanlanadi. Keyin maxsulot turi, material, uning mustaxkamligi, qalinligi, rangi, tashqi Yuzasi fakturasi tanlanadi.
yog‘ochtolali qattiq plitalar (lak bo‘yoq qoplamali) xonalar ichki devoriga qoplash uchun ishlatiladi, bu devor ekspluatatsiya jarayonida namlikka uchrashi mumkin (sanitar-texnik xonalar, oshxonalar, savdo xonalari). Plitalar Yog‘och tolasidan issiq presslash va qurilish usulida tayyorlanadi. Suvga bardoshliligini oshirish uchun Yuza tomoniga lak bo‘yoq qoplanadi. Yuza tomoni bir rangli, silliqlangan yoki silliqlanmagan, manzarali rasmli bo‘lishi mumkin. Yog‘och tolali plitalar 1000...1700 mm eni, 1200...2700 mm bo‘yi va qalinligi 2.5...6 mm o‘lchamlarida ishlab chiqiladi, bunday plitalar zichligi 850...900 kg/m3 , egilishdagi mustaxkamlik markasi – 40 MPa dan kichik emas.
Qog‘oz-qatlamli plastik qog‘ozining alohida turlari issiq presslanib, karbamid va fenolformaldegidli saqichlar bilan shimdirib olinib tayyorlanadi. Material yuqori mustaxkamlik, suvga bardoshlilik, umrboqiylikka ega, bosma rasmli plastik yog‘och, malaxit, marmarning qimmat turlari ko‘rinishida ishlangan. Suv yutishi 4% dan ko‘p emas, egilishdagi mustaxkamlik chegarasi 100 MPa dan kam emas. Plastik bo‘yi 400 ...3000 mm, eni 400...1600 mm, qalinligi 3 mm o‘lchasda ishlab chiqariladi.
Polipropilen varaqlari ichki va tashqi bezak ishlarida qo‘llaniladi. Material yuqori fizik-mexanik xossalarga, sezilarli atmosfera ta’sirlariga bardoshlilikka ega bo‘lib, fasadlarni bezashda qo‘llanilishi mumkin.
Polipropilen kamchiligi manfiy xaroratda mo‘rtligidir. 800...2000 mm, qalinligi 1.5...4 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
“Polidekor” polivinilxlorid varaqlari ma’muriy binolar devor va shiftlariga bezak berishda ishlatiladi. Varoqlar bikr polivinilxloriddan vakuum-presslash usuli bilan olinadi. Material relefli Yuzaga ega bo‘lib, metallda o‘ymakorlik va chekanka ko‘rinishini beradi. 1000x2000 mm, qalinligi 0.6 mm o‘lchamda ishlab chiqariladi.
“Poliform” manzarali panellari ma’muriy binolarda bezash ishlari bajarish uchun muljallangan 500x500x10 mm o‘lchamda, manzarali relefli Yuzaga ega qilib tayyorlanadi. Panellar chekkalarida mix yoki shurup yordamida maxkamlanishi uchun mo‘ljallangan tirqishlar joylangan.
Biritli plitalar rentgen va shunga o‘xshash kabinetlarni radiatsiya nurlarini himoya qilish uchun qoplanadi. Plitalar yanchilgan barit, tez qaytadigan portlansement va polivinilatsetat emulsiyadan tayyorlanadi, plitalar 400x400mm, qalinligi 40 mm o‘lchamda ishlab chiqariladi. Plita 2 ta chekkasida chorakliklar, 2 tasida maxkamlash maxsus joylari mavjud. Plitalar Yuzasida g‘ovak, yog‘ dog‘lari va ko‘rinib turadigan yoriqlar bo‘lishiga ruxsat etilmaydi.
Jamoat binolaridevorlarini bezashda Yog‘och panellaridan foydalaniladi. Panellar eni 500...800 mm, uzunligi 2000 mm o‘lchamlarda tayyorlanadi.
Marmarcha – rulonli bezak materiali shishamatodan eni 600 mm gacha va uzunligi 12 m o‘lchamda tayyorlanadi, unga 1...1.5 mm qalinlikda elastik poliuretan saqichi surtiladi. Saqichning qotgan qatlamiga 1...3 mm kattalikdagi tosh yoki shisha kukuni kukunotgich vositasida purkaladi. Jamoat binolari devor va ustunlarini bezashda bu materialdan foydalaniladi.
Vinisten – bezakli rulonli material, ekstruziya usulida polivinilxloriddan olinadi. Uning Yuza qismi ko‘p yoki bir rangli, rasmli yoki rasmsiz plenkadan iborat bo‘lib, daraxtning qimmat turlari ko‘rinishini beradi. Xona, bo‘lak va xollarni bezashda vinistendan foydalaniladi.




  1. Download 1.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling