13- ma’ruza. Pardoz qoplamalari ishlarini bajarish texnologiyasi. Ma’ruza rejasi


Qoplama qoplashdaqo‘llaniladigan materiallar


Download 1.65 Mb.
bet2/6
Sana28.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1015702
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-Ma\'ruza

Qoplama qoplashdaqo‘llaniladigan materiallar.
Bezakli plitkalar.
Sopol silliq plitkalar loydan yarim quruq presslash va ko‘ydirish usuli bilan tayyorlanadi. Plitalar oq rangli va naqshli bo‘ladi. Ularning o‘lchamlari 50...500 mm gacha, qalinligi 10 mm, kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklga ega bo‘lishi mumkin. Mexanik yuqori harorat va sovuq, kislota va ishqorlar ta’siriga uchraydigan Yuzalarga qoplash uchun mo‘ljallangan.
SHisha qoplama plitkalar maxsus tarkibli shishani betinim prokat qilish usuli bilan olinadi, turli rangda, yaltiroq, silliq yoki oddiy bo‘ladi. Plita shakli kvadrat, orqa tomoni Yuzaga ega. Bunday plitkalar dushxona va xojatxonalar uchun mo‘ljallangan kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, eni 50...150 mm, qalinligi 4...6mm qilib chiqariladi.
Polistirol plitkalar polistirol, mineral to‘ldiruvchi va rang quyib tayyorlanadi. 100x100, 150x150 mm o‘lchamda kvadrat,300x100mm to‘g‘ri to‘rtburchak, 100x20 mm, qalinligi 1.35 mm friz plitalar ishlab chiqariladi. Plitkalar kamchiligi – past issiqlikka bardoshli.
SHlakositalli plitalar metalurgiya domen shlaklaridan olinadi. Faol muxit sharoitlari ta’siriga uchraydigan devorlarga qoplash uchun ishlatiladi, o‘lchamlari 150 dan 600 mm gacha, qalinligi 4...12 mm.
“Marblit”plitasi – shaffof bo‘lmagan qora oynadan, tarkibida kristall birikmalari bo‘lib, chiroq nurlari yaltiroq tosh samarasini beradi. Plitalarni maksimal o‘lchamlari 500x500 mm, qalinligi 5 dan 12 mm gacha.
SHisha marmarli plitalar bino ichidagi devorlarni himoya-manzarali qoplashda ishlatiladi, yassi kvadrat va to‘g‘rito‘rtburchakli plitalar o‘lchami 140 dan 500 mm gacha, qalinligi 5...12 mm.
Sigran (sintetik granit)dan tayyorlangan plitalar domen pechlari shlaklari va boshqa materiallardan olinadi. Mahsulotlar granitga o‘xshab manzarali ko‘rinishga ega, 300x300 mmo‘lchamda, qalinligi 20 mm gacha bo‘ladi.
Rangli smalta eritilgan shishani qolipga solib, presslash natijasida olinadi. Smalta bo‘lingan va yanchilganbo‘lib, to‘liq rangi vatekis yuzasi bilan ajralib turadi, 85...150 mm o‘lchamda, qalinligi 5...20 mm qilib chiqariladi.
Fasad sopol plitkalari asosan tosh-g‘isht binolari devorlariga qoplash uchun mo‘ljallangan. Plitkalar silliqlangan va silliqlanmagan, tekis va relefli Yuzali, oddiy va maxsus vazifali bo‘ladi. Plitkalar loydan qo‘shimchalar qo‘shib yoki ularsiz tayyorlanadi. 75...500 mm o‘lchamda, 7...9 mm qalinlikda, keng va turli assortimentda ishlab chiqariladi, ruxsat etilgan suv yutishi 10% gacha.
Ichki Yuzalarni bezash uchun belgilangan rasmli qog‘oz asosli sopol plitkalar ishlab chiqariladi, uning asosiy o‘lchamlari 20x20 mm, qalinligi 5 mm. Tayyorlangan joyga plitkalar yaxlit yopishtiriladi va qog‘ozdan ajratib olinadi.
Elimlar sopol plitalar, shisha maxsulotlari boshqa bezak materiallarini o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Elimli kompozitsiya asosini polimer tashkil etadi, ko‘incha elim tarkibiga ikki va undan ortiq polimer qo‘shiladi. Epoksid va kremniyorganik polimerlariniqo‘shib tayyorlash natijasida yuqori adgeziyali (yopishqoq), mustaxkam va issiqlikka bardoshli elim olish mumkin. Dispersimon, “Bustilat” 88 elimlar, elimlaydigan “Sinelaks” mastikasi qo‘llaniladi.
Bezak, qoplama qoplash ishlari uchun qorishma xuddi suvoq ishlari uchun tayyorlangan qorishma kabi tayyorlanadi. Bino va erto‘lalar fasadlari uchun markasi 50 dan past bo‘lmagan faqat sement-qum qorishmalari ishlatiladi. Bino er ustki qismi ichki devorlari uchun oxak-sement qorishmasi ishlatiladi, uning tirkibga “Bustilat M” qo‘shish tavsiya etiladi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling