13- mavzu. Birjalarning tashkil topishi va asosiy faoliyat mexanizmi reja


Birjalarning asosiy faoliyat mexanizmi


Download 153 Kb.
bet5/5
Sana13.03.2023
Hajmi153 Kb.
#1266300
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu

Birjalarning asosiy faoliyat mexanizmi

Birja ishi mexanizmining tuzilmasi va tarkibiy qismlari, me’yoriy xujjatlari. Birja ishiga me’yoriy talablar. Birja shartnomalari. Listing va delisting tartibi. Birja savdosini tashkil etish. Qimmatli qog‘ozlar kotirovkasi. Birja a’zolari. Birja brokerlari. Birjadagi brokerlik joyi.


Fond birjasi o‘z faoliyatida qonun hujjatlariga, birja ustaviga hamda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan birja savdolari qoidalariga amal qiladi.
Fond birjasi qonunchilikka muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladi va u qimmatli qog‘ozlarga doir birja faoliyati yuritish uchun Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organidan litsenziya oladi. Birja faoliyati yuritish uchun litsenziya olmagan tashkilot bunday faoliyat yurtishga haqli emas.
Qonun hujjatlariga muvofiq fond birjalariga qo‘yilgan talablarga javob beradigan boshqa birjalar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining yozma xulosasi asosida o‘zining tuzilmasida fond bo‘limlarini tuzishga haqli.
Boshqa birjalarda fond bo‘limlarini tuzishga va faoliyatiga qo‘yiladigan talablar qonunchilikda belgilanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat olib borish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziyasi) bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasi muassislari bo‘lishlari mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bilan birja savdosini amalga oshirish qoidalari birjaning oliy boshqaruv organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartiblashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan xolda tasdiqlanadi.
Birja savdolari – bu birja tomonidan o‘tkaziladigan birja tovarlari savdolari. Birja savdosi markazlashgan tarzda barcha qatnashchilarga savdoda bir vaqtning o‘zida ishtirok eti Birja savdolarida faqat birja a’zolari qatnashadi.
Birja a’zolari – bu birja tomonidan o‘rnatilgan tartibda birjadan brokerlik joyini olgan (yoki sotib olgan) yuridik shaxslar. Davlat organlari va ularning hizmatchilari birja a’zosi bo‘la olmaydi. Birja a’zolarining xuquq va majburiyatlari tegishli qonun hujjatlari, birja Ustavi va birja oni bilan o‘tkazila Brokerlik joyi (o‘rni) – bu birja savdolari va birja faoliyatida qatnashish xuquqi. Bu xuquq odatda birja a’zosi tomonidan sotib olinadi.
Birja operatsiyasi – bu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha birja vositachilari (brokerlar) o‘rtasida tuzilgan standart bitishuv (shartnoma).
Birja shartnomasi – bu birja tomonidan ro‘yhatga olingan birja savdosi natijasi asosidagi narh va miqdorda belgilangan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oldi-sotti shartnomasi. Birja shartnomalari birja nomidan va hisobidan amalga oshirilmaydi.
Birja shartnomalari qatnashchilari – bu birja a’zolari. SHarnomalar brokerlik va dilerlik asosida tuzilishi mumkin.
Birja a’zolarini savdolarga qo‘yish faqatgina ularda professional faoliyat olib borish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgandan keyin ruxsat etiladi. Boshqa birjaning a’zosi qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida faoliyat olib borish uchun litsenziyaga ega bo‘lsa fond bo‘limlari tomonidan tashkil etilgan savdolarda ishtirok etish huquqiga ega.
Birja savdosini amalga oshirish qoidalari birjaning oliy boshqaruv organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini tartiblashtirish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling